1-jadval
O’zbekistonda asal yetishtirishning barcha xo’jalik toifalari bo’yicha tahlili (2011-2014
yy.)(tonna)*
Xo’jalik turlari
Yillar
2014 yil 2011 yilga
nisbatan
2011
2012
2013
2014
+, -
%
Barcha
toifadagi
xo’jaliklar
3786,1
5481,6
7177,0
8708,7
+4922,6
2,3 m.
Salmog’i
100,0
100,0
100,0
100,0
-
X
Fermer xo’jaliklari
575,8
893,5
1239,5
1480,3
+904,5
2,6 m.
Salmog’i
15,2
16,3
17,3
17,0
+1,8
X
Dehqon va aholining
shaxsiy
yordamchi
xo’jaliklari
3036,7
4286,6
5479,7
6714,6
+3677,9
2,2 m.
Salmog’i
80,2
78,2
76,3
77,1
-3,1
X
Qishloq
xo’jaligi
faoliyatini
amalga
oshiruvchi tashkilotlar
173,6
301,5
457,8
513,8
+340,2
2,9 m.
Salmog’i
4,6
5,5
6,4
5,9
+1,3
X
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015
Ushbu jadval ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, barcha toifa xo’jaliklarida asal
yetishtirish hajmi 2,2 dan 2,9 martagacha oshib borgan, fermer xo’jaliklari hamda qishloq
xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda, dinamikada bu raqamlar 1,3 va 1,8 punkt
o’sib borish tendensiyasiga ega. Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida esa-3,1
punktga pasayish kuzatilgan. Demak, borgan sari ixtisoslashgan asalarichilik xo’jaliklari
shakllantirish jarayoni jadallashtirilmoqda.
16.21Asalarichilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Mustaqillikning dastlabki yillarida asal yetishtirish, uni sotish masalalari ancha
takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Shuning uchun ham bu tarmoqni tarmoq
sifatida tan olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlash
masalasi faqat xususiy asal yetishtiruvchilar e’tiborida edi. Mustaqillikning keyingi o’n yilliklarida
asalarichilik xo’jaliklarining tashkil etilishi sari tashlangan qadam, ularga yetarli darajada yer-suv,
moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishni o’z navbatida ularga pirovard natijaga
erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlari kerakligini taqozo qiladi.
Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq asal mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish
uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur hisoblanadi:
Naslchilik ishlarini olib borishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1.Asalarilarni zotiga qarab rayonlashtirish;
346
2.Asalarilarning yaxshi asal yig’ishini ta’minlash uchun arixonalarni muntazam ko’chirib
turish;
3.Asalari oilalarini asrash va parvarish qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish;
4.Asalari oilalarining rivojlanishidagi individuallikni saqlab qolish, boshqa asalari oilalari
hisobiga asal to’plashi yoki begona asalarilarning uchib kelish hamda o’z oilasini tashlab uchib
ketishiga yo’l qo’ymaslik;
5.Asalarichilik xo’jaligida naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish, maxsus jurnal yurgizib,
unda asalari oilasining kelib chiqishi, ularning holati va xo’jalikka foydali muhim belgilarini
baholaydigan hamma ma’lumotlarni yozib borish;
6.Ko’p miqdorda asalarilar oilasi ichida tanlash va saralash ishlarini olib borish.
Asalarichilikda asalari oilasini tanlashning asosiy mazmuni asal mahsuldorligidir. Uni
ko’paytirish esa naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |