189
-
rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi;
-
korxona kadrlar bilan qanchalik ta'minlangan, mavjud mutaxassislarning ro‘yxati, ularning
malakasi hamda ish tajri- basi;
-turli xil kategoriyadagi ishlovchilarni, sotsial imtiyozlarni qo‘shgan holda, ish haqi shakllari
hamda darajasi qanday bo‘ladi;
-
korxonaning texnologik tuzilmasi qanday bo‘ladi.
8. Korxonaning tashkiliy shakli:
-
rejalashtirilayotgan korxonaning mulk shakli hamda huquqiy statusi qanday (xususiy korxona,
hissadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi, ijara korxonasi, ko‘shma korxona va hokazolar);
-
korxonaga yordamlashuvchi investor qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshqarishda
qatnashishi, aksiyalar paketidagi hissasi va hokazolar);
-
rejalashtirilayotgan korxonaning homiylari yoki investor- lari kimlar (davlat tashkilotlari,
bank, fermer xo‘jaligi, xususiy korxona va boshqalar);
-
mavjud homiylar yoki investorlar uchun qanday huquqlar berilgan (boshqarish, moliyaviy
nazorat);
-
ushbu mulk shaklidagi korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy statusini
tartibga soladigan qonun nor- malarini qisqacha yoriting), potensial investor, unga beriladigan
huquqlarga ega bo‘lishi uchun, qanday yuridik holatlarni amalga oshirish kerak (birgalikda egalik
qilish, homiy, hissador) va bu esa mahalliy hamda joydagi qonunlar bo‘yicha qanday huquqiy ja-
vobgarlikka olib keladi.
9. Moliyaviy reja:
-
korxonani tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy investsiya hajmi kerak;
-
moliyalashtirish manbalari qanday (aksiyalar sotish, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, bank
kreditini olish, korxonani tashkil etayotganlarning o‘z mablagi);
-
moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tar- kibi qanday bo‘lishi kerak (agarda
xorijiy valyutalarda investi- siyalar rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u xolda qaysi ayriboshlash kurslarida
ularni jalb etishmoqchi);
-
uzoq muddatli investitsiyalarga va aylanma vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun
qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi.
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi):
-korxonani tashkil etish bo‘yicha investitsiya xarajatlarining
umumiy hajmi hamda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelishi qanday (asosiy va aylanma vositalarga,
infrastrukturaga va xokazolar uchun investitsiyalar);
-
rejalashtirilayotgan korxonani ishlatish, mahsulotini coram yoki xizmatni tashkil etish
qanchaga tushadi;
-
maxsulotni sotishdan yoki xizmatdan keladigan umumiy daromadlar hajmi qancha bo‘lishi
mumkin;
-
rejalashtirilayotgan korxona qanday turdagi soliqlarni to‘lashi kerak;
-
ijaraga olingan mablaglarni qaysi muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish
rejalashtirilayapti;
-
rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy foyda hajmi va normasi qancha bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan biznes-rejaning bo‘limlaridan tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi
axborotlarni keltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar
hisoboti, moddalari bo‘yicha xarajatlar va hokazolar.
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil
qiladi hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho beradi.
Biznes-reja muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga hamda korxona
boshqaruviga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: