Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Opyerativ  hisob  rejalarning  bajarilishini  nazorat  qilish  va  ishlab  chiqarishga  tezkor  rahbarlikni 

amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U 

tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Opyerativ hisob yordamida korxona resurslari va 

ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgaltyerlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan 

qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma 

majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi. 

Opyerativ  hisob  xo‘jalikka  tezkor  rahbarlik  qilishni  ta'minlash  uchun  iqtisodiy  ma’lumotlarni 

to‘plashda bevosita xo‘jalik bo‘linmalarida amalga oshiriladi. Ayrim opyerativ hisob ma’lumotlaridan faqat 

bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, 

hatto  iqtisodiyot  tarmoqlari  miqyosida  alohida  opyerativ  hisobot  ko‘rinishida  ham  umumlashtirilishi 

mumkin.  Bunday  hisobotlardan  esa,  mahsulot  ishlab  chiqarish  miqdori  va  sifati,  xom-ashyo  bilan 

ta'minlanganlik  darajasi,  hosilni  yig‘ishtirishning  borishi  to‘g‘risidagi  va  boshqa  ma’lumotlarni  olishda 

foydalaniladi. 

Nazorat  qilinayotgan  xo‘jalik  muomalalarining  mazmuniga  ko‘ra  opyerativ  hisobda  natura  va 

mehnat o‘lchovlari, ayrim hollarda esa pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. 

Ta'kidlanganidek,  opyerativ  hisob  tomonidan  boshqaruv  apparatiga  taqdim  etiladigan  axborot 

kundalik xo‘jalik muomalalari alohida qismlarining mazmuni to‘g‘risida javob bera olishi sababli zarur. 

Mazkur  axborotning  vaqt  oralig‘ida  chegaralanganligi  –  opyerativ  hisobning  birinchi  ajralib  turuvchi 

belgisi hisoblanadi.  

Bunday axborotlarni hisobning boshqa turlaridan olish ularga g‘ov bo‘lishi va quyilgan vazifalarni 

hal etishga tizimli yondashuvni qo‘llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu bo‘shliqni 

o‘z  tabiatiga  ko‘ra  bir  xil  bo‘lmagan,  opyerativ  hisob  to‘ldiradi.  Opyerativ  hisob  xo‘jalik  hisobiga  xos 

bo‘lgan  uchala  o‘lchovdan  foydalansa  ham,  shunga  qaramasdan,  pul  o‘lchovidan  foydalanish  unda 

cheklangan. Bu opyerativ hisobda asosan doimiy ravishda umumlashtirish talab qilinmaydigan, ayrim bir 

xil xo‘jalik muomalalari aks ettirilishi bilan bog‘liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi belgisi 

ham mana shundan iborat.  

Bunday  axborotlarni  olishning  tezkorligi  opyerativ  hisobning  uchinchi  farq  qiluvchi  belgisi 

hisoblanadi. Opyerativ axborotlarni olishga bo‘lgan talablarning soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi. 

Opyerativ hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik dalillovchi kuchga ega emas. Agar 

opyerativ  hisob  axborotlarining  tayinlanishidan  kelib  chiqiladigan  bo‘lsa,  bunday  dalillash  shart  emas. 

Opyerativ hisobning to‘rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.  

Opyerativ axborotlar, odatda, og‘zaki, telefon yoki telegraf, teletayp orqali uzatiladi. Ayrim hollarda 

bunday  axborotlar  ma’lumotnoma,  xizmat  yozuvi  va  boshqa  ko‘rinishda  rasmiylashtirilib,  bu  opyerativ 

hisobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda opyerativ hisobda statistik va buxgaltyerlik hisobdan 

olingan axborotlar ham qo‘llaniladi. Bu opyerativ hisobning beshinchi o‘zishga xos belgisidir. Hisobning 

boshqa  turlariga  xos  bo‘lgan,  axborotlarga  ishlov  berishning  maxsus  usullari  va  amallarini  qo‘llash 

opyerativ hisobda ishlatilmaydi.  


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish