10. Darsning borishi.
1. Talabalar bilan salomlashiladi, talabalar davomati tekshiriladi.
2. Talabalarga ushbu mavzu boʻyicha toʻplanishi lozim boʻlgan reyting ballari va reyting xaritasi
tushuntiriladi.
3. Amaliy mashgʻulot uchun berilgan masalalar bajariladi.
4. Talabalar bilan ma`ruzada mavzuning nihoyasiga yetmay qolgan qismi yuzasidan muhokama
olib borish.
5. Talabalar uyda bajarish lozim boʻlgan topshiriqlarni bajarish.
7. Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1-Topshiriq.
«Oʻzbekiston bozorining tadqiqotini oʻtkazish» KEYS.
«MsDonaldʻs» kompaniyasi yirik jahon kompaniyalaridan biridir. U umumiy ovqatlanish
korxonalarining tez xizmat koʻrsatuvchi turlariga kiradi. «MsDonaldʻs» kompaniyasining 1956 yil
AQShda 14 restorani mavjud boʻlgan boʻlsa, 1960 yil – 228 ta, 1968 yil – 1000 ta, 1975 yil 3076 ta,
1980 yil 6263 ta, 1984 yil 8300 ta, 1990 yilda esa 11800 ta restoranlari faoliyat olib borgan. Hozirgi
kunda 119 davlatda 30000 restoranlari faoliyat olib bormoqda. 50 yil mobaynida AQShda va xorijda,
u tez ovqatlanish korxonalari bozorining 30 foizini egallab kelmoqda. 20000 ga yaqin xorijdagi savdo
nuqtalarida u mahalliy xususiyatlarni hisobga olib ishlamoqda. Masalan, Hindistonda ishlab
chiqarishda faqat qoʻy, parranda , baliq goʻshtlari va sabzavotlar ishlatiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida birinchi boʻlib ushbu restoranlarning turi Rossiyada
ochildi va ushbu restoran darxol rossiyaliklarga ma`qul tushdi. Ammo bu yerda koʻp qiyinchiliklarga
duch kelindi: mahsulot yetkazib beruvchilarni, xodimlarni va isteʻmolchilarni «MsDonaldʻs»ning
ishlash usullari va stiliga oʻrgatish kerak boʻldi. Isteʻmolchilarga ular navbatini koʻtayotganda video
rolik qanday qilib buyurtma berish, hisob-kitob qilish va «Big-Mag»ni toʻgʻri isteʻmol qilishni
koʻrsatar edi. Mahsulot yetkazib beruvchilarga kartoshkaning qanday turlarini ishlab chiqarishni
oʻrgatish zarur boʻldi, 630 ta rossiyalik menejerlar «Gamburg» universitetlarida oʻqib kelishdi.
Hozirgi paytda «Makdonalds» Oʻzbekiston bozorining tadqiqotini boshlamoqchi va tadqiqot
natijalari boʻyicha Oʻzbekiston bozorida faol faoliyatni boshlaydi.
Savollar:
1. Oʻzbekiston bozorining tadqiqotini oʻtkazish yoʻllarini tavsiya eting.
2. Ma`lumot toʻplashning qaysi usullarini tavsiya etgan bular edingiz.
3. Oʻzbekiston bozoriga oʻrnashishning qiyinchiliklarini ochib bering.
4. Marketing tadqiqotlarini oʻtkazish tavsiyalarini bering.
269
2-Topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |