Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Bizies-reja tuzishga ko‘yiladigan asosiy talablar



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/234
Sana06.06.2022
Hajmi4,03 Mb.
#642416
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   234
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Bizies-reja tuzishga ko‘yiladigan asosiy talablar: 
Biznes-reja tuzishda ijarachi va oila pudrati jamoalari, dehqon va fermerlarning, birinchi 
navbatda, rahbarlari, mutaxassislar va ilmiy maslahatchilar yordamidan foydalanib tuzishlari talab 
etiladi. Chunki, rahbar xodim o‘z kelajak faoliyatini loyihalashtirishi, xomcho‘t qilishi, o‘z 
g‘oyasining to‘griligi hamda uni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligiga yana bir 
marta ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Biznes reja uning xulosa qismini yoritishdan boshlanadi. Shuni aytish kerak-ki, biznes-rejaning 
xulosa qismi uning boshqa qismlari ishlab chiqilgandan keyingina to‘la shakllanadi. Shunga 
qaramasdan, ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar o‘z hamfikrlari, xodimlari va 
chetdan taklif qilingan ilmiy maslahatchilar bilan birgalikda, eng avvalo, o‘z faoliyatlari dasturini 
amalga oshirish yo‘llarini to‘la va ravshan tasvirlashga harakat qilmoqlari lozim. Xulosa qismida 
yoziladigan fikr va mulohazalar, taklif va g‘oyalar tushunarli, ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llarini 
bir o‘qishda tushunishga imkon beradigan xolda yoritilishi lozim. Bayon qilinadigan g‘oya va 
fikrlarda tadbirning maqsadi nima? Odamlar, tadbirni amalga oshirishdan ko‘zlangan qanaqa 
mahsulotni olishlari kerak? Bu mahsulotning o‘ziga o‘xshash bo‘lgan mahsulotlardan farqi nimada? 
kabi savollarga javob berish lozim. 
Xulosaning oxirgi qismi tadbirni amalga oshirishdan ko‘zlangan moliyaviy natijalarga 
bagishlangan bo‘lib, unda yaqin davr ichida sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar hajmi, sotishdan 
tushadigan naqd pul daromadi, ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar, daromad, foydalilik darajasi 
va nixoyat sarmoyadorlardan olgan qarzni uzish muddatlari haqida axborot berish talab etiladi. 
Biznes-reja tuzishda ijara va oila pudrati jamoalari va dehqon-fermer xo‘jaliklari rahbarlarining 
o‘rni: 
biznes-rejaning asosiy qismi xaridorlarga taklif qilinadigan maxsulot, umuman amalga 
oshirilmoqchi bo‘lgan tad- birning mohiyati bayon qilingan bo‘limdan iborat bo‘ladi. Bu bo‘limni 
yoritganda rahbar xodim taklif qilgan mahsulot raqobatchilarnikidan ma'lum xususiyatlari bilan ajralib 
turmogi lozim; 
- rahbar tadbirkor taklif etgan yoki amalga oshirayotgan tadbiri natijasida ishlab chiqarayotgan 
mahsuloti faqatgina uning sa'y harakati mahsuli bo‘lmasdan, balki moliyaviy ta'minotiga ham 
bog‘liqdir. 
Shular sababli rahbar xodim taklif qilgan tadbir asosida ishlab chiqarishni xom-ashyo bilan va boshqa 
zarur moddiy resurslar bilan ta'minlash, yangi texnika, ilgor va tejamkor texnologiyalarni jalb etish, 


187 
ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish rahbarlarga ma'lum bo‘lishi va boshlangich faoliyati 
negizini tash kil qilmog‘i lozim. 
Tadbir rahbari quyidagi savollarga aniq va tushunarli javob berishi shart: 
-taklif qilingan mahsulotlarga (xizmatga) bozorda talab bormi yoki yo‘qmi? Talab darajasi 
qanday? (yuqori, o‘rta, past). 
-taklif etilayotgan mahsulotlari (xizmat) iste'molchiga nimasi bilan yoqadi? 
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatchilar mahsulotidan nimasi bilan farqlanadi? 
-mahsulot bozorgirmi va u necha yil davomida bozorni egallab turadi? 
-mahsulot patentlanganmi, mualliflik guvohnomasi bormi, ular qaerlarda va kim tomonidan 
ro‘yxatga olingan, bankda hisob raqamiga egami? 
Biznes-rejaning bu bo‘limida taklif qilinadigan mahsulotning sotilish narxi, hajmi va uni ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlar qiymati, olingan naf-foyda miqdoriga baxo berilishi shart. 
Biznes-rejada bozorni o‘rganish: 
-
biznes-rejaning bu qismida tadbirkor, o‘z hamfikrlari va sarmoyadorlari bilan marketing 
rejasining asosini tashkil qiluvchi masalalarni bayon qilishi kerak. Bu qism nihoyatda muhim bo‘lib, 
uning tafsiloti tadbirkorlar, dehqon va fermerlar uchun istiqbol reja va bajaradigan ishlarda dastur 
vazifasini o‘taydi. Ularg‘a quyidagilar kiradi: 
-
tovar mahsulotini iste'molchiga yetkazish usuli va yo‘llari; 
-
narx-navo tizimi; 
-
tovar mahsulotini tashvikot (reklama) qilish yo‘llari; 
-
tovar mahsuloti sotilishini rag‘batlantirish yo‘llari; 
-
tovar mahsulotini olganlarga xizmat ko‘rsatish; 
-
korxona va tovar mahsulotining obro‘-e'tibori (imidj) haqida istemolchilar va keng omma 
o‘rtasida ijobiy fikr uygotish. 
Yukorida qayd qilingan har bir masala bo‘yicha ijara va oila pudrati jamoalari, dehqon va 
fermerlar quyidagilarni bilishlari lozim. Birinchidan, mahsulotlar qaysi usulda sotiladi, o‘z 
do‘konlarida-mi? yoki boshqalar orqalimi? Ikkinchidan, mahsulot narxi nimaga asoslanib belgilanadi, 
ketgan xarajatlarni qoplash uchun qaysi darajada foyda ko‘rish yetarli? Uchinchidan, mahsulotlarni 
tashvikot qilishni qanday tashkil qilish mumkin va bunga qancha mablag ajratiladi? To‘rtinchidan, 
mahsulot sotish qanday yo‘llar bilan kengaytiriladi: sotuvchilar sonini ko‘paytirib-mi? yoki yangi 
bozorlar topish hisobigami? Beshinchidan, mahsulot va korxona haqida iste'molchilar o‘rtasida obro‘-
e'tibor, yaxshi fikr paydo qilish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqchi? 
Bu to‘g‘rida xorijiy davlatlar tadbirkorlari, dehqon va fermerlari tajribasini o‘rganish zarur. 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish