Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


Chorvachilik ozuqa resurslarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

15.23.Chorvachilik ozuqa resurslarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati 

 

Barcha turdagi chorvachilik tarmoqlarini intensiv va ekstensiv yo’llar bilan rivojlantirish hamda 

samaradorligini  oshirish  imkoniyatlaridan  oqilona  foydalanish,  dastavval  ozuqa  resurslarining 

miqdori, sifati va tarkibiga bevosita bog’liq. 

Chorvador  va  boshqa  biolog  olimlar,  mutaxasislar  turli  xil  xonakilashtirilgan  hayvonlarning 

fiziologik,  genetik  va  boshqa  xususiyatlarini  hisobga  olib  ularni  oziqlantirish  me’yorlari  kunlik 

rasionlari,  ozuqalarga  bo’lgan  talablarini    ishlab  chiqishgan.  Ulardan  foydalanish  hayvonlarning 

mahsuldorlik  potensialidan,  ularga  sarflanayotgan  kapital  qo’yilmalar  va  joriy  xarajatlarning 

samaradorligini oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. 

Chorva  mollarining  ozuqa  resurslariga  talabi  ularning  mavjudligini  hisobga  olib  quyidagi 

guruhlarga bo’lib rejalashtiriladi:  

1.Ozuqabop ekinlar mahsulotlari bo’yicha: ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:  

a).ko’k o’tlar (yaylov, pichanzor, ma’daniy ozuqabop ekinlar va boshqalar); 

b).dag’al ozuqalar (pichan, somon, poxol, poya va boshqalar); 

v).shirali ozuqalar (silos, senaj, lavlagi, qovoq, va boshqalar);  

g).to’yimli ozuqalar (don, kepak, kunjara, o’t uni, omuxta yem va boshqalar); 

d).o’simliklarni qayta ishlovchi sanoat qoldiqlari (jom, barda va boshqalar);  

ye).aholi iste’mol qiladigan mahsulotlar chiqindisi (sabzavot, poliz, kartoshka po’choqlari va 

boshqalar); 

2.Chorvachilik mahsulotlari ozuqalari: Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:  

a).sut va sutni qayta ishlash qoldiqlari(obrat, paxta, sivoratka va boshqalar); 

b).qon, go’sht va suyak uni; 

v).baliq uni, yog’i va boshqalar; 

   3.Sanoat ishlab chiqaradigan mineral ozuqalar; Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:  

a).Makroelementlar (kaliy, fosfor, kalsiy, oltingugurt, xlor, va boshqalar); 

b).Mikroelementlar (temir, mis, yod brom va boshqalar). 

O’zbekiston  chorvachiligida  foydalaniladigan  ozuqa  resurslarining  taxminan  90  foizi  maxsus 

ekinlardan,  yaylov  va  pichanzorlardan,  sanoat  tarmoqlarida  qayta  ishlangan  mahsulotlar  va 

boshqalaridan olinadi. Masalan: yem ishlab chiqarish uchun arpa, makkajo’xori, suli, soya, javdar va 

boshqalar ekiladi, shirali ozuqalar uchun-lavlagi, qovoq, makkajo’xori, va boshqalar, ko’k va dag’al 

ozuqalar-uchun bir  yillik, ko’p  yillik, o’tlar va boshqalar ekiladi. Ular oziq-ovqatga mo’ljallangan 

donlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan olinadi va h.k.  

   Barcha turdagi ozuqalardan belgilangan me’yorda foyda-lanish ularning samaradorligini oshiradi. 

Shu maqsadda omuxta yem ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. 




 

 

313 



    Shuni  qayd  etish  lozimki,  ozuqalar  rasionlaridagi  15-20  va  undan  ortiq  organik  va  mineral 

moddalarning 40-70 foizi, masalan qoramollar organizmida hazm bo’lmaydi. Ozuqalarning o’rtacha 

5 foizi mollarni o’zlarini  saqlashga sarflanadi hamda qoldiqlari (go’ng, siydik) ga aylanadi. 

    Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ozuqalarning hazm bo’lish, binobarin mahsulotga aylanish darajasini 

ko’tarish uchun hayvonlarni ilmiy asoslangan me’yorda muntazam oziqlantirishni amalga oshirish 

zarur.  Sarflanadigan  ozuqalarning  tarkibida  xom  protein,  lizin,  shakar  va  boshqa  moddalarning 

belgilangan  miqdorda  bo’lishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Masalan,  ko’pchilik  hayvonlar  rasionidagi 

ozuqalarning tarkibida 105 gramm xazm bo’luvchi protein bo’lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar u 

90 gramm bo’lsa, mahsulot birligiga sarflanadigan ozuqalar miqdori 25-28 foizga ko’payadi, natijada 

go’sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlar tannarxini ko’tarilishiga olib keladi. 

 Ozuqalarni me’yordan ko’p sarflash xam chorvachilikka salbiy ta’sir qiladi. Ular organizmning 

bo’shashishiga,  qarilik  belgilarini  tezlashtirishga  olib  keladi.  Demak,  chorvachilik  tarmoqlarida 

barcha turdagi ozuqa resurslaridan samarali foydalanish dolzarb muammolardan biridir. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish