Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Qovoqdosh sabzavotlar 
Bu  guruhga  kiruvchi  sabzavotlarni  poliz  ekinlari  deb  ham  atashadi.  Poliz  ekinlari 
Oʻzbekistonning  tuproq-iqlim  sharoiti  qulay  boʻlganligi  uchun  qadimdan  Markaziy  Osiyo 
xalqlarining eng muhim va sevimli mahsuloti boʻlib kelgan. 
Qovoqdosh  sabzavotlar  guruhiga  bodring,  tarvuz,  qovun,  qovoq,  kabachki  va  patissonlarni 
kiritish mumkin. 
Bodring.  Bodring  keng  tarqalgan  sabzavot  ekini  hisoblanadi.  Bodringning  pishmagan  barra 
mevalari  yangiligicha,  tuzlangan,  konservalangan  holda  isteʻmol  qilinadi.  Bodringdagi  hazm 
boʻladigan  kletchatka  va  pektin  moddalari  modda  almashinuviga  va  ovqatning  yaxshiroq  hazm 
boʻlishiga yordam beradi. Bodring tarkibida suv miqdori koʻp – 95-96 foizni, qolgan 4-5 foizni esa 
quruq moddalar tashkil etadi. Quruq moddalar qand, kam miqdorda oqsil, yogʻlar hamda kletchatka 
va kul moddalaridan tashkil topgan. 
Oʻzbekistonda  rayonlashtirilgan  va  koʻp  ekiladigan  navlariga  Hosildor,  Ranniy-645,  Parad-
176,  Pervenes  Oʻzbekistana,  Konkurent,  Margʻilon-822  kabi  navlarini  kiritish  mumkin. 
Issiqxonalarda eti sersuv va mayin, urugʻ kamerasi kichikroq, toʻq-yashil rangli uzunchoq bodring 
navi (25-40 sm) yetishtiriladi. Ular asosan salat va okroshka tayyorlashda ishlatiladi. 
Isteʻmolga  moʻljallangan  barra  bodringlar  GOST  1726-85  standarti  talabiga  javob  berishi 
kerak.  Bu  standart  talabi  boʻyicha  uzilgan  bodringlar  yangi,  butun,  shakli,  toʻgʻri,  sogʻlom,  toza, 
mexanik jarohatlanmagan, boldoqli yoki boldoqsiz, shakli va rangi boʻyicha aynan shu botanik navga 
mos boʻlishi kerak. 
Bodringlar uchun muhim koʻrsatkichlardan biri ichki tuzilishi hisoblanadi. Bunda bodringning 
etiga va urugʻiga alohida eʻtibor beriladi. Bodringning eti zich, sersuv, urugʻi esa yaxshi yetilmagan, 


sersuv, qobiqsiz boʻlishi kerak. Bodringlarning taʻmi va hidi esa aynan shu botanik navga xos, begona 
taʻmlarsiz va hidlarsiz boʻlishi kerak. 
Bodringlar  uchun  muhim  koʻrsatkichlardan  yana  biri  ularning  uzunligi  va  katta  koʻndalang 
kesimining  diametri  hisoblanadi.  Yuqorida  qayd  etilgan  standartga  binoan  bodringlar  uzunligi 
boʻyicha birinchi va ikkinchi guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruhga kiritiladigan bodringlar uchun 
uzunligi  11  sm  dan,  ikkinchi  guruhlari  uchun  esa  14  sm  dan  katta  boʻlmasligi  kerakligi  koʻrsatib 
oʻtilgan. Standart talabi boʻyicha har ikalla guruhga kiritiladigan bodringlarda eng katta koʻndalang 
kesimining diametri 5,5 sm dan ortiq boʻlmasligi kerak. 
Standart  talabi  boʻyicha  barra  holda  isteʻmolga  moʻljallangan  bodringlarning  sifatini 
baholashda  maʻlum  bir  chetlanishlarga  ham  ruxsat  etiladi.  Yuqorida  qayd  etilgan  standart  talabi 
boʻyicha tekshirilayotgan bodringlar massasida  uzunligi boʻyicha 3 sm dan ortiq chetlanishga ega 
boʻlmagan bodringlar miqdori 10 % gacha, ezilmasdan yengil jarohat olgan, qobigʻi sal shilingan, 
ozroq  soʻligansimon  bodringlar  miqdori  ham  10  %  gacha  boʻlishiga  ruxsat  etiladi.  Savdo 
tarmoqlarida chirigan, yumshab-ezilgan, soʻligan, sargʻayib ketgan, burishib qolgan bodringlarning 
sotilishi taʻqiqlanadi. Shuningdek, issiqxonalarda yetishtirilgan bodringlarda ularga yopishib qolgan 
tuproqlar boʻlmasligi kerak, tabiiy sharoitlarda  yetishtirilgan bodringlarda esa 0,5 % gacha tuproq 
boʻlishiga ruxsat etiladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish