Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

1.5. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  qonunining  2-moddasiga  muvofiq, 

“Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa 

 

Buxgalteriya hisobi  



 

Moliyaviy hisob 

 

Boshqaruv hisobi  



 

Soliq hisobi  




 

 

buxgalteriya  axboroti  bilan  ta'minlashdir”.



1

  Shuningdek,  ushbu  maqsadga  yerishish  uchun  buxgalteriya 

hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyilgan:  

“ – buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning xolati va xarakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning 

xolati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;  

samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 



moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish”

2



Shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  korxona  xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshirishda  O‘zbekiston 



Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning 

oldini  olish  va  uning  moliyaviy  barqarorligini  ta'minlaydigan  ichki  xo‘jalik  imkoniyatlarini  topishni 

ta'minlashi zarur. 

Buxgalteriya  hisobining  birinchi  vazifasi  korxona  rahbarlari,  ta'sischilari,  ishtirokchilari  va 

mulkdorlari,  investorlar,  kreditorlar,  xaridorlar  va  boshqa  axborotdan  foydalanuvchilar  manfaatlaridan 

kelib  chiqadi.  Buxgalteriya  axborotlari  to‘liq  va  ishonchli  bo‘lishi,  ya'ni  foydalanuvchilarga  xo‘jalik 

yurituvchi  subekt  to‘g‘risida,  uning  mulklari,  majburiyatlari,  faoliyat  natijalari  to‘g‘risida  barcha  zarur 

axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma'muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun 

foydali bo‘lishi lozim. 

Ikkinchi  vazifaning  mazmuni  shundan  iboratki,  buxgalteriya  hisobi  tizimida  korxona  moliya-

xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish 

uchun  ma’lumotlarni  shakllantirish  zarur.  Bunday  axborotlar  xo‘jalik  muomalalarining  maqsadga 

muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim. 



Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. 

Shu  bilan  birga,  shartnomalarning  bajarilishini,  tejamkorlikka  rioya  qilishni  va  mulkning 

saqlanishini ta'minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.  

Shartnoma  majburiyatlarining  bajarilishini  nazorat  qilish  buxgalteriya  hisobi  tomonidan  ikkita 

vazifani  bajarishda  ifodalanadi.  Birinchisi,  buxgalteriya  hisobi  tadbirkorlikni  rivojlantirishning  joriy  va 

istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi. 

Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy  resurslarni hisobga olmay 

turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini 

bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur. 

Ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlarning  tannarxini  pasaytirish, 

korxonalarda  va  uning  bo‘linmalarida  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  va  tadbirkorlikni 

rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar korxonalarning hamma 

ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, 

ishlab chiqarish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan muvaffaqiyatli amalga 

oshiriladi  

Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi (1.4-rasm). 

 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish