Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

 

 



Ta’lim metodlari

 

  Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,  

  blis so’rov, o’zaro  o’qitish metodi,  

  “Muammoli vaziyat” metodi. 



Ta’lim vositalari

 

  Ma’ruza matni, videoproyektor,  

  slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch  

  tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha  

  tarqatma material. 

Ta’lim shakllari

 

 Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.  



O’qitish shart-sharoiti

 

 Texnik vositalardan foydalanish va  

 guruhlarda ishlashga mo’ljallangan 

 auditoriya  



 

Monitoring va baholash

 

 Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting  

 tizimi asosida baholash.  

 

MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

ta’lim beruvchi 

ta’lim oluvchi 

1 - bosqich. 

O’quv 

mashg’ulotiga 



kirish 

(20 daqiqa) 

1.1.Talabalar  davomati  aniqlanadi,  auditoriya  va 

talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

1.2.  Bugungi  kundagi  yangiliklar  va  mavzuning 

ahamiyati.  

1.3.O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning 

maqsadi,  o’quv  mashg’ulotidan  kutilayotgan 

natijalar ma’lum qilinadi. 

1.1. Eshitadi, yozib oladi. 

2 - bosqich. 

Asosiy 


qism 

(120 daqiqa) 

2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi. 

Reja,  tayanch  tushunchalar  bilan  tanishish  taklif 

etiladi. 

2.2.Slaydlardagi  ko’rgazma  va  sharhlar  asosida 

qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi. 

  

Talabalar  mahsulot  tannarxini  hisoblashning 



uslubiy  asoslari  va  xususiyatlari  va  mahsulot 

tannarxini  pasaytirish  imkoniyatlariga  oid



 

tayyorlab  kelingan  chizma  orqali  talabalar 

hukmiga havola etiladi. Dars davomida talabalarni 

faollashtiruvchi  savollar  o’rtaga  tashlanadi.  Har 

bir rejadagi savol bo’yicha xulosalar qilinadi. 

2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq 

izohlash  maqsadida  talabalarga  Klaster  texnikasi 

qo’llaniladi. 

2.1.Eshitadi. 

Navbat  bilan  bir-birini 

takrorlamay 

atamalarni 

aytadi. 

O’ylaydi,  javob  beradi  va 

to’g’ri javobni eshitadi. 

2.2.Muammoli  vaziyatda 

o’z  fikri  bilan,  muammoni 

xal 


qilish 

yo’llarini 

qidiradi. 

2.3.Eslab qoladi, yozadi. 

Har  bir  savolga  javob 

berishga harakat qiladi. 

Ta’rifni 

yozib 


oladi, 

misollar keltiradi 

3 - bosqich. 

Yakuniy 


 (20 daqiqa) 

 

3.1.Mavzu  bo’yicha  yakun  qiladi,  qilingan 



ishlarni  kelgusida  kasbiy  faoliyatida  muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligiga  talabalar  e’tiborini 

qaratadi. 

3.1.O’z-o’zini, 

o’zaro 

baholashni o’tkazadi.  

3.2.Savol  beradilar,  javob 

beradilar. 




 

 

247 



 

3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.  

3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 

3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 

3.3.Mavzu  bo’yicha  test 

topshiriqla-rini bajaradilar. 

3.4.Mustaqil ishlash uchun 

topshiriqlarni yozadilar. 



 

12.1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va mahsulot tannarxi. Tannarxining turlari 

 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish resurslari (mehnat, 

yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas bog’langan, qaysiki ishlab chiqarish 

jarayonida qisman yoki  butunlay iste’mol qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga  o’tadi. 

Iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni 

ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va 

korxona  xarajatlari.  Ijtimoiy  xarajatlar  bu  jamiyatning  u  yoki  bu  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun 

qilingan xarajatlarining jamidir. Ular  mahsulot qiymatidan tashkil topadi va o’z ichiga quyidagilarni 

oladi:   

1.Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari (ajratmalari bilan; 

2.Yagona yer solig’i; 

3.Iste’mol qilingan moddiy resurslar qiymati; 

4.Qo’shimcha mahsulot qiymati.  

  Qo’shimcha  qiymat  boshqarish,  maorif  sog’liqni  saqlash,  mudofaa,  kengaytirilgan  takror 

ishlab chiqarish va boshqalarga qilingan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Mahsulotlar qiymatining 

asosiy qismi korxona xarajatlarini tashkil etadi va uning tarkibiga mehnat haqi, ishlab  chiqarishda 

qatnashgan  asosiy  vositlarning  yillik  eskirishi,  mashina  uskunalar,  aylanma  vositalarning  qiymati, 

ayrim soliqlar, to’lovlar va boshqalar kiradi. Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xo’jalik 

yuritishning  barcha  shakllarida  mahsulot  qiymatining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Xarajatlarning 

qiymatdan  farqi  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  barcha  fazalarida  namoyon  bo’ladi.  Ishlab 

chiqarish sferasida xarajatlarning  shakllanishi  qiymat tashkil topishining birinchi etapidir. Bunda 

ishlab chiqarishning o’zi mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi.  

Bu yerda jonli mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda 

jonli  va  buyumlashgan  xarajatlar  hamda  tadbirkorlik  yalpi  mahsulot,  shu  jumladan  qo’shilgan 

qiymatni  yaratadi.  Ishlab  ishlab  chiqarish  sferasida  qiymat  va  korxona  xarajatlari  o’rtasidagi 

bog’liklik amaliy ahamiyatga ega. Nooqilona xo’jalik yuritish, ishlab chiqarish resurslaridan yetarli 

darajada  samarali  foydalanmaslik  tufayli  sarflangan  barcha  turdagi  bevosita  va  bilvosita 

xarajatlarning samaradorligi pasayadi.  

Ijtimoiy  xarajatlarning,  binobaring  qiymatning  ma’lum  bir  qismi  sifatida  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  pulda  ifodalanadi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  ishlab  chiqarish 

resurslarining qo’llanilgani emas, balki iste’mol qilingan qiymati kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari 

tarkibiga  mehnat  yaratgan  jami  qiymat  emas,  balki  to’langan  bevosita  va  bilvosita  mehnat  haqi 

qo’shiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga yer resusrlari qiymati emas, undan foydalanish bilan bog’liq 

xarajatlar  (yer  uchun  to’lov,  ijara  haqi  va  boshqa),  asosiy  vositalarning  qiymati  emas,  faqat 

amortizasiya  summasi,  moddiy  oborot  vositalaridan  foydalanilgan  miqdor  kiradi.  Korxonaning 

mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to’liq tannarxning asosini tashkil etadi. 

 Demak, mahsulot tannnarxi korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish  uchun sarflangan 

joriy, ya’ni har yillik pulda ifodalangan xarajatlarning jami yig’indisidir.  

 Korxonaning  mahsulot  olish  uchun  sarflangan  hamma  ishlab  chiqarish  xarajatlari  yig’indisi 

yalpi mahsulot tannarxini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi



 

Mat.Har



+

A

+



YeT

+

MX



=

YaMT


    

yoki


  

Ch.X


\

I

 



=

 

YaMT



 

 



 

 

248 



 

Asosiy va qo’shimcha mahsulot biriligining tannarxi jami ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi 

mahsulot miqdoriga nisbati bilan topiladi: 

 

YaM



Har

Mat 


+

A

+



Yet

+

MX



T

        


yoki

      


YaM

I/chX


 

T

=



=

 

 



Tahlil etilayotgan davrda poliz, uzum, sabzavot va mevaning tannarxi 3,9; 4,0 va 5,4 martaga, 

go’sht va pillaniki – 3,2 martaga, g’alla, paxta, tamaki kartoshkaniki 2,0 dan 2,5 martaga, tuxum va 

sutniki esa 1,8 dan 1,9 martagacha oshib borgan. Albatta, bu yerda taqqoslash joriy baholarda olib 

borilgani  uchun  ham  tafovut  katta  chiqadi.  Chunki  bu  davrda  tannarx  tarkibiga  kiruvchi  barcha 

elementlar  va  moddalarning  qiymatlaridagi  keskin  o’sishlarning  va  inflyasiya  darajasining  salbiy 

ta’siri seziladi. 

Mahsulot birligi tannarxidan tashqari ayrim ishlarning (traktor, avtotransport, ishchi hayvon va 

boshqalar), shuningdek qishloq  xo’jaligiga  yaroqli yerga ishlov berish, bir bosh hayvondan mahsulot 

olish xarajatlari ham  aniqlanadi. 

Xarajatlarning shakllanish etaplariga  qarab, tannarx-ning  quyidagi turlari mavjud bo’ladi: 

     1.Texnologik 

     2.Ishlab chiqarish 

     3.Kommersiya yoki to’la tannarx 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish