Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

V



3.  «Muvozanatli bozor» — unda talab va taklif ancha tenglashgan boʻladi. 
Marketingning asosiy qoʻllanish sohalari 4-chizmada koʻrsatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-chizma. Marketingning qoʻllanish sohalari 
Har bir sohada uning tashkil etuvchilari ajratib koʻrsatilishi mumkin, masalan, isteʻmol tovarlari 
marketingi  doimiy  «tovarxaridor»  oʻzaro  taʻsiriga  yoʻnaltirilgan  marketing  taʻsirining  obyekti 
boʻlgan bir turdagi tovarlarning alohida guruhlari (poyafzal, televizorlar, mebel, avtomobillar)ni ham, 
tovar yaratiladigan, siljitiladigan, uning imiji shakllanadigan «qoʻshimcha», oraliq sohalarni ham oʻz 
ichiga oladi. 
Bozor faoliyatining uslubiyati sifatida marketing tadbirkorlik sohasida keng qoʻllanilmokda. 
Bu yerda marketing va uning yondashuvlari quyidagi sohalarni qamrab oladi: 
— bozor tarmoqlari (tovar, pulmoliya, mehnat); 
— tovar turlari (moddiy boyliklar va xizmatlar); 
— isteʻmolchilarning tiplari (yakuniy isteʻmolchilar, isteʻmolchikorxonalar); 
— tadbirkorlik sohalari (sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo, qurilish, transport, bank, sugʻurta, 
sotish xizmatlari, sport, madaniyat, taʻlim va h.); 
— bozor sohalari (tashqi va ichki). 
Shu bilan marketingning tamoyillari va uslublari notijorat faoliyatida ham keng qoʻllanilmoqda 
(gʻoyalar marketingi, joylar marketingi, shaxslar marketingi va boshqalar). 
Marketingning  rivojlanishi  koʻp  hollarda  tadbirkorlarning  zaruriy  anʻanalari  va  tajribasi 
yoʻqligi  sababli  sekinlashtirilmoqda.  Vaziyat  manfaatlari  koʻpincha  bir  zumlik  xususiyatga  ega 
boʻlgan va har qanday yoʻl bilan qisqa muddatlarda maksimal foyda olishga yoʻnaltirilgan boshlovchi 
tadbirkorlar psixologiyasining xususiyatlari sababli keskinlashadi. Koʻpchilik korxonalar marketing 
roliga  yetarlicha  ahamiyat  bermayaptilar.  Koʻpgina  korxonalarning  ishlab  chiqarish  —  sotish 
faoliyatining  tashkil  etilishi  haqidagi  maʻlumotlar  bu  haqda  guvohlik  bermoqda.  Mazkur  faoliyat 
marketingga emas, balki ishlab chiqarish va sotishni alohida tashkil etishga yoʻnaltirilgan. 
Biroq  Oʻzbekiston  korxonalarida  marketingning  rivojlanish  amaliyoti  hali  yaxshi  yoʻlga 
qoʻyilmagan.  Ammo  allaqachon,  marketing  —  bu  bozor  bilan  aloqa  qilishda  mutlaqo  yangi 
funksiyani  bajarish,  degan  ishonch  paydo  boʻlmoqda.  Bunda  isteʻmolchilar  talabiga  korxonaning 
Marketing 
Ichki 
Tashqi 
Iste’mol tovarlari marketingi 
Ishlab chiqarish vositalari 
marketingi 
Xizmatlar marketingi 
Iste`mol xizmatlari 
I/ch xizmatlari 


butun  faoliyati  yoʻnaltiriladi.  Bozor  munosabatlari  rivojlangan  sari  marketing  korxonani 
boshqarishning umumiy  tizimiga tobora koʻproq  kirib bormoqda. Bu vaqtda deyarli barcha ishlab 
chiqarish,  sotish,  moliya,  maʻmuriy  va  boshqa  qarorlarni  qabul  qilish  asosida  bozordan  kelib 
tushadigan axborotlar yotadi. 
Oʻzbekiston iqtisodiyotida marketingning rivojlanishi qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu 
ancha  murakkab  davrni  boshdan  kechirayotgan  bozorimizning  shakllanishiga  tegishlidir.  Bozor 
rivojlanishining  yuqori  bosqichiga  tezkor  oʻtish,  albatta,  isteʻmolchilar  talabini  yangi  sharoitda 
qondirish  uchun  korxona  potensialidan  foydalanish  imkoniyatlarini  kengaytirish  imkonini  beradi. 
Ikkinchidan,  marketingdan  foydalanish  jarayoniga  isteʻmolchining  xatti-harakati  muayyan  tarzda 
taʻsir  koʻrsatadi.  Umumiy  holda  u  gʻarb  namunalariga  nisbatan  noanʻanaviydir,  shuning  uchun 
isteʻmolchilar  xatti-harakatlarining  umumiy  qabul  qilingan  tipologiyasini  tavsiflaydigan 
tendensiyalar  va  qonuniyatlarni  chuqurroq  oʻrganish  zarur.  Uchinchidan,  ish  munosabatlarida 
anʻanaviy  muayyan  markazlashuvga  intilish  odati  marketingning  foyda  olish  asosi  sifatida 
muhimligini  tushunmaslik  bevosita  isteʻmolchining  oʻzi  bilan  ishlashni  ikkinchi  darajaga  tushirib 
qoʻyadi.  Biroq  faraz  qilish  mumkinki,  yaqin  kelajaqda  korxonani  boshqarishda  fikrlash  tarzi  va 
bozorda faoliyat yuritish tarzini shakllantiruvchi marketingning asosiy klassik holatlari respublikamiz 
korxonalari uchun aktual, fundamental va zaruriy boʻlib qoladi. Aniq marketing harakatlari, konkret 
«reseptlar»ga  kelganda  esa,  bu  yerda  «barcha  chet  ellik  narsalarni  qabul  qilish»dan  «hamma 
oʻzbekona narsalarni anglab olish»ga oʻtish kerak. 
Marketing  kuchli  qurol  boʻla  turib,  oʻzining  tarafdorlari  va  dushmanlariga  ega  boʻladi. 
Tarafdorlar  vakillari  boʻlmish  Filipp  Kotler  va  marketingning  otalaridan  biri,  boshqaruvchilik 
konsultasiyasining asoschisi Piter Drukerlarning asosiy dalillari quyidagilardir: 
—  aynan  marketing  yondashuvini  qoʻllash  ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  keyin  gʻarb 
mamlakatlarida yalpi isteʻmolning doimiy oʻsib borishini taʻminladi; 
— «sovuq urushda» kam yoʻqotishlar bilan gʻalaba qozonishni taʻminladi; 
— xilma-xil ehtiyojlarni qondirish; 
— yuqori texnologiyalarning rivojlanishi; 
— raqobatchilikni qullab-quvvatlash; 
— nisbiy narxlarni pasaytirish; 
—  xilma-xil manfaatlarni muvofiqlashtirish va ijtimoiy maqsadlarga jiddiy  ichki nizolarsiz 
erishishni taʻminladi. 
Tarixchi  Arnold  Toynbi  va  faylasuf  Erix  Fromm  kabi  buyuk  shaxslar  marketingga  qarshi 
boʻlgan  holda  taʻsir  etishning  psixologik  usullari  bilan  qurollangan  marketing  quyidagilarga  olib 
keladi deb hisoblaydilar: 
— isteʻmolchilarni aldash va maʻnaviyatning yoʻqolishiga; 
— moda va isteʻmolchilik hukmronligining oʻrnatilishiga; 
— vahima holatini qullab-quvvatlashga; 
— narx diskriminasiyasining yengillashuvi va shaxsiy hayotga bostirib kirishga; 
— inson huquqlarining oyoq osti boʻlishiga; 
— ijtimoiy muhim maqsadlardan chetga chiqishga.  
Masalaning  bunday  qoʻyilishi  biroz  notoʻgʻri  talqin  etiladi.  Marketing  hamma  dardlarning 
davosi emas va uning yutuklari roʻyxati biroz burttirib koʻrsatilgan. Lekin uning ayblari ham oshirib 
yuborilgan.  Dunyoqarashning  shakllanishiga  yordam  beruvchi  taʻlim  va  ancha  yuqori  darajali 
madaniyat vositasida bundan qutulish mumkin. Ular bir tomonning nomunosib usullarni qoʻllashiga, 
boshqa tomonning esa aldanishiga, vahimaga tushishga va ijtimoiy maqsadlardan chetga chiqishga 
qoʻymaydilar. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish