2. Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi
va asosiy boʻlimlari
Marketing dasturini namunaviy tuzilishi oʻzida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
• maqsadli bozor tavsifnomasi va rivojlanish bashorati, shuningdek, marketingni makro va
mikromuhit omillarini;
• maqsadli bozorda firmaning bozor pozisiyasi xulq-atvorini asoslangan strategiya va
taktikasini tanlash;
• tovar, kommunikasiya, sotish, narx va kadrlar siyosati boʻyicha asoslangan marketing
kompleksini ishlab chiqish ;
• dasturni moliyalashtirish manbalari va uni amalga oshirishni nazorat qilish.
Ammo strukturaning toʻliq standartlashishi va unifikasiyalashishi hamda marketing dasturi
mazmuni doim ham maqsadga muvofiq boʻlavermaydi. Dasturni ishlab chiqish uchun ishlatiladigan
namunaviy koʻrsatkichlar tizimi haqida gapirish mumkin. Shunday qilib, mahsulot boʻyicha
marketing dasturini muhim koʻrsatkichlari quyidagilar boʻlishi mumkin:
• koʻzda tutilayotgan bozor ulushi;
• mahsulot differensiasiyasi, bozor ulushi va maqsadli bozor tavsifnomasi va bashoratini
hisobga olgan holda uni chiqarish hajmi;
• bashorat qilinayotgan foyda va uning oʻsish surʻati;
• moliyaviy xarajatlarning tuzilishi (ishlab chiqarishni rivojlantirish, moddiy-texnika
taʻminoti, sotish va uni ragʻbatlantirish, reklama, servis xizmatlari va boshqalar);
• bitta mahsulot uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash;
• foydani aniqlash (yalpi, sof, har bir mahsulot sotuvidan tushgan foyda va xokazolar);
• sotish samaradorligini baholash;
• ishlab chiqarish rentabelligi va boshqa koʻrsatkichlarni baholash.
Marketing kompleksi mahsulot yoki ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha marketing dasturining
tarkibiy qismi sifatida koʻrilishi mumkin, shuningdek kompaniyaning bozor siyosatini asosiy
yoʻnalishi boʻyicha asosolangan qaror ishlab chiqish maqsadi boʻlib hisoblangan marketing dasturini
alohida turi sifatida koʻrilishi mumkin. Xuddi shunday dasturni namunaviy tuzilishi quyidagi
boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
• maqsadli bozor (segment)ni rivojlanishini bashorat qilish;
• maqsadli bozorga nisbatan firmaning umumiy strategiyasi;
• tovar siyosati;
• kommunikasiya siyosati;
• sotish siyosati;
• narx siyosati;
• marketing kompleksini amalga oshirish uchun xarajatlarni moliyalashtirish manbalari va
byudjet;
• dasturning amalga oshirilishini nazoart qilish.
Marketing dasturini ishlab chiqishda keltirilayotgan quyidagi tavsiyalarni hisobga olish
maqsadga muvofiqdir.
1. Dasturni “Bozor rivojlanishini bashorat qilish” boʻlimida shunday tavsiyanomalar beriladi,
yaʻni:
• oʻxshash tovarni mahalliy ishlab chiqarish hajmi;
• bozor ulushining hisobi;
• imkoniy sotish hajmi;
• sotishning infrastruktura tuzilishi;
• toʻlovga qodir talab darajasi va dinamikasi;
• koʻzda tutilayotgan narx darajasi;
• tovar sifati va texnik darajasiga talablar;
• xaridning motivi va xulk-atvor xususiyatlari;
• servisni talab etilish darajasi;
• bitta xaridning oʻrtacha hajmi va boshqalar.
2. “Korxonaning bozor strategiyasi” boʻlimida korxonaning asosiy raqobatli afzalliklarini
aniqlash bilan tanlangan bozorda sotishni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Buning uchun
quyidagi xarakteristikalar hisoblanadi:
• tanlangan maqsadli bozorda faoliyatning koʻtilayotgan rentabelligi;
• firmaning rejalashtirilayotgan tovar sotuvi xajmi;
• firmaning bozor ulushi dinamikasi;
• talab dinamikasi va potensial talab oʻlchami.
Kompaniyaning raqobatchilik afzalliklarini tovar boʻyicha, narx darajasi, koʻrsatilayotgan
xizmat assortimenti, sotish kanalining samaradorligi, kommunikasiya siyosatining hozirgi sharoitga
mos kelishi va uning markasini potensial xaridorlar oʻrtasida mashhurligi boʻyicha tavsiflash
mumkin.
Dasturning bu bulimida shuningdek ushbu kompaniya faoliyatini tanlangan bozorda resurslar
(moliyaviy, ishlab chikarish, marketing, inson) bilan taʻminlanganligiga baho berish zarurdir. Tovar
siyosatini ishlab chiqishda quyidagi maʻlumotlar hisobga olinadi:
• tovarning yangilik darajasi;
• chiqarilayotgan mahsulotning assortimenti;
• ushbu bozor segmentidagi oʻxshash tovarlar yoki oʻrinbosar tovarlar soni;
• ushbu bozor segmentini aniq xaridorlari ehtiyojiga uning mos kelish darajasi;
• tovar sifati;
• texnologik murakkabligi;
• sotishgacha va sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha talablar darajasi;
• standartlashtirish yoki tovar moslashuvchanligining maqsadga muvofiqligi;
• yangi tovar uchun; patentni himoya qilish va patent sofligi;
• kompaniyaning mavjud tashkiliy tuzilishi yangi ishlab chiqarishga mos kelishi;
• yangi tovarni yaratish xarajatlari hajmi;
• maqsadli bozorda tovar sertifikasiyasining majburiyligi;
• maqsadli bozorda yangi tovarni ishlab chiqarish va sotish rentabelligi;
• investisiyani qoplash muddati;
• yangi assortimentni oʻzlashtirish muddati va uni optimallashtirish;
• bitta mahsulot uchun xarajatlar va boshqalar.
Sotish siyosatini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
• ushbu bozor segmentini sotuv tarmogʻiga talabnomasi;
• firma sotuvini tashkiliy tuzilishi va malakali savdo xodimlari soni;
• ushbu bozor segmentida sizning korxonangiz ish tajribasini baholash;
• vositachilar xizmatlaridan foydalanishni maqsadga muvofiqligini baholash;
• vositachilar yordamida sotish hajmining oʻsish imkoniyatlari;
• vositachilarni firmaga nisbatan siyosati;
• sotish tizimini yaratish uchun moliyaviy mablagʻlar mavjudligi;
• shaxsiy sotuv tizimi va muqobil takliflar rentabelligini solishtirma baholash;
• bozorga mavjud tovarni yetkazib berishni amalga oshirish;
• potensial buyurtmachilar soni;
• buyurtmani taqsimlash xarakteri;
• sotishning geografik konsentrasiyasi;
• pirovard isteʻmolchilarning odatlari va afzal koʻrishlari;
• tovarning bulinuvchanligi;
• tovarning oʻzgaruvchanligi va barqaror emasligi;
• firma rahbariyatining kurash xarakatlari;
• sotish kanalini nazorat qilish va hokazolar.
Narx siyosatini ishlab chiqib, shunday parametrlarni hisobga olish foydalidir:
• raqobatchilar amaliyotini hisobga olgan holda firma imkoniyatlari va maqsadlariga mos
keluchvi narxni tashkil etish usulini tanlash;
• bitta mahsulot uchun narx darajasi;
• tovarni yashash davri bosqichiga mos narx dinamikasi;
• tovarni yangilik darajasi, sifat farqlari va texnik darajasi boʻyicha assortimentda
(nomenklatura)gi narx nisbati;
• maqsadli bozordagi raqobatlashayotgan analog bilan narx darajasi munosabati;
• talabning elastiklik darajasi;
• funksional va sof raqobat darajasi;
• maqsadli bozorga yangi tovar chiqarish uchun narx strategyasini tanalsh;
• servis siyosati, savdo markasining mashhurlik darajasi, sotish kanalining uzunligi va savdo
vositachilari turi, yetkazib berish shart-sharoiti, chegirtma tizimini va boshqalarni narxga mos kelishi.
3. “Kommunikasiya siyosati” boʻlimida tovarni bozorga siljitish siyosatini alohida tashkil
etuvchilari bilan byudjetni taqsimlash va ularni tanlashni asoslash, kommunikasiya vositalari
haqidagi savolni yechish tavsiya etiladi.
Reklama kompaniyasi haqida qaror qabul qilish uchun quyidagilarni tahlil qilish zarur:
• reklama siyosati xususiyatlari;
• reklama argumentlari;
• reklama kompaniyasi rejasi;
• ushbu bozor segmentida kuzda tutilgan va samarali reklama vositalari;
• reklama xarajatlari hajmi;
• reklama samaradorligini baholash usullari;
• tovar xarakteriga reklamaning mos kelishi;
• reklama chora-tadbirlarini tovarning yashash davri bilan aloqasi;
• yarmarka va koʻrgazmalarning asosiy turlari va ularda qatnashishining imkoniy
samaradorligini baholash;
• pirovard isteʻmolchilar va sotish boʻyicha vositachilarni ragʻbatlantirish vositalarini tanlash;
• sotishni ragʻbatlantirishga moliyaviy mablagʻlar ajratish uslublari, qayd qilingan foizlar
uslubi, foyda summasidan foiz belgilash uslubi, kelgusida kuzda tutilayotgan yoki oʻtgan davr sotish
hajmidan va hokazolar.
Marketing dasturini amalga oshira borib byudjetni aniqlash orqali quyidagilarni koʻrib oʻtish
zarur:
• ushbu dasturda kurilayotgan barcha marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun
umumiy xarajatlar hajmini;
• marketing tadqiqotlari xarajatlari;
• bozorni rivojlantirish bashoratini tuzish xarajatlari;
• firmaning shaxsiy ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini oʻrganish uchun xarajatlar;
• marketing dasturini tuzish uchun xarajatlar;
• kompaniyaning marketing boʻlimi xodimlari ish xaqi uchun xarajatlar;
• maxsus marketing va reklama tashkilotlari xizmatlari uchun xaq toʻlash xarajatlari;
• savdo vositachilari xizmatlariga xaq toʻlash xarajatlari;
• ushbu marketing dasturini avvaldan va yakuniy samaradorligini baholash uchun xarajatlar;
• marketing dasturini olib borishda nazoratni amalga oshirish uchun xarajatlar va monitoring;
• marketing dasturini amalga oshirish davrida joriy oʻzgartirishlarni kiritish uchun xarajatlar
va xokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |