Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

15.13.Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 

 

Oxirgi  yillarda  kartoshka  ishlab  chiqarish  va  sotishni  erkin  amalga  oshirish,  xosildorlikni 

oshirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida tarmoqning rentabellik darajasi ko’pchilik, ayniqsa 

shaharlar  atrofida  joylashgan  korxonalarda,  bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  talablariga  mos  ravishda 

oshib  bormoqda.  Bu  yutuqqa  odatda  erkin  va  shartnoma  baholarining  ko’tarilishi  hisobiga 

erishilmoqda.  Ammo  ko’pchilik  fermer  xo’jaliklarida  1s  kartoshka  o’rtacha  to’liq  tannarxining 

ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bunday hol asosan jahon bozoridan sotib olinadigan urug’lar baholarining 

keskin  oshishi  hisobiga  sodir  bo’lmoqda.  Bundan  tashqari  kartoshkani  ekish,  qator  orasini 

yumshatish,  hosilni  yig’ib  olish  va  boshqa  jarayonlar  qo’l  bilan  ishlatiladigan  vositalar  bilan 

bajarilmoqda.  Natijada  tarmoqda  mehnat  unumdorligi  past  darajada  qolmoqda.  Kartoshkaning 

tannarxi  kasalliklar  va  z-ararkunandalarga  qarshi  kurashga  sarflanadigan  xarajatlar  hisobiga  ham 

oshmoqda . 

       Oxirgi  yillarda  Kolorodo  qo’ng’izining  kartoshka  paykallarida  keng  tarqalishi  natijasida 

hosildorlik  pasaymoqda  va  uning  sifati  yomonlashmoqda.  Zararkunandaga  qarshi  qimmat  baholi 

ximikatlardan foydalanish kutilgan natijalarni bermayotir. 

       Yuqori  va  sifatli  hosil  olish  hamda  arzon  kartoshka  ishlab  chiqarish  uchun  quyidagi 

imkoniyatlardan foydalanishga alohida etibor berish lozim:  

-Yengil  qumoqli  mexanik  tarkibiga  ega  o’tloq,  o’tloq–bo’z  tuproqlarda,  daryo  yonbag’ri 

uchastkalarida, tog’li va tog’oldi zonalarda yaxshi o’sib, yuqori hosil beradigan navlarni ekish; 

-Suvga talabchanligini hisobga olib 400-500 m.kub hajmida 7-8 marta sug’orish, uni asosan 

kechasi amalga oshirishga erishish; 

-Bunday yerlarga gektariga 30-40 tonna yarim chirigan go’ng, 250-300 kg ammofos va 160-

200 kg kaliy sulfat yoki kaliy tuzi solinib, 30sm chuqurlikda haydalishini ta’minlash; 

-O’suv  davri  69-70  kunda  tezpishar  va  o’rtapishar  navlar  (Zarafshon,  SANTE,  Romona, 

Marfona  va  boshqalar)ni  ekish;  Mustaqillik  yillarida  (2010-2014  yillarda)  kartoshkaning 



 

 

304 



O’zbekistonda yaratilgan quyidagi navlari rayonlashtirilgan: ko’k saroy -14, UZ.2011 y., pskom-14, 

UZ.2012 y., sarnav-14, UZ.2012 y., serhosil -14, UZ.2011 y., umid 2-14, UZ.2013 y. va yaroqli 2010-

12, UZ.2011 y. 

-Bahorda hamda kuzda ekiladigan urug’larni ekish oldidan 100 l suvda 5-6 kg TMTD bilan 

birga 2 gramm kahrabo kislotasi hamda 4 kg ammofos qo’shib ivitib ekish hisobiga hosildorlikni 11-

16 foizgacha oshirish;  

-Har gektarga 3-3,5 tonna urug’lik tuganaklar ekilishiga, ekiladigan tuganaklarning vazni esa 

30-80  gramm  bo’lishiga,  ularni  tuproqning  6-7  sm  chuqurligiga  ekish,  qotqoloqni  tez  yorib  qisqa 

muddatda to’la ko’chat olish imkoniyatiga ega bo’lish.  

-Eng progressiv usul hisoblangan urug’ni pushta ustiga ekishni joriy qilish; 

-Urug’likning  asosiy  qismini  urug’likka  ixtisoslashgan  xo’jaliklarda  tayyorlash  va  uni 

zamonaviy omborlarda saqlash;  

-Kartoshka  ishlab  chiqarishda  oila  pudrati  asosida  pul  va  natura  shaklida  garantiyalangan 

mehnat haqini joriy etish; 

-Tovar mahsulotlarni  erkin, va shartnoma, ya’ni bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif 

qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k. 




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish