Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


ularning iqtisodiy mazmuni



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

ularning iqtisodiy mazmuni 

 

 Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  jarayoni  bir  tomondan  moddiy    omillarning,  ya’ni  ishlab 

chiqarish vositalari -  yer, asosiy va moddiy oborot  mablag’lari va pirovard natijalarining, boshqa 

tomondan, shu ishlab chiqarish vositalariga mulk  nuqtai nazaridan kishilarning munosabatlarining 

mavjudligiga bog’liq. Mulk dastavval kishilar tomonidan ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirish 

shakli hisoblanadi. O’tmish iqtisodchilar shunday deb yozishgan edi: "Mulk-bu kishilarning bir-biri 

bilan  bo’ladigan  munosabati,  ularning  materiallarga,  qurollarga  va  mehnat  natijalariga  bo’lgan 

munosabati". 

Iqtisodiy  munosabatlar  kompleksida  ishlab  chiqarish  vositalariga    mulk  munosabatlari  eng 

muhimi  hisoblanadi.  Ishlab    chiqarish    vositalari  kimga  tegishli  bo’lsa,  taqsimot  va  ayrboshlash 




 

 

 



98 

 

shunga bog’liq  bo’ladi. Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda mustaqillikkacha bir 



necha  o’n  yillab  davom  etgan  agrar  inqirozning  asosiy  sababi  mulk  munosabatlarning  kuchli 

deformasiyalanishi  hisoblanadi. 

Mulkning  deformasiyalanishi  asosan  qishloq  xo’jaligini  yirik    masshtabli  umumlashtirish 

yillaridan boshlandi. Yerni va boshqa ishlab chiqarish vositalarini majburiy davlatlashtirish ishlari 

ostida majburiy  jamoa xo’jaliklari – (kollektiv kolxozlar), (sovetlar xo’jaligi)   sovxozlar – tashkil 

etilib, shu xo’jaliklarga berkitilgan yer, boshqa ishlab chiqarish vositalari va o’z mehnatlari asosida 

yaratilgan mahsulotning  «davlat» tomonidan noekvivalent darajada buyruq bilan o’rnatiladigan va 

hatto sarf qilingan harajatlarni ham qoplamaydigan nisbatan past baholar bilan majburiy olib quyish 

mexanizmi asosida faoliyat yuritildi.  

Ishlab  chiqarish  vositalariga  mulkchilikdan  mahrum  bo’lgan    kishilar    xo’jalikni  yaxshi  va 

samarali  yo’llar  bilan  olib  borishga  bo’lgan    qiziqishni    (motivasiyani)  yo’qotdilar.  Mulkdan 

uzoqlashish, eng  avvalo  yerdan  uzoqlashish,  dehqonni o’zi yaratgan ne’matlarni o’zlashtirishdan 

mahrum  qildi.  Pirovard  natijada  dehqon  xo’jayin  va  mehnatkash  degan  yagona  xususiyatdan 

uzoqlashtirildi.  Xo’jayin  mehnatkash  pirovard  natijadan  ko’ra  mehnat  haqini  afzal  qo’yuvchiga 

besamar ishlab chiqarish jarayoniga qatnashuvchi yollanma ishchiga aylandi. 

Qishloq  xo’jaligini  inqirozdan  chiqarish,  aholini  oziq-ovqat  bilan ta’minlash va oziq-ovqat 

xavfsizligi  muammosini  faqat  qishloq  mehnatkashlarining  ijodiy    faolligini  oshirish  uchun  qulay 

imkoniyatini  ta’minlaydigan,  ularning  tashabbuskor  xo’jayin  va  mehnatkash  sifatida  qobiliyatini 

maksimal ochadigan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mexanizmini yaratish orqali hal qilish mumkin. 

Respublikada  mulk  munosabatlarini  tubdan  isloh  qilish  hal  qiluvchi  masala  bo’lib,  bozor 

munosabatlarining to’la qonli shakllanishida bir qator sharoitlar bo’lishi talab qilinib, ular ichida eng 

muhimi mulk xilma-xil shakllarining faoliyati ko’rsatishga teng huquqligidir. Bu holat O’zbekiston 

Respublikasi Konstitusiyasida o’z aksini topgan bo’lib, uning 53-moddasida «Bozor munosabatlarini 

rivojlantirishga  qaratilgan  O’zbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakldagi  mulk  tashkil 

etadi», - deb huquqiy jihatdan mustahkamlab quyilgan. 

Mulk  munosabatlari  muammosining  mazmuni  iqtisodiyot  fanining  muhim  uslubiyat 

masalalaridan bir bo’lib hisoblanadi. 

Mulk  munosabatlarining  mohiyati  nimadan  iborat?  Mavjud  iqtisodiy  yo’nalish 

muammolarining e’lon qilingan ishlari tahlili shuni ko’rsatdiki mulk tushunchasi birinchi navbatda 

ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  mazmunini  tashkil  etadi.  Binobarin,  uning  iqtisodiy  kategoriya 

sifatida namoyon bo’lishi ko’rsatib o’tilgan. Obyektiv holatda vujudga keladigan va amal qiladigan 

ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  qonunlarda  mustahkamlanadi,  huquqiy  munosabatlar  shakliga  ega 

bo’ladi. 

Mulk-bu  ishlab  chiqarish  vositalarining  odamlar  tomonidan  o’zlashtirib  olinishidir.  Ishlab 

chiqarish  vositalariga  bo’lgan  munosabat  mulk  munosabatlari  kompleksining  asosini  tashkil  etdi. 

Mulk kim tomonida bo’lsa, mahsulotlarni taqsimlash, almashtirish huquqi ham shu tomondan amalga 

oshiriladi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  agrar  bankrotlikning  mamlakatimizdagi  asosiy  sababi  mulk 

munosabatlari  tizimining  buzilishidir.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mulkning  har  xil  shakllari 

mavjud,  chunki  bozor  bu  mulkning  iqtisodiy  munosabatlaridir.  Mulk  munosabatlarini  o’rganish 

asosida uning obyektiv va subyektiv xususiyatlari aniqlanadi. 

Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining mehnat salohiyatlarini amalga oshirishning hal qiluvchi 

sharoitlaridan  biri  mulk  munosabatlarini    o’zgartirish,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  asosida turli tuman shakllaridan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. 

Shuning  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  respublikamizda  mulkdorlar 

qatlami shakllantirish vazifasini dolzarb qilib qo’ydi. Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini vujudga 

keltirishni  tezlashtirish  uchun  «Mulk  to’g’risida»gi,  «Tadbirkorlik  to’g’risida»gi,  «Mulkni  davlat 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to’g’risida»gi,  «Ijara  to’g’risida»gi,  «Mehnat  qodeksi», 

«Yer Kodeksi» va boshqa qonunlar qabul qilindi.  




 

 

 



99 

 

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoni bir tomondan moddiy omillar, ya’ni ishlab chiqarish 



vositalariga, ikkinchi tomondan, bu vositalarga mulkyuzasidan odamlarning munosabatlari asosida 

amalga  oshiriladi.  Mulk  statusi  ko’p  jihatdan  dehqonning  tabiatiga  mos  keladi.  Modomiki,  bozor 

mulk  munosabatlarini  iqtisodiy  amalga  oshirishning  vositasi  va  sharoiti  hisoblanar  ekan,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  mulk  va  uning  turli  tuman  shakllarining  roli  keskin  oshadi.  Yerni,  boshqa 

ishlab chiqarish vositalarini davlat tasarrufidan chiqarmasdan va xususiylashtirmasdan turib, erkin 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini shakllantirish, to’laqonli bozor munosabatlarini yo’lga 

qo’yish  mumkin  emas.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  davlat  mulkning  salmog’iga  bog’liq 

emas.  Muhimi  uning  sonida  emas,  balki  uning  mazmunining  o’zgarishida,  ya’ni  byurokratik 

boshqariladigan mulkdan demokratik boshqariladigan mulkka aylantirishdadir.  

Gap mulkning shunday sistemasi haqida boradiki, bunda har bir  dehqon va mehnat jamoasi 

faqat  ishlab  chiqarish  vositalarining  emas,  balki  yaratilgan  mahsulotning  ham  real  xo’jayinlariga 

aylanishi kerak. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda qatnashishi lozim.  

Mulk  munosabatlarini  har  tomonlama  o’rganish  mulkning  obyektlari  va  subyektlarini  

aniqlashga imkon beradi. Mulkning obyekti bo’lib, mulk bo’lgan predmetlar hisoblanadi. Qishloq 

xo’jaligida  yer,  ishchi  va  mahsuldor  hayvonlar,  ishlab  chiqarish  binolari  va  inshootlari,  uy-joy, 

mashina  va  uskunalar,  qishloq  xo’jaligi  mashinalari,  transport  vositalari  va  boshqalar  mulk 

obyektlariga  kiradi.  Mulkdan  xo’jalikda  foydalanish  natijasi  -  mahsulot  va  daromad  -  shu  ishlab 

chiqarish    vositalarining  mulkdoriga  tegishli  bo’ladi.  Mulkning  subyekti  bo’lib  fermerlar,  alohida 

ijarachilar, hissador, shirkat, kooperativ jamoalari va boshqalar hisoblanadi.  

Mulk subyektlari uchta asosiy qonuniy huquqdan foydalanadilar: 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish