16.20.Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi tarmog’i oldida turgan asosiy muammolardan biri
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan extiyojini o’zimizda ishlab chiqarilgan qishloq
xo’jaligi mahsulotlari hisobiga qondirishdan iborat bo’lib, bu shu paytgacha uncha rivojlanmagan
tarmoq hisoblangan – asalarichilikni jadal rivojlantirish vazifasini qo’ydi. Shuning uchun ham,
mamlakatimiz istiqlolga erishgan kunlaridanoq agrar sohaning muhim tarmog’i hisoblangan
asalarichilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi sohada bozor munosabatlarini
qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, chorvachilikni, shu
jumladan asalarichilikni barqaror rivojlantirishning huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol
qilib, Davlat qonunlari, Prezident farmoni va qarorlarini hamda hukumat Dasturlarini, Vazirlar
Mahkamasining qator qarorlarini keltirish mumkin. Ayniqsa, bu borda Prezident I.Karimov
tomonidan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 23 –martda qabul qilingan 308-sonli hamda
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni
rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2008 yil 21 –aprelda qabul qilingan 842-sonli
qarori muxim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qarorlarning joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2009-2011 yillar davomida chorvachilikni, jumladan
rivojlantirish, mamlakatda chorvachilik, qoramolchilik, asalarichilik va baliqchilikni
rivojlantirishga yo’naltirilgan qator qarorlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Asalarichilik –
qishloq xo’jaligining muxim tarmog’i. Asalarilar barcha xo’jaliklarda muvaffaqiyatli rivojlanib
kelmoqda.
Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun, qishloq xo’jaligi
ekinlarining hosildorligini oshirish zarur.
Hozirgi vaqtda ko’chma asalarichilik keng qo’llaniladigan bo’lib, tog’ oldi (adir) larda
joylashgan pasekalarning 90% ini tashkil qiladi.
Mamlakatimizning tog’li tumanlarida doimiy ravishda (bir joyda) turuvchi pasekalarning
10% ini tashkil qiladi.
Asalarichilikni rivojlantirish hozirgi zamon yer tizimi, har bir hududning tabiiy iqlim va
tuproq sharoitini hisobga olgan holda, uning ozuqa bazasini yaxshilash, xo’jaliklarning iqtisodiy
jixatdan samaradorligini oshirishni taqozo etadi.
345
Respublikada yuqoridagi amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida keyingi yillarda
baliqchilik rivojlanib bormoqda. Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda barcha
toifadagi xo’jaliklarda, fermer xo’jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi
xo’jaliklarida hamda qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda asal yetishtirish
dinamikasining tahlili keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |