Gʻoʻzani sugʻorish. Yuqori va sifatli hosil yetishtirislida suvning roli benihoyadir. Paxta
maydonida suvning umumiy sarfi va transpiratsiyasining hajmi atrof-muhit sharoitiga, agrotexnika
darajasiga va dalaga quyiladigan suvning miqdoriga qarab keskin oʻzgaradi.
Paxtachilikda gʻoʻzani sugʻorish rejimi boshqarib turiladi. Gʻoʻzaning suvga boʻlgan talabini
qondirish uchun ildiz joylashgan qatlamda tuproq namligi dala nam sigʻimiga nisbatan 65—70 % dan
pastga tushmasligi kerak. Gʻoʻzani sugʻorish gullaguncha, gullash va pishish davrlarida olib boriladi
Va davrlar boʻyicha boʻlinganligi uchun ham shartli ravishda sugʻorish sxemasi deb yuritiladi.
Sugʻorish sxemalari tuproq tipi, mexanik tarkibi, yer osti suvining chuqur yoki yiiza
joylashganligiga qarab har xil boʻlishi mumkin, chunonchi 1:3:1; 1:4:1; 2:5:1; 2:6:2 va hokazolar.
Gʻoʻzada butun oʻsuv davrida mintaqalarga qarab gidromodul rayonlar eʻtiborga olinib, 2
martadan 12 martagacha sugʻorish oʻtkaziladi.
Gʻoʻzani sugʻorish meʻyori, yaʻni bir marta sugʻorish uchun beriladigan suv miqdori va
mavsumiy sugʻorish meʻyori, yaʻni butun oʻsuv davrida beriladigan suv miqdoriga iqlim sharoiti,
tuproq unumdorligi va uning fizik-suv xususiyatiari, yer osti suvi sathining chuqurligi, agrotexnika
darajasi va nav taʻsir koʻrsatadi. Umuman, mavsumiy sugʻorish normasi gektariga 2000—8000 m3
gacha boʻlishi mumkin.
Sugʻorish meʻyori yengil (qumli va qumoq) tuproqda gʻoʻza gullaguncha gektariga 500—600
m3, gullash davrida 700—800 m3, oʻrta qumoq tuproqlarda gullashgacha 600—700 m3, gullash
davrida 800—900 m3, ogʻir tarkibli tuproqlarda gullashgacha 700 m3 atrofida, gullash davrida
1000—1100 m3 boʻlishi kerak.
Gʻozaning pishish davridagi sugʻorish meʻyori har gektariga 500—600 m3 dan 600—700 m3
gacha boʻlishi mumkin.
Qumli, shagʻal qatlamli tuproqlarda gʻoʻza 9—12 martagacha, oʻrta qumoq, sizot suvlari
chuqur joylashgan yerlarda 7—9 martagacha, yer osti suvi yuza joylashgan yerlarda 2—4 martagacha
sugʻoriladi.
Gʻoʻzaning suvga kelganligi uning tashqi alomatlariga qarab belgilanadi: gullashgacha barglari
toʻq yashil rangga kirib, soʻlinqiraydi, kunduzi soat 14—15 larda ustki bargni bukkanda oʻrta tomiri
sinmasa, sugʻorish zamr yoki gʻoʻza gullaganda gulning yuqoriga koʻtarilib ketishi kuzatilganda
uning chanqaganligini bildiradi.
Bundan tashqari tuproq namligini aniqlash, hujayraning soʻlish kuchi, boʻgʻin oraligʻining
qisqa-uzunligiga qarab belgilash kabi usullar ham qoʻllaniladi.
Ariqdagi suvni tuproq namligi holatiga aylantirish iisuli sugʻorish texnikasidir.
Sugʻorishning koʻpgina usullari boʻlib, shundan koʻp tarqalgani joʻyaklab sugʻorishdir. Joʻyak
uzunligi dalaning qiyaligi va tuproqning suv Oʻtkazuvchanligiga qarab 80—150—200 m dan
oshmasligi lozim. Bir joʻyakka quyiladigan suv oqimi sekundiga 0,2—0,8 litrgacha boʻlishi mumkin.
Egatlab sugʻorishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sifon naylar, egiluvchan quvurlar
(shlanglar), koʻchma yarim egiluvchan va qattiq quvurlar, koʻchma sugʻorish agregatlar yordamida
amalga oshiriladi.
Sugʻorishda yomgʻirlatib sugcorish usulidan, yaʻni DDA—100M, DSHK—64, DOS kabi
mashinalardan foydalanilsa, sugcorish normasi 2—3 martagacha kamayadi.
Keyingi yillarda tomchilatib sugcorish, yer ostidan sugcorish usullari ham joriy etilmoqda.
Chilpish (chekanka). Gʻoʻzaning bosh poyasi va monopodial shoxining ocsishini tocxtatish
maqsadida 0ʻsish nuqtasini yulib tashlash chilpish nomi bilan yuritiladi.
Chilpishning ahamiyati shundaki, assimilatsiya mahsulotlari ocsimlikka bir xil taqsimlanadi,
hosil tugunchalarining tockilishi kamayadi, koʻsak soni 1—2 tagacha, koʻsakdagi paxta vazni 0,2—
0,5 grammga ortadi, tola sifati yaxshilanadi, oʻsuv davri 5—10 kunga qisqaradi, hosildorlik gektariga
1,5—2,5 s oshadi. Chilpish muddatlarini belgilashda koʻchat qalinligi, nav xususiyatlari, hosil
shoxlarining soni hisobga olinadi. Tup soni 110—120 ming boigan maydonlarda hosil shoxi 15—16,
130—140 ming tup boʻlganda 13—14 taga yetganda chilpish oʻtkaziladi.
Ingichka tolali gcoʻzalarda koʻchat qalinligi gektariga 130—140 ming boclganda, hosil shoxlari
soni 20—22 ta, 140—150 ming boclganda 18—20 ta boiganda oʻtkazilish maʻqul hisoblanadi.
Chilpish qoʻl kuchi bilan, CHVX-4, CHVX-3,6 va CHXT-4B markali moslamalar yordamida
oʻtkaziladi.
Kimyoviy chekanka qilinganda TUR yoki PIKS preparatlari ishlatiladi. Oʻrta tolali gʻoʻzalar
uchun TUR dan gektariga 0,25 kg, ingichka tolali gcoʻzalarga esa 0,4 kg, PIKS preparatidan 1,0—
1,3 litr sarflanadi.
Har gektar maydonga 300 litr hisobida ishchi eritma sepiladi. G6o6za defoliatsiyasi va hosilni
yigʻishtirish. Gfiocza hosilining pishishini tezlashtirish va uni qisqa muddatda mashinalar yordamida
terib olishda defoliatsiyaning ahamiyati kattadir.
Defoliatsiya gʻoʻza barglarini kimyoviy preparatlar yordamida sunʻiy toʻktirishdir. Gʻoʻza
butun tupi bilan kimyoviy preparatlar yordamida quritilsa desikatsiya deyiladi.
Defoliatsiya hosilning 90 foizdan ortigʻini sovuq tushguncha terib olish imkonini beradi,
mashinalarning ish unumi 20—25 % oshadi, 1 sortga topshiriladigan paxta miqdori 4—5 % ortadi,
mahsulot tannarxi arzonlashadi va yigʻim-terim muddati birmuncha qisqaradi.
Preparatlar gʻoʻza bargiga purkash yoki changlash yoʻli bilan taʻsir ettiriladi. Bunda preparatlar
barg hujayralariga singadi, uni shikastlaydi, toʻqimalarni suvsizlantiradi, fotosintez jarayoni buziladi,
oqibatda barg qurib, uzilib tushadi.
Defoliantlaming taʻsiri havo harorati va tuproq namligi bilan bogʻliqdir.
Havo harorati +18—21 °C dan past boʻlmaganda, tuproq namligi dala nam sigʻimiga nisbatan
65—70 % boʻlganda yuqori samaradorlikka erishiladi. Gʻoʻza bargi 10—12 kunda 80—90 %
toʻkiladi.
Defoliatsiya uchun keng ishlatilayotgan magniy xlorati (Mg(C103)2 6H20 ), kalsiy xlorat —
xloridi (Ca(G103) +CaCl2 va dropp ultra preparatlaridir.
Dropp yumshoq taʻsir etuvchi guruhga kirsa, dastlabki ikki preparat esa qattiq taʻsir koʻrsatadi.
Defoliatsiyaning samarali boʻlish omillaridan muhimi uni oʻtkazishning eng maqbul muddatini
belgilashdir.
Koʻp yillik maʻlumotlarga qaraganda ingichka tolali gʻoʻza navlarining tuplarida mavjud
koʻsaklarining 35—40 %, oʻrta tolali navlarda esa kamida 50 % i ochilganda defoliatsiya qilish
tavsiya etiladi.
Gʻoʻzaning rivojlanishi, bargning kam yoki koʻpligi va havoning haroratiga qarab oʻrta tolali
gʻoʻzalar uchun magniy xloridining meʻyori gektariga 8—12 kg, kalsiy xlorat-xloridi 20—25 kg va
dropp 0,4—0,7 kg miqdorida qoʻllaniladi.
Ingichka tolali gʻoʻzalar uchun yuqoridagilar mos ravishda 15—17 kg, 26—30 kg va 0,3—0,6
kg miqdorida sepiladi. Harorat 20° dan oshib ketsa, normani 10—15 % ga kamaytirish va aksincha,
havo sovib ketsa (14—15 °C boʻlganda) 15—20 % ga oshiriladi.
Ishchi eritmalarining sarfi traktor purkagichlari OVX—14, OVX—28 ishlatilganda gektariga
400—450 litrgacha belgilanadi.
Agar defoliatsiya oʻtkazilganda barg toʻliq toʻkilmasa desikatsiya oʻtkaziladi. Bunda desikat
sifatida magniy xlorati gektariga 25—30 kg yoki kalsiy xlorat-xloridi 45—50 kg miqdorida sepiladi.
Desikatsiya gʻoʻza rivoji kechikib ketgan, koʻsaklari ochilnlasdan qolgan yer osti suvi yuza
joylashgan maydonlarda ham oʻtkaziladi.
Defoliatsiya qilish boshlanishdan bir necha kun ilgari paxtasi mashinada teriladigan dalalarning
ikki boshida 8—10 m kenglikda traktor buriladigan joy ajratiladi va gʻoʻzalar desikatsiya qilinadi.
Burilish joylaridagi ochilgan paxtalar mashina terimiga 3—4 kun qolganda terib olinib, gʻoʻza
tuplari koʻsaklari bilan oʻrib olinib, dala chetiga yoyib qoʻyiladi, koʻsaklari toʻliq ochilgandan soʻng
terib olinadi.
Terim mashinalari burilish maydonlari GN—4,0 markali greyder yoki D—606 markali
buldozer bilan tekislanadi.
Oʻrta tolali gʻoʻzalar paxta mashinalari bilan ikki marta: birinchisi gʻoʻza tuplaridagi hosilning
50—60 % ochilganda, ikkinchisi yana 20-30 % ochilganda terib olinadi.
Ingichka tolali gʻoʻzalarda koʻsakning kamida 50—60 % ochilganda boshlanib, 10—12 kun
oʻtgandan keyin yana bir marta terib olinadi.
Paxta terish mashinalaridan vertikal shpindelli quyidagi mashinalar keng tarqalmoqda: XVN—
1,2 (qator oraligʻi 60 sm ), ikki qatorli, 14XV—2,4 (60 sm qator oraligʻi uchun) — toʻrt qatorli,
XNP—1,8 (90 sm qator oraligʻi uchun) — ikki qatorli, XVB—1,8 (90 sm qator oraliqlari uchun) va
XVA—1,2 (60 sm qator oraliqlari uchun). Keyingi bu ikkala mashinalar urugʻchilikka ajratilgan
gʻoʻzalarning ochilgan koʻsaklari paxtasini yaruslab terishga moMjallangan. Hozirgi vaqtga kelib
paxta terish mashinalari AQSH dan keltirilgan yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan gorizontal
shpendelli paxta terish mashinalari bilan toʻldirilmoqda.
Koʻrak terish mashinalari ham keng joriy etilgan. SKO—2,4 (60 sm li qator oraliqlari uchun),
SKO—3,6 va SKO—5,4 (90 sm li qator oraliqlari uchun) markali mashinalar keng tarqalmoqda.
Paxtaning birinchi va ikkinchi terimidan keyin dalalarda maʻlum miqdorda toʻkilgan paxtalar
uchraydi. Ulami terib olish uchun PXN—1,2 (60 sm li qator oraliqlari uchun) va PXS—3,6 (90 sm li
qator oraliqlari uchun) markali podborshiklardan foydalaniladi.
Terilgan koʻsakni chuvish uchun UPX—1,5B mashinasi keng qoʻllanilmoqda. Yuqorida
keltirilgan paxta terim mashinalar sistemasi bilan tashkiliy ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa,
yetishtirilgan hosilning 90—97 % ini terib olish imkoniyati yaratiladi.
Qoʻl terimi koʻproq mashina terimi uchun noqulay, mos kelmagan maydonlarda hamda
urugʻchilik uchun ajratilgan paykallarda oʻtkaziladi.
Gʻoʻza hosili toʻliq yigʻishtirib olingach, gʻoʻzapoya KV—4A va KV—3,6A moslamalar
yordamida yigʻishtirib olinib, daladan olib chiqiladi yoki maxsus mashinalar KI—1,2, KI—1,8,
KIV—4 yordamida maydalanib, oʻgʻit sifatida dalaga sepilib, koʻmib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |