Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

Xususiy  mulk

–barcha turdagi davlat mulki bo’lmagan mulklardir.  Xususiy  mulk har doim 

yollanma mehnatni ekspulatasiya qilish bilan bog’langan va  bu unga nisbatan salbiy oqibatga olib 

keladigan,  aqida  mavjud  edi.  Tarixiy    tajribada  bu  hozirgacha  har    tamonlama    asoslanmaganligi 

ma’lum bo’ldi. Ekspluatasiya xususiy mulksiz ham davlat mulki hukmronligida ham bo’lishi mumkin 

ekan. Bundan tashqari xususiy mulkning hammasida ham ekspluatasiya bo’lavermaydi. Masalan: o’z 

mehnatiga  asoslangan  xususiy  mulkda  bo’lmaydi.  Ekspluatasiya  mulkdan  kelib  chiqmaydi,  balki 

yollanma  xodimini  ishlatuvchi  bilan  noteng  sharoitga  qo’yuvchi,  ular  ishtirokida  yaratilgan 

mahsulotni o’zlashtirishda va taqsimlashning teng huquqli bo’lmagan usullarida namoyon bo’luvchi 

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ma’lum sistemasidan kelib chiqadi.  

Xususiy mulkning ko’p shakllari  yuksak ijtimoiy foydalilikka ega. Dehqon xo’jaligi xususiy 

mulki  uning  a’zolariga  o’z  individual  tadbirkorligini  amalga  oshirishga,  mustaqilligini  namoyon 

qilishga imkon beradi. Busiz taraqqiyot barqaror samara bermaydi. Xususiy mulk kishilarda ijodiy 

faollikni, qobiliyatni namoyon qiladi va javobgarlikni kuchaytiradi. U iqtisodiy hayotni tezlashtiradi, 

kishilarni hisob-kitob qilishga, ertangi kun mas’uliyatihaqida o’ylashga majbur qiladi. Xususiy mulk 

ko’pgina  ijtimoiy  masalalarni  hal  qiladi,  kishining    davlatdan  va  ijtimoiy  tashkilotlardan 

mustaqilligini kengaytiradi. Faqat xususiy mulk shaxsiy iqtisodiy mustaqillikning asosi  hisoblanadi. 

Xususiy  mulk  -  inson    shaxsiy  erkinligining  yagona  moddiy  kafili    hisoblanadi.    Dehqon  xususiy 

mulki avlodlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, bolalarni  ota-onaga  hurmat  ruhida tarbiyalaydi.  



 

 

 



100 

 

Xususiy mulkning shakllanishi, uning xususiyatlari, tasarruf etilishi, xususan o’z mehnati bilan 



topilgan  mulkka  egalik  qilish  to’g’risida,  o’zbekistonlik  taniqli  iqtisodchi  olimlar  bilan  birgalikda 

millatimiz,  vatanimiz  mustaqilligi,  ozodligining  fidoiy,  otashin  kurashchilaridan  biri  bo’lgan 

Alixonto’ra Sog’uniy o’zining «Turkiston qayg’usi» nomli asarida «Insonning eng sevgan, qadrlik, 

qimmatlik to’rt narsa bordur. Bu to’rt narsaga ega bo’lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum 

bo’ladilar. Alarning eng  birinchisi shuldurkim, har odam o’z  erk va  ixtiyoriga  ega  bo’lmoqdur. 

O’zida erki y o’q, qo’lida ixtiyori yo’q odamlarning hayvondan nima farqlari bor? Ikkinchisi - sha’riy 

yoki qonuniy kasblari orqali topgan molu dunyosi, qilgan mehnatining mevasi shul topguvchining 

o’z xaqqi bo’lgan  xos mulkidur…»

5

–deb yozib qodirganlarida qanchalik haq ekanliklarining isboti 



bugungi kunda yaqqol ko’rinib turibdi. 

Qishloq  xo’jaligida  xususiy  mulkning    boshqa  mulk  shakllaridan    tubdan    afzalligini 

quyidagicha uchga bo’lish mumkin; 

a).Xodimning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasini  ta’minlash va shu vositalardan 

foydalanish masalalarini mustaqil hal qilish  huquqida namoyon bo’ladi; 

b).Ishlab  chiqarish  faoliyatiga,  shuningdek  yetishtirilgan  mahsulot    va    olingan  daromadda 

mustaqillikni ta’minlash; 

v).Qat’iy iqtisodiy javobgarlik va mas’uliyatning mavjudligi.  

Dehqon va shaxsiy yordamchi xo’jaligi xususiy mulkida xo’jalikni yuritish uchun qayta ishlash 

va sotish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, yer, traktorlar, kombaynlar, boshqa mashina 

va uskunalar, ishchi va  mahsuldor hayvonlar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan bino va  inshootlar, 

transport vositalari va boshqalar, shuningdek ishlab  chiqarishga  mo’ljallanmagan vositalar-uy-joy, 

xo’jalik qurilishlari va boshqalar  mavjud  bo’ladi. 

Ijara korxonalari mulkining vujudga keltirishi va rivojlantirishi, kollektiv mulk formasi sifatida, 

dastlabida  davlat  korxonalari  mulkini ijaraga berishni ifodalaydi. Bu yerda ketma-ket ijarani amalga 

oshirish    mumkin.  Masalan:  xo’jalik  davlatdan  asosiy  va  oborot  vositalarini  ijaraga  oladi.  o’z 

navbatida  ichki  xo’jalik  bo’linmalari  ishlab  chiqarish  vositalarini  xo’jalikdan  ikkilamchi  ijaraga 

oladilar.  Keyin  esa  brigada,  zvenolar  yoki  xodimlar  ishlab  chiqarish  vositalarini  bo’linmadan 

uchlamchi  ijaraga  oladilar.  Bunda  darajali  yoki  ketma-ket  ijarada  mulk  har  safar  o’z  xo’jayinini 

topaveradi. Ijara ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkning xarakterini o’zgartmaydi. O’tmish 

iqtisodchilar, ijarachi mulkdor emasligini, ijara esa muddatli shartnoma ekanligini aytib o’tishgan. 

Lekin  ijara  mulkni  iqtisodiy  ro’yobga  chiqartirishning  shaklini  o’zgartiradi.  Ijara  korxonasining 

kollektivi  davlatdan  shu  ishlab  chiqarish  vositalarini  asta-sekin  sotib  olishi  mumkin.  Bu  holatda 

kollektiv korxona mulki vujudga keladi.  Bundan  tashqari qishloq xo’jaligida kooperativ mulk ancha 

salmoqni    egallaydi.  Kooperativ  mulki,  uning  a’zolarining  pul  va  vznoslari,  ishlab  chiqarilgan  

mahsulot, olingan daromad va boshqa faoliyatlar hisobiga  tashkil  etiladi.   

Qishloq xo’jalikda mulkning rivojlanayotgan  yangi shakli aksiyador, aksionerlik jamiyati va 

korxonalari mulki hisoblanadi. Aksiyador jamiyati mulki, aksiyalarni sotishdan, shuningdek xo’jalik 

faoliyati natijasida olinadigan daromadlar hisobiga yaratilgan ishlab chiqarish vositalari  hisoblanadi.  

Davlat qishloq xo’jalik korxonasi kollektivining qaroriga binoan bu  korxona aksioner jamiyatiga, 

uning mulki esa aksiyador jamiyati mulkiga aylantiriladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda 

mulkning aksiyadorlik shaklining ahamiyati yanada oshadi: 

-ishlab  chiqarish  resurslarini  real  umumlashtirishga  yetaklovchi,  mulkni    davlat  tasarrufidan 

chiqaruvchi vosita. Aksiyador mulkida mulkning turli  bazaviy shakllari birlashadi. Bu yerda aksiyani 

sotib oluvchilar alohida fuqarolar, jamoalar va davlat bo’lishi mumkin; 

-xodimlarning moliyaviy resurslarini korxona ehtiyojlari uchun talab  qilish vositasi; 

-ishlab  chiqarish  resurslaridan  samarali  foydalanishda  va  ishlab  chiqarish  rentabelligini 

oshirishda xodimlar manfatdorligini oshirish vositasi; 

                                                 

5

 Алихонтўра Соғуний. Туркистон ғайғуси.”Шарғ” нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси бош тағририяти. Т: 2003 й. 



20 - бет. 

 



 

 

 



101 

 

-dividend olish yo’li bilan xodimlar daromadini ko’paytirish usuli.  



Xo’jalik  uyushmalari  (birlashmalari)  mulki  -  bu  konsern,  agrokonsorsium  va  boshqalar 

mulkidir. Bunga korxona va tashkilotlar  tomonidan  o’tkazilgan, xo’jalik faoliyati natijasida olingan 

mulk  va  ishlab    chiqarish    vositalari  kiradi.  Davlat  mulkiga  davlat  tomonidan  qishloq    xo’jaligi  

korxonalariga  berkitib qo’yilgan mulklar kiradi.  

Keyingi  paytlarda  mulkning  aralash  shakli  ham  rivojlanmoqda.  Bunga  fuqarolarning, 

kooperativlarning, aksiyador  jamiyati va davlatning, shu jumladan chet el fuqarolari, korxonalari, 

birlashmalarining birlashgan mulki kiradi. 

Mulkning turli tuman shakllaridan samarali foydalanish ularga teng huquq berilganda 

amalga oshadi. Ulardan birortasini  yetakchi  qilib  qo’yish yana monopol tendensiyani keltirib 

chiqaradi. Har bir mulk shaklining o’z vazifasi bor. Masalan, xususiy mulkning bir  xil, jamoa 

mulkning ikkinchi xil va davlat mulkning uchinchi xil vazifasi bor.  

Quyida bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston Respublikasida amal qilishi mumkin 

bo’lgan turli-tuman mulk shakllari keltirilgan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish