Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Innovatsiya investitsiyalari



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/234
Sana06.06.2022
Hajmi4,03 Mb.
#642416
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Innovatsiya investitsiyalari,
texnika, texnolo- giyalar yangi avlodini yaratish va o‘zlashtirishga 
sarflangan investitsiyalarga aytiladi.
3. Ijtimoiy investitsiyalar
in son salohiyatini, malakasini va 
ishlab chiqarish tajriba- sini oshirishga, shuningdek, moddiy iste'mollarning boshqa shakllarini 
rivojlantirishga sarflanadigan mab- lag‘lardir. 
Investitsiyalarning ikki turi bor:
1. Real investitsiyalar
— moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga mablag‘lar.
 2. Moliyaviy 
iivestitsiyalar
— qimmatli qog‘ozlarni (ak- siya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sar- 
flangan mablag‘lar. Real investitsiyalar kapital ko‘yilma- lar deb ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar 
yalpi va sof kapi- tal qo‘yilmalarga bo‘linadi. Real investitsiyalarning umu- miy summasi yalpi kapital 
qo‘yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushiril- gan qismi sof 
kapital qo‘yilmalardir. Sof kapital qo‘yil- ma yalpi kapital qo‘yilma summasiga teng yoki kam bo‘lishi 
mumkin. Fermer xo‘jaligida yalpi kapital qo‘yilmani sof kapital qo‘yilmaga aylantirishga alohida 
e'tibor berili- shi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylash- tirilishini, ya'ni ishga 
tushirilishini ta'minlash zarur. 
Milliy hisoblar tizimida kapitalga hamda modsiy ish- lab chiqarish vositalariga sarflangan 
mablag‘lar
 real iive- stitsiyalar
deb ham yuritiladi. 
Kapital qo‘yilmalarning fermer xo‘jaligidagi ahamiya- ti yuqori bo‘lib, birinchidan,
kapital 
qo‘yilmalar
— jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kagshtal qo‘yil- malardagi o‘zgarishlar 
jami talabga yetarlicha ta'sir ko‘rsa- tadi, shuningdek, aholining bandligi va yalpi milliy mah- sulot 
(YaMM) hajmining ham o‘zgarishini ta'minlaydi. 
Ikkinchidan, kapital qo‘yilmalar fermerlarning asosiy fondlari jamg‘arilishiga, ya'ni ko‘payishiga 
olib keladi. 
Uchinchidan, kapital qo‘yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, 
xarajatlar o‘sishiga olib keladi, natijada YaMM qisqaradi. 


54 
Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) fermer xo‘jali- gini har tomonlama rivojlantirib, modsiy-
texnika baza- sini mustahkamlaydi. Ulardan samarali foydalanish nati- jasida jonli mehnat xarajatlari 
qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada fermer 
xo‘jaligini kengaytirilgan takror ish- lab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati kengayadi. 
Fermer xo‘jaliklarining barcha investitsiyalari (kapi- tal qo‘yilmalar) ikkita manbadan: 
korxonaning o‘z mablag‘- laridan va chetdan jalb qilingan mablag‘lardan shakllanadi. 
Fermer xo‘jaligaiiig o‘z mablag‘lariga quyidagalar kiradi: 

 
fvrmer xo‘jaligining sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar; 
-
 
amortizatsiya fondidagi mablag‘lar; 
-
 
asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tush- gan mablag‘lar; 

 
chorva mollarini sotishdan tushgan mablag‘lar; 

 
fermer xujaligining qimmatli qog‘ozlar sotish va so- tib olishidan kelgan mablag‘lar. 
Chetdan jalb qilingan mablag‘larga: 

 
fermer xo‘jaligiga davlat byudjetidan ajratiladi- gan mablag‘lar; 

 
hamkorlardan olinadigan mablag‘lar; 

 
turli xil qarzlar va bank kreditlari; 
' xo‘jalik a'zolarining bo‘sh mablag‘larini jalb etish; 

 
xorijiy va mahalliy shaxsiy korxonalar hamda fuqaro- larning mablag‘lari; 

 
homiylar ajratayotgan xayriya mablag‘lari va boshqa- lar. 
Kapital kapital qurilishga va yangi texnikani joriy qilishda ishlatiladi. Kapital qo‘yilmalarning 
asosiy va- zifasi — tarmoq mahsulotini ko‘paytirish va ishlab chiqa- rish samaradorligini oshirishni 
ta'minlashdir. 
Kapital
— fermer xo‘jaligi moliyaviy natijalarining bir qismi bo‘lib, aylanma fondlarga qo‘yilib, 
daromad keltiradi. 
Investitsiya kiritishda fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘- laridan foydalanishi ikkita ustunlikka 
ega: birinchidan, fermer xo‘jaligining tashqi to‘lovlari mavjud bo‘lmaydi (olingan kreditlar bo‘yicha 
foiz, aksiyalar bo‘yicha divi- dendlar, ijara haqi va hokazo), shuningdek, fermer xo‘ja- ligini 
boshqarishda mustahkam boshqaruvni shakllantiradi. 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish