Boshqa majburiy to‘lovlar deganda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy
pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu
jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun
Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq
to‘lovchilar bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar
aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul
to‘lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo‘la olmaydii. Soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat
mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat byudjetiga
Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik,
qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.
223
1.
Birinchi belgi-majburiylik. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq
to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tamoyili asosida amalga oshiriladi. Majburiylik belgisi
huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.
2.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xaxinaga-davlat
byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi.
3.
Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixda 50 va 100 yillab
o‘zgarmasdan harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, soliqlar shuncha
qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o‘zgaradi.
4.
To‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qaytib keladi. Lekin,
davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga to‘liq qaytib kelmaydi, ya’ni u
ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Masalan, soliq to‘lovchi bu yili davlatning sog‘liqni saqlash va maorif
xizmatlaridan hech foydalanmagan bo‘lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq
to‘lovchilarning to‘lagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga ko‘rsatgan xilma-xil xizmatlari
(mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni o‘rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar)
orqali o‘zlariga qaytib keladi.
Soliqlar iqtisodiy kotegoriya bo‘lganligidan to‘lovchilar va byudjeto‘rtasida daromadlar
taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq
to‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishningma’lum
chegarasi mavjud. Bu haqda yirik iqtisodchi olimlar va davlat arboblario‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan.
Uni davlat, shu bilan birga soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi
faoliyatini hisobga olibsoliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni
rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli
moliyaviy resurslar to‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlar mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat
o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak bu yerda
iqtisodiy munosabat ya’ni pul munosabati mavjuddir.
Soliqlarning ob’ektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishsh sharoitida ikki holat bilan
ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi,
ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari
ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga
mos kelmaydigan vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bugungi kunda respublikamizda turli xil
mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritib kelmoqdalar. O‘larning faoliyatiga
davlatning ha deb aralashuvini yoqtirmaydi, qabul qilmaydi. Chunki, bozor iqtisodiyoti erkin
iqtisodiyot, bu yerda har bir xo‘jalik sub’ekti erkin faoliyat ko‘rsatadi, butun faoliyatiga o‘zi javob
beradi. Davlatning ular faoliyatiga aralashuviga faqat qonun yo‘li bilan, ya’ni soliqlar orqali bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga bizning
respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti
infratuzilmasini tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga
oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq
mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan
qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, o‘zbekiston davlati jamiyat
a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab
turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi. Qolaversa, davlat fuqarolar xafvsizligini
saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham
ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular
uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: