Uchinchidan,
qishloq xo’jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish vaqti bir biriga mos
kelmasligi tufayli, ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo’lib, bu moddiy-texnika
vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo’lishi zahira
urug’lik, ozuqa, yoqilg’i moylash materiallari va boshqalarga ega bo’lish zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
To’rtinchidan,
qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli organizm (ishchi
hayvonlar, mahsuldor mollar, parrandalar, ko’p yillik daraxtlar va hokazo)lardan iborat bo’lib,
ulardan samarali foydalanish uchun ma’lum ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lmoqlik kerak.
Beshinchidan
, qishloq xo’jaligi taraqqiy etgan transport xizmati, sifatli yo’l qurilishini amalga
oshirish, qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va saqlash ko’p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni
taqozo etadi,
Shuningdek, har qanday ishlab chiqarish kabi kishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun ham ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy hajmda mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Iqtisodiy nazariya fanidan ma’lumki, mehnat predmeti bilan mehnat qurollari birgalikda ishlab
chiqarish vositalarini tashkil qiladi.
Mehnat predmetlariga ta’sir ko’rsatib, mahsulot ishlab chiqarishda odamlar tomonidan
foydalaniladigan hamma buyumlar mehnat vositalari (qurollari) deyiladi. Odam mehnati ishlab
chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo’lsa, o’sha moddiy element mehnat predmeti
deb ataladi. Jamoa, fermer va dehqon xo’jaliklari ixtiyorida bo’lgan mana shu ishlab chiqarish
vositalari, ishlab chiqarish fondlari shaklida namoyon bo’ladi, bularning tarkibiga pulda
baholanmagan, ya’ni korxonaning balansi aktivida ko’rsatilmagan tabiiy ishlab chiqarish vositalari
kirmaydi. M: yer va suv to’liq baholanmaydi, quyosh issiqligi, shamol va boshqalar mutloq
baholanmaydi.
Ishlab chiqarish fondlari qishloq xo’jaligida alohida iqtisodiy kategoriya shaklida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish fondlari respublikamiz milliy daromadining asosiy qismini tashkil qiladi.
Hozirgi paytda ASMda foydalanilayotgan ishlab chiqarish fondlari jami xalq xo’jaligi fondlarining
35-40% tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish fondlari jamoa mehnatining
jamg’arilishi bir yo’la to’la aylanish — ya’ni ularni pul shaklidan moddiylashgan buyum shakliga,
moddiylashgan buyum shaklidan tovar shakliga, tovar shaklidan pul shakliga aylanish - davrida
175
namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy
ahamiyatiga, qo’llanish usullariga va xizmat qilish muddatiga qarab asosiy va aylanma fondlarga
bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishtirok etib,
o’zining tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan, qiymatini mahsulot tannarxiga asta-sekinlik bilan
o’tkazib boruvchi vositalarga aytiladi. Bularga ishlab chiqarish binolari, inshoatlar, mashina va
asboblar, transport vositalari, xo’jalik va ishlab chiqarish inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar,
ko’p yillik daraxtlar va boshqa, ya’ni bir yildan ortiq ishlatiladigan vositalar kiradi.
Asosiy fondlar eng avvalo:
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari;
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi:
a).qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari;
b).qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan asosiy ishlab chiqarish fondlari.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli
fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish asosiy fondlari (a- va b- bandlarda) yil boshiga 53887324,2
ming so’mni, yil oxiriga 80945228,5 ming so’mni tashkil etgan yoki 50,2% ga ko’paygan.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab
chiqarish fondlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
•
binolar - mahsulot, texnika va chorva mollarini saqlashga mo’ljallangan imoratlar
(omborxonalar, mashina-traktorlarni saqlashga mo’ljallangan imorat va bostirmalar, molxonalar va
sh.k.);
•
inshoatlar - suv taqsimlovchi va oqizuvchi inshoatlar, quritish, navlarga ajratish jihozlari,
issiqxonalar, yem-xashak saqlash handaqlari quduqlar, ichki xo’jalik yo’llari, suv saqlash minoralari
va h.k;
•
kuch uzatish qurilmalari - suv, elektr energiya, gaz kabilarni bir joydanikkinchi joyga uzatib
beruvchi qurilmalar (suv, gaz quvurlari, elektr tarmoqlari va boshqalar);
•
mashina va uskunalar –a) kuch beruvchi mashinalari, b) ishchi mashinalar, v) turli xil
uskunalar. Kuch uzatish mashinalariga asosan g’ildirakli va o’rmalovchi traktorlar kiritiladi. Ishchi
mashinalar asosan qishloq xo’jaligi mashinalari, ya’ni plug, chizel, mola, borona, seyalka va h.k
.
lardan iboratdir. Uskunalar tarkibida turli xil o’lchov va rostlovchi laboratoriya asboblari hisobga
olinadi;
•
transport vositalari - yuk avtomobillari, ot aravalardan iborat;
•
ishchi hayvonlar – tirik, jonli tortuvchi kuchlar ot, ho’kiz, tuya va boshqalardan iboratdir;
•
mahsuldor mollar - asosan katta yoshdagi yirik shoxli mollar, ya’ni mahsulot beradigan
mollardir;
•
ko’p yillik mevali daraxtlar - bular hosil yoshidagi madaniy mevali daraxtlar va ihota
daraxtlaridan iborat;
•
yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan kapital sarflar, yerlarni tekislash,
to’qayzorlarni o’zlashtirish va boshqa yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan
mablag’lardir.
Qishloqxo’jaligiga mo’ljallanmagan ishlab chiqarish fondlariga sanoat ishlab chiqarish
vositalari, qurilish vositalari, savdo va umum ovqatlanish vositalari va boshqalar kiradi.
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga uy joylar, klub, bolalar bog’chalari, maktablar va
ularning uskuna va inventarlari kiradi.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli
fermer xo’jaliklarida noishlab chiqarish asosiy fondlari:yil boshiga 736920,7 ming so’mni, yil
oxiriga 782260,6 ming so’mni tashkil etgan yoki 6,2% ga ko’paygan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish fondlarining strukturasining anchagina salmog’i imorat,
inshoatlar 60%dan ko’proq, kuch va ish mashinalari, transport vositalari va moslamalari 17%
176
atrofida, ish va mahsuldor hayvonlar 10% tashkil etadi.Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi
boqarmasiga qarashli fermer xo’jaliklarida 2014 yilda asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastlabki
qiymat yil boshiga) 54624244,9 ming so’mni va yil oxiriga 81727489,1 ming so’mni tashkil etdi.
Qoldiq qiymat esa yil boshiga 42854107,1 ming so’mni va yil oxiriga 65630877,9 ming so’mni
tashkil etgan. Ularning harakati mos ravishda 1,5 martaga o’zgarganligini ta’kidlash mumkin.
Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy fondlar natura va pul holida hisobga olinadi va
rejalashtiriladi.
Natura ko’rsatkichlari asosiy fondlarning miqdori va sifati, shuningdek, xo’jalikning ishlab
chiqarish quvvati to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul bilan
baholashda uning dastlabki qiymatiga xo’jalikka yetkazib berish xarajatlarini qo’shib hisoblanadi.
Sotib olish qiymati va xo’jalikka olib kelish qiymati birgalikda asosiy ishlab chiqarish fondlarining
dastlabki balans qiymatini tashkil etadi. Yosh mollarni katta yoshdagi mahsuldor yoki ish
hayvonlariga o’tkazishda ularning parvarish qilishdagi tannarxi bilan baholanadi.
Asosiy fondlarning quyidagi pul shakllari mavjud:
1.
Boshlang’ich qiymat
- asosiy fondlarni tashkil etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar.
X
K
*
B
DQ
+
=
DQ–asosiy vositalarning dastlabki qiymati, so’m
B– ulgurji baho, so’m
K– ta’minot tashkilotining savdo ustamasini hisobga olish koeffisiyenti.
X– asosiy vositalarni xo’jalikka yetkazib berish, uni
o’rnatish,
foydalanishga
topshirish
xarajatlari, so’m
2.
Tiklanish qiymati
– asosiy fondlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar.
MHe
*
YoQe
Mhya
*
YoQya
*
TQya
TQe
=
TQe va Tqya – eski va yangi traktorning tiklash qiymati, so’m
Yoqe va Yoqya – eski va yangi texnika uchun teng baholi yoqilg’i xarajati salmog’ining
qiymati, so’m
MHe va Mhya – eski va yangi traktor uchun 1 sh.e.gektar hisobiga mexanizatorlar mehnat
haqi, so’m.
3.
Qoldiq qiymat
– asosiy fondlar qiymatidan eskirgan fondlar qismini chiqarib tashlashdan
qolgan qismidir.
100
M
*
Am
*
Dq
QQav
−
=
Dq
QQav– asosiy vositalarning qoldiq qiymati, so’m
Dq– dastlabki qiymat, so’m
Am– yillik amortizasiya me’yori, foiz
M– asosiy vositalarning xizmat muddati (yil yoki bajarilgan ish hajmi)
Asosiy fondlar qiymati ma’lum bir davrlarda qayta baholanib boriladi. O’zbekiston
Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan 2001 yil 6 yanvarda tasdiqlangan «2001 yil 1 yanvar holatiga asosiy
fondlarni qayta baholashni o’tkazish tartibi» ning 1.7 bandida «Turli yillarda balansga olingan
chorva, asosiy fondlar tarkibiga 1999 yil 1 yanvarigacha kiritilgan ishchi va mahsuldor mollar
5,9-koeffisiyent bilan, 1999 yilda kiritilganlari – 3,3, 2000 yilda kiritilganlari – 1,8-koeffisiyenti
bilan qayta baholanishi kerak. Shaxsiy mulk – ishchi va mahsuldor mollar qayta
177
baholanmaydilar. Yosh chorva mollari, parranda, quyon, tajriba o’tkaziladigan hayvonlar,
ko’chat materiallar sifatida ko’chatzorlarda yetishtiriladigan ko’p yillik daraxtlar asosiy
fondlarga kirmaydi, ular aylanma vositalar tarkibida hisobga olinadi» deb ko’rsatilgan.
Boshqa asosiy fondlar uchun ham qayta baholash koeffisiyentlari ishlab chiqiladi.O’zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili
qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomning (MISV, MV va DSQ ning AV tomonidan
4.12.2002 yilda 1192-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) 7-bandini ijro etish
maqsadida 2015 yil 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlar qiymatini qayta baholash indekslari ishlab
chiqilgan.
Bu indekslar asosiy fondlarni navbatdagi qayta baholashda qo’llash mumkin bo’lgan usullardan
biri sifatida korxona va tashkilotlarga tavsiya etiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradi, ya’ni dastlabki
sifatini yo’qotib boradi, ma’lum muddat o’tgandan keyin ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi va
ularni yangisi bilan almashtirish zaruriyati tug’iladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari jismoniy va ma’naviy eskiradi. Asosiy fondlarning
foydalanish jarayonida eskirishi uning jismoniy eskirishidir. Jismoniy eskirish 2 xil bo’ladi:
1.Asosiy vositalarning ishlab chiqarish jarayonida, foydalanish natijasida asta-sekin o’z
holatini (parametrini) o’zgartirishi;
2.Asosiy vositalarning bekor turishi va ochiq maydonlarda qarovsiz qoldirilishi natijasida
detallarining ishdan chiqishi va korroziyaga uchrashi.
Bu xildagi eskirishlar ularning foydalanish darajasiga bog’liq. Bundan tashqari fondlar
ma’naviy ham eskiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |