Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Ilmiy-texnikaviy  muhit  bevosita  ilmiy  texnika  taraqqiyoti  (ITT)  taʻsirida  shakllanadi  va 
shuning  uchun  talab  va  uning  rivojlanish  yoʻnalishlarini  belgilaydigan  eng  muhim  omil  boʻlib 
hisoblanadi.  Boshqa  tomondan  esa  ITT  taʻsiri  marketing  muhitining  boshqa  sohalari,  jumladan, 
demografik, siyosiy va hokazolar taʻsiridan kuchli boʻladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ITTni 
belgilaydigan sohalarga asosiy eʻtibor beriladi, jumladan: 

 informatika va hisoblash texnikasi; 

 koʻp marta ishlatiladigan fazoviy texnika; 

 biotexnologiya; 

 qattiq jismli elektronika; 

 robototexnika; 

 materialshunoslik; 

 noanʻanaviy energiya manbalari bilan ishlash texnologiyasi; 

 ekologiya; 

 tugʻilishni tartibga solishning samarali usullari va hokazo. 
 
ITT,  madaniy  va  etnik  muhitning  muammolari  bir-birining  ichiga  singib  ketgan  va  yangi 
muammolarni  vujudga  keltiradi.  Ular  oʻz  navbatida  jamoatchilik  eʻtiborining  yangi  obyektlariga 
aylanadi, talabni tartibga soladi. 
Oʻzbekistonning  yaqin  -yillardagi  rivojlanish  xususiyatlari  oʻtish  davri  bilan,  yaʻni  tizimli 
oʻzgarishlar davri bilan bogʻliq (maʻnaviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalarda). Iqtisodiy 
jihatdan, xususan, quyidagicha oʻzgarishlar qilinishi zarur: 
 
Iqtisodiy 
munosabatlarni 
yoʻl-yoʻriq 
koʻrsatuvchi  tizim  orqali  tartiblashtirishdan 
(narx, ish haqi, tovar oqimlarini taqsimlash) 
Narxlashtirishni real talab va tovar, xizmatlarga 
mos 
taklifning 
shakllanishi 
asosida 
erkinlashuviga,  narx  va  daromadga  fiskal, 
moliyaviy-huquqiy usullar bilan taʻsir etish 
Iqtisodiyotni 
resurslarni 
limitlash, 
fondlashtirish  va  kvotalash  orqali  boshqarish, 
zarar 
bilan 
ishlaydigan 
korxonalarga 
koʻmaklashish  maqsadida  moliyani  qayta 
taqsimlashdan 
Ochiq banklar, zararli va norentabel korxonalar 
bankrotligi  va  sanasiyasi  orqali,  shuningdek, 
milliy 
iqtisodiyotda 
erkinlashuv 
va 
proteksionizm  siyosati  orqali  resurslarga 
yetishishga 
Tabiiy  resurslardan  foydalanish  evaziga 
rivojlanishining ekstensiv yoʻlidan 
Yuqori  texnologiyalar,  ilgʻor  boshqaruvchilik 
qarorlari  asosida  iqtisodiyotning  intensiv 
rivojlanishiga 
Korxonalarning  davlat  tomonidan  doimiy 
saqlab  turilishidan,  mablagʻlar  va  moddiy 
vositalarning  meʻyordan  ortiq  sarflanishi, 
mahsulot tannarxini oshirishdan 
Rejalashtirilmagan xarajatlarni qatʻiy cheklash, 
mahsulot  tannarxini  real  xarajatlarni  hisobga 
olish orqali tartiblashtirishga 
Ijtimoiy-madaniy, maʻnaviyaxloqiy muhit ancha murakkab hodisa boʻlsa ham, koʻp jihatdan 
jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining omili boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekistondagi madaniy 
rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari fuqarolar, hokimiyat tuzilmalarining umuminsoniy qadriyatlar, 
inson huquqlari va demokratiyani oʻzlashtirishlari bilan belgilanadi. Bu yoʻnalishlar oxirgi -yillarda 
jadal  ravishda  Sharq  va  islom  falsafasi  va  madaniyati,  aholining  yashash  tarzi  va  mentalitetining 
anʻanaviy qadriyatlari bilan oʻzaro aloqada boʻlmoqda. 


Milliy  oʻz-oʻzini  anglash,  maʻnaviyat  va  madaniyatning  tiklanishi,  aholining  tobora  keng 
qatlamlari  tomonidan  qabul  qilinayotgan  tarzda,  oʻzini  etnik  ideallashtirish  va  yakkalanishni 
bildirmaydi.  Yuqori  darajada  rivojlangan  mamlakatlarning  progressiv  andozalariga  yetishishga 
yoʻnaltirilganlik tobora  barqarorlashmoqda. Jahonning madaniy, axborot  va demokratik makoniga 
qoʻshilish ehtiyoji, shuningdek, Gʻarb va Sharq sivilizasiyalarining uygʻunlashuvi, ijtimoiy guruhlar 
va qatlamlarning mutloq koʻpchiligiga yoyilmoqda. Hamma darajalarda — shaxs, oila, qoʻshnichilik 
jamoasi — mahalla, shahar va qishloq, ijtimoiy va milliy guruhlar va umuman, jamiyat miqyosida 
madaniyatning ustuvor ahamiyatini anglash oʻsib bormoqda. 
Shunday  qilib,  bozor  iqtisodiyotining  qaror  topishi  —  bu  korxona  va  firmalarning  ichki  va 
tashqi muhitlari oʻrtasida muayyan muvofiqlikni yoki bogʻlanishni taʻminlashdir. Marketing tizimi 
bu  bogʻliqlikni  oʻrnatishi  kerak.  Bir  tomondan,  tashqi  muhitning  boshqariladigan  omillari 
(isteʻmolchilar, taʻminotchilar, vositachilar, raqobatchilar)ga taʻsir etish  orqali, ikkinchi tomondan 
esa  ichki  muhitni  takomillashtirish  (boshqarish  va  ishlab  chiqarish  tizimi,  marketing-miks 
elementlari: narx, tovar, siljitish, taqsimlash). 
Biroq tashqi muhitning iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va siyosiyhuquqiy atrof-muhit kabi 
tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli boshqarib boʻlmaydigan omillarga kiradi. Bunda ichki 
va tashqi muhitlarning ancha darajada nomuvofiqligi korxonani bankrotlikka olib keladi va hamma 
vaqt ham uning marketing faoliyatini takomillashtirish orqali tuzatilmaydi. Bozor munosabatlarining 
muvaffaqiyatli qaror topishi uchun tashqi muhit ichki muhitga qaraganda tezroq rivojlanishi kerak. 
Bu esa davlatning iqtisodiy va huquqiy sohalardagi samarali siyosatidan kelib chiqadi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish