Madaniy uzumchilik O’zbekistonda taxminan 4-6 ming yildan beri rivojlantiriladi. Ammo,
obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uning sosial-iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar
Sug’oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida tokchilikni rivojlantirish darajasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi hosilning 16 % ga kamayishi gektaridan hosildorlikning
ishlarning bajarish muddatlari va sifati talab darajasida bajarilmagan. Suv resurslari tanqis
xo’jaliklarda sug’orish miqdori keskin kamayib ketgan va hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatgan.
2000 yilda aholi jon boshiga 26 kg uzum ishlab chiqarilgan yoki 1990 yilga nisbatan qariyb
30% ga kamaygan. 2014 yilda bu ko’rsatkich 46 kg.ni tashkil etgan yoki 2000 yilga nisbatan 76,9%
ga oshgan. Istiqbolda uzum ishlab chiqarishni ko’paytirish hosildorlikni kamida 2 marta oshirish
311
O’zbekistonda keyingi yillarda uzumchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda.
O’zbekiston RespublikasiPrezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli “Meva-sabzavotchilik
va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi
Farmoniko’ra meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi kooperativlari
(shirkatlari) O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunitalablariga qat’iy
muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo’jaliklari etib qayta tashkil
qilinishi,qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o’z mehnati natijalari,
yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligining
kengaytirilishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona
foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligining oshirilishi, fermer xo’jaliklari tomonidan
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik
texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat
firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizasiya
qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, shu hududda zarur ishlab chiqarish va
bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg’i-
moylash materiallari va mineral o’g’itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab
chiqarish va sotish punktlari barpo etish, fermer xo’jaliklarining o’z faoliyatini xo’jalik hisobi va
o’zini-o’zi mablag’ bilan to’la qoplash tamoyillari asosida amalga oshirishi, xodimlar, jumladan
xo’jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o’rtasidagi
mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo’li bilan tartibga solinishi, meva-
sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo’jaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat
ko’rsatuvchi tuzilmalar bilan o’zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan
holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga
oshirilishi va boshqa bir qancha shart-sharoitlar belgilab berildi va o’tgan yillar davomida qaror
talablari bosqichma-bosqich bajarildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-sonli
“Bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga ko’ra Nizom
tasdiqlandi va unda shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti,shirkatning huquq va majburiyatlari,
shirkatga a’zolik. shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari, shirkatning mol-mulki va mablag’lari,
shirkatning boshqaruv organlari va shirkatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha
bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: