Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Meva va sabzavotlarning sifatini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

1. Meva va sabzavotlarning sifatini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkichlar 
 
Meva  va  sabzavotlarning  turlari  va  navlari  juda  hilma-xil  boʻlishiga  qaramasdan  sifat 
koʻrsatkichlari  nomenklaturasini  tanlashda  uncha  koʻp  boʻlmagan  koʻrsatkichlardan  foydalaniladi. 
Ularning sifatini baholashda qoʻllaniladigan bu koʻrsatkichlarni umumiy va xususiy koʻrsatkichlari 
kabi ikki guruhga jamlash mumkin. 
Mahsulot  sifatining  umumiy  koʻrsatkichlari.  Umumiy  koʻrsatkichlar  xoʻl  mevalar  va 
sabzavotlarning  sifatini  baholashda  asosiy  koʻrsatkich  sifatida  qaraladi.  Bularga  tashqi  koʻrinishi, 
oʻlchamlari, yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklari, hidi va taʻmi kabi koʻrsatkichlar kiradi.  
Tashqi  koʻrishini  bu  kompleks  koʻrsatkich  boʻlib,  oʻz  rangi,  shakli,  meva  sifatining  holati, 
butunligi, barraligi kabi ayrim olingan xususiy koʻrsatkichlarni mujassamlashtiradi. 
Rangi. Meva va sabzavotlarning isteʻmol qiymati va saqlanuvchanligiga taʻsir koʻrsatadigan 
asosiy  koʻrsatkichlardan  biri  ularning  rangi  hisoblanadi.  Meva  va  sabzavotlarning  rangining 
intensivligi, ularning tarkibida qanchalik miqdorda rang beruvchi moddalar borligidan va koʻpchilik 
hollarda esa pishib yetilganlik darajasidan dalolat beradi. 
Standartlarda meva va sabzavotlarning  rangi  aynan shu turga mos  yoki  mos emas deb qayd 
etiladi.  Mahsulotning  aniq  rangi  koʻpchilik  hollarda  qayd  etilmaydi.  Baʻzi  birlari  esa,  masalan, 
pomidorlar qizil, koʻk, qizil boshli karamlar esa – qizil-binafsha, koʻk-qizil deb qayd etilishi mumkin. 
«Rang»ining  nominal  koʻrsatkichdan  chetlanishi  meva  va  sabzavotlarning  mexanik 
jarohatlanishi,  qishloq  xoʻjalik  zararkunandalari  bilan  zararlanishi,  fiziologik  va  mikrobiologik 
kasalliklari bilan kasallanishi, shuningdek yetarli darajada shakllanmaganligi va pishib yetilmaganligi 
natijasida vujudga keladi. Masalan, pishmagan olma, nok, pomidorlar  yashil rangda, juda pishgan 
olma va pomidorlar esa qizil rangda boʻladi. Danakli mevalar poʻstlogʻining qorayishi, kartoshkaning 
koʻkarishi,  sitrus  mevalar  poʻstlogʻida  qora  dogʻlarning  paydo  boʻlishi  esa,  ularning  fiziologik 
kasalliklar bilan kasallanganligidan dalolat beradi. 
Meva  va  sabzavotlar  rangida  nominal  koʻrsatkichdan  chetlanishlar  ularda  rang  beruvchi 
moddalarning yaxshi sintez boʻlmaganligi yoki koʻproq darajada sintez boʻlganligidan dalolat beradi. 
Boʻyoq moddalarining yaxshi sintez boʻlmaganligi sabzavotlarning isteʻmol qiymatiga salbiy taʻsir 
koʻrsatadi, chunki bunday holatda ularning tarkibida ozuqabop moddalarning zahirasi yetarli darajada 
toʻplanmaydi. 
Shakli. Koʻpchilik hoʻl meva va sabzavotlar uchun ularning shakli ham muhim ahamiyat kasb 
etib,  qayd  etiladigan  koʻrsatkichlardan  biri  sanaladi.  Standartlarda  urugʻli  va  koʻpchilik  danakli 
mevalar shakli boʻyicha aynan shu meva va sabzavot tipiga mos boʻlishi koʻrsatiladi. Ularning shakli 
boʻyicha  aynan  shu  tipga  mos  boʻlmasligi  esa,  ularning  pastki  tovar  navlariga  oʻtkazilishiga  asos 
boʻladi. Masalan, kechpishar olmalar shaklining aynan shu tipga mos boʻlmasligi va oʻlchamlarining 
kichikligi, ularni ikkinchi navga, hatto uchinchi navgacha tushirishga olib keladi. 
Baʻzi sabzavotlar uchun (karam, lavlagi, koʻkatlar) standartlarda shakliga talablar keltirilmaydi, 
baʻzi sabzavotlar uchun (kartoshka) shakli har xil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi, baʻzilar uchun (sabzi, 
pomidor,  petrushka)  esa  qoʻngʻir-qiyshiq  shakllar  boʻlishiga  yoʻl  qoʻyilmaydi.  Piyoz,  sarimsoq, 
qalampir, baklajan, qovun, tarvuz, oshqovoq singari sabzavotlar esa standart talabi boʻyicha maʻlum 
botanic navga mos boʻlishi kerak. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish