O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)mevalarning quyidagi navlari rayonlashtirilgan:
shaftolining muyassar.327.UZ.2013y. va o’rikning Bobo Radjabi .7.UZ.2012 y.,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan
ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-
ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko’st to’ldirish, bog’-rog’larni jadal rivojlantirish maqsadida,
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan
manfaatdor xo’jalik birlashmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol
309
bozorini ular bilan to’ldirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib unda 2009
yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari,
respublika viloyatlari bo’yicha 2009 yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz
ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari, shuningdek,
respublikada tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan meva-rezavorlarni ko’paytirish
maqsadida bog’ maydonlarini kengaytirish va ulardan olinadigan hosilni jadallashtirish ishlarida
intensiv bog’lar barpo qilish dolzarb vazifa qilib qo’yildi va hozirgi kunda respublikaning ko’p
hududlarida tekis dalalarda ham, adir hududlarda ham ana shunday bog’lar yaratildi. Ma’lumki bu
bog’lar katta mablag’lar evaziga barpo qilinadi. Ana shu maqsadda yuqorida ta’kidlangan qarorda
tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan
oshmaydigan foiz stavkasi bo’yicha belgilangan tartibda, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga
— oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo’lgan texnologiya uskunalari, xom ashyo va
materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug’orish tizimlarini xarid qilish uchun hamda fermer
xo’jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda
tomchilatib sug’orish tizimini tatbiq etish uchun kreditlar berish va lizing xizmatlari ko’rsatish uchun
bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilingan.
Keyingi yillarda, ushbu qarorga qo’shimchalar kiritildi va u bosqichma-bosqich hayotga tatbiq
etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: