qishloq xo’jaligi mehnat resurslarini safarbar qilish sferasi sifatida katta
ahamiyatga ega. Bu tarmoqda 2012 yilda 3,3 mln. kishi band bo’lib, u xalq xo’jaligi faol
xodimlarining 26,7 % ini tashkil etadi. Har yili qishloq xo’jaligi o’z xodimlarining bir qismini boshqa
tarmoqlarga o’tkazib iqtisodiyotning bu tarmoqlarida ish kuchini takror ishlab chiqarishga katta hissa
qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki,
u umumxalq masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan jamg’arishning muhim manbai hisoblanadi.
Bu tarmoqda mamlakat xalq xo’jaligida tashkil topgan qo’shilgan qiymatning 30 foizga yaqini
yaratiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan tovarlarni sotishdan jami valyuta
tushumining 40–50 foizi tashkil topadi. 2012 yilda birgina paxta tolasi eksportidan 1259,7 mln. va
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridan farq qiladigan
organizmlar, biologik mehnat vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni obyektiv
sharoitlarga, tirik organizmlarning rivojlanishi va o’zgarish tezligiga bog’liq. Bu shart-sharoitlardan
58
foydalanish dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg’or
shakllarini hamda xodimlarga haq to’lashni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ikkinchi xususiyati shuki,
bu tarmoqda bosh ishlab
chiqarish vositasi yer resurslari hisoblanadi. Agar sanoatda (qazilma sanoatdan tashqari) yer
korxonalarni joylashtirish uchun makon bo’lib xizmat qiladigan bo’lsa, qishloq xo’jaligida esa u
asosiy va almashtirib bo’lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Mehnat jarayoni va mahsulot ishlab
chiqarish qishloq xo’jaligida bevosita yer bilan, uning sifati, undan foydalanish jarayoni bilan
bog’liq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi katta yer maydonlarida agregatlar yordamida amalga
oshiriladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida suv hamda energetik resurslarga talab juda yuqori
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining uchinchi xususiyati
Yuqorida keltirilgan ikki
xususiyatidan kelib chiqadi. Unda takror ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni tabiat bilan
chambarchars bog’langan, mahsulot ishlab chiqarish biologik sikl bilan bog’liq.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining to’rtinchi xususiyati
tuproq-iqlim sharoitiga
bog’liqligidir. Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi yillar bo’yicha iqlim sharoitiga qarab, ob-
havoga qarab o’zgarib turadi, bu esa o’z navbatida chorvachilikning rivojlanishiga, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishining samaradorligiga ta’sir qiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, ko’pgina qishloq
xo’jaligi tarmoqlarida teng harajatlarga teng natija olinmaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining beshinchi xususiyati shuki,
bu tarmoqda suv
resurslaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining oltinchi xususiyati shuki,
bu yerda ish vaqti bilan ishlab
chiqarish davri mos kelmaydi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish davri ish vaqtidan uzoqqa
cho’ziladi. Bu shu bilan xarakterlanadiki, biologik jarayon bevosita kishilarning ishtirokisiz ham
davom etaveradi. Masalan, kuzgi ekinlardan, bug’doyni yetishtirish uchun 200-230 kun talab
qilinadi, ish vaqti esa 25-30 kunni tashkil qiladi, xolos. Yomon ob-havo bo’lsa, ish vaqti shuncha
qisqa bo’ladi. Kapital va mehnat ham shunga qarab sarflanadi. Ishlab chiqarish davri bilan ish
vaqtining mos kelmasligi qishloq xo’jaligida ishlarning mavsumiyligini ketirib chiqaradi. Sanoatning
ko’pchilik tarmoqlarida esa mehnatning sarflanishi to’xtovsiz amalga oshiriladi va mavsumiylikni
kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: