m
so
m
mlrd
m
`
.
ln
0000001
,
0
.
2
,
27164
.
ln
3
,
3
MQ
yoki
MM(IX)
XS
yoki
IVM
MS
=
=
=
Respublika qishloq xo’jaligida 2012 yilda 27 trln. 164 mlrd. 200 mln. so’mlik qishloq xo’jaligi
mahsuloti ishlab chiqarilgan bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning o’rtacha yillik soni – 3
mln. 300 ming kishini, yillik o’rtacha 1 xodimga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot esa 8231,6 mln.
so’mni tashkil etgan.
Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha,
ammo mehnat unumdorligining oshish sur’ati mehnat sig’imining pasayish sur’atiga teng bo’lmaydi.
Mehnat unumdorligi va mehnat sig’imi o’rtasida funksional bog’lanish mavjud bo’lib, u
quyidagicha ifodalanadi:
;
MS
-
100
100
*
MS
MU
∆
=
;
MU
100
100
*
MU
MS
+
∆
=
∆MU - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat
unumdorligining o’sishi, %;
∆MS - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat
sig’imining pasayishi, %;
213
Agar MS 15%ga pasaysa, unda mehnat unumdorligi
15*100
(----------- ) 18% ga oshadi,
100-15
15*100
agar mehnat unumdorligi 15%ga oshsa, unda MS (---------- ) 13% ga
100+15
pasayadi.
Mehnat xarajatlarining qo’shilish tarkibiga qarab, mehnat sig’imi bir qancha turlarga bo’linadi:
1. Texnologik mehnat sig’imi;
2. Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi;
3. Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi;
4. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi mehnat sig’imi;
5. Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi.
1).Texnologik mehnat sig’imi (MSt) - o’z ichiga xodimlarining aniq mahsulot ishlab chiqarish
bo’yicha alohida texnologik operasiyalaridagi mehnat xarajatlarini oladi;
2).Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi(MSxk) o’z ichiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
va yordamchi tarmoq xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi (mashina-traktor ustaxonasi,
avtotransport va boshqalarni);
3).Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi(MSi/ch) o’z ichiga texnologik va xizmat ko’rsatish
mehnat sig’imlarini oladi:
MSxk
MSt
i/ch
MS
+
=
4).Boshqarishdagi mehnat sig’imi (MSbosh) o’z ichiga mahsulotga o’tkazilgan umum ishlab
chiqarish va umumxo’jalik xarakteridagi boshqarish xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi. Bunga
xo’jalik rahbarlari va mutaxassislari, funksional bo’lim xodimlarining mehnat xarajatlari kiradi:
MXux
MXui/ch
MCbosh
+
=
5).Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi (MSto’l) barcha yuqoridagi turdagi mehnat
sig’imlarini ifodalaydi:
MSbosh
MSi/ch
MSxk
MSt
MSto`l
+
+
=
Mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan mehnat xarajatlarini 2 guruhga bo’lish qabul qilingan:
1.Jonli mehnat xarajatlari. Bevosita qishloq xo’jaligida ishtiroq etayotgan xodimlarning ish
vaqti;
2.Buyumlashgan mehnat xarajatlari. U o’z ichiga mashina, mineral o’g’itlar va boshqalarda
buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va
urug’, yem-xashakda va qishloq xo’jaligidan chiqadigan mehnat predmetlarida buyumlashgan
mehnat xarajatlarini oladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yetakchi rolni jonli mehnat o’ynaydi, chunki u buyumlashgan
mehnat yaratgan ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi. Buyumlashgan qishloq xo’jaligi
mehnati buyumlashgan sanoat mehnatiga nisbatan kam samarali, chunki keyingisi qishloq xo’jaligini
texnika bilan ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda jonli mehnatning unumdorlik
darajasini faqat mahsulot ishlab chiqarishning yakunlovchi bosqichida hisoblash qabul qilingan.
214
Buyumlashgan mehnat xarajatlari qishloq xo’jaliginiki va sanoatniki bo’lishidan qat’iy nazar,
ishlab chiqarishning oldingi boskichidagi mehnat xarajatlari hisoblanadi, bevosita ish vaqtida
hisoblanilmaydi, ularning hisobi mahsulot tannarxini pul shaklida hisoblashda amalga oshiriladi. Shu
bilan birga faqat jonli mehnat xarajatlarini baholash ijtimoiy mehnatning haqiqiy tejamini oshirib
yuboradi, buyumlashgan mehnat xarajatining samaradorligi esa noma’lum bo’lib qolaveradi. Buning
ustiga hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligida har yili mahsulot ishlab chiqarishda buyumlashgan
mehnat sarfi oshib bormoqda. Shuning uchun jonli mehnat xarajatlari samaradorligini baholash bilan
bir qatorda, sanoat ishchilari va buyumlashgan qishloq xo’jaligi mehnati xarajatlaridan foydalanish
samaradorligi qanday ekanligini bilish muhimdir.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi to’g’risida ancha to’liq va aniq ma’lumotga ega bo’lish uchun
jami mehnat xarajatlari, ya’ni mahsulot birligiga hisoblangan jonli va buyumlashgan mehnat
xarajatlarini birgalikda tahlil qilish muhim, ammo o’ta murakkabdir.
Yuqoridagi tushunchalarni hisobga olib mehnat unumdorligi tor va keng ma’noda ko’rib
chiqiladi. Tor ma’noda mehnat unumdorligi, faqat jonli mehnat xarajatlarini (JMX) hisobga oladi
va quyidagicha aniqlanadi:
JMX
MQ
yoki
MM(IX)
MU
=
Keng ma’noda mehnat unumdorligini ko’rib chiqishda ham jonli, ham buyumlashgan mehnat
xarajatlari (BMX) hisobga olinadi va quyidagicha aniqlanadi:
BMX
JMX
T
+
=
Shuni hisobga olib, keng ma’nodagi mehnat unumdorligi quyidagicha hisoblanadi:
;
BMX
JMX
MQ
yoki
MM(IX)
MU
+
=
yoki
;
MQ
yoki
MM(IX)
MU
Tannarx
=
Qishloq xo’jaligida jonli mehnat xarajatlari 2 ga bo’linadi:
1.Bevosita;
2.Bilvosita.
1).Bevosita xarajatlar - ma’lum bir ekin yoki chorva turlariga xizmat qiluvchi, dehqkonchilik
va chorvachilik xodimlarining mehnat xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarishda qatnashish darajasi
nuqtai nazaridan bevosita mehnat xarajatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida harakat qiladigan
ijtimoiy mehnatning tarkibidagi faol va katta hajmni tashkil qiladigan mehnat massasini ifodalaydi;
2).Bilvosita xarajatlar - bevosita ishlab chiqarishda qatnashmaydigan, balki ishlab chiqarishni
tashkil qilishda, boshqarishda va alohida tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnat
xarajatlari.
Hozirgi vaqtda, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi darajasini aniqlash uchun faqat
bevosita mehnat xarajatlari(texnologik mehnat sig’imi)ni olish qabul qilingan. Bu boshqaruv va
xizmat ko’rsatish personallari mehnat xarajatlarini mahsulot turlari bo’yicha taqsimlashning ba’zi bir
qiyinchiliklaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida texnika taraqqiyotining rivojlanishi va qishloq
xo’jaligida mutaxassislar sonining o’sishi natijasida bilvosita mehnat xarajatlari salmog’i o’sishi
kerak. Lekin hozirgi bizning iqtisodiyotimizda bunga erishilganicha yo’q. Shunday bo’lishiga
qaramasdan, jonli mehnat unumdorligi darajasini ancha aniqroq hisoblash uchun, shuningdek
bilvosita mehnat xarajatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu xarajatlarni
ham tarmoq bo’yicha, ekin va chorva turlari bo’yicha va bevosita mehnat xarajatlariga proporsional
mahsulot bo’yicha ham taqsimlash mumkin. Shularni hisobga olib, jonli mehnatning jami
215
xarajatlarini topamiz. U o’z ichiga bevosita va bilvosita mehnat xarajatlarini oladi va quyidagicha
aniqlanadi:
Bil.X
Bev.X
JMX
+
=
Demak, jami mehnat xarajatlari esa - jonli mehnat xarajatlari (JMX), shuningdek buyumlashgan
(sanoat ) mehnat xarajatlari (BMXs ) va qishloq xo’jalik mehnat xarajatlari ( MX qishloq xo’jalik )
ni o’z ichiga oladi va quyidagicha hisoblanadi:
BMX
MXk/ch
BMXs
JMX
Bil.X
Bev.X
JamiMX
+
+
+
=
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi. Ish kuchidan foydalanish samaradorligini baholash uchun ko’rsatkichlar tizimidan
foydalanish zaruriyati: birinchidan, mehnat unumdorligini uning barcha darajalarida, ya’ni bir butun
qishloq xo’jaligida, uning alohida tarmoqlarida va alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish bo’yicha,
har tomonlama tavsifini ta’minlash zaruriyati. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida iqtisodiy jarayonlar
biologik jarayonlar bilan qo’shilib ketgan, ish davri esa ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi.
Bu yerda mehnat sarfi vaqti bilan uning pirovard natijasi – mahsulot olish vaqti o’rtasida tafovut
kuzatiladi. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlar tizimi uni ishlab chiqarishning pirovard natijasi
sifatida ham, uning alohida bosqich va operasiyalarida ham aks ettiradi.
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar klassifikasiyasi
quyidagicha:
I. Asosiy ko’rsatkichlar:
1).Natural:
a).1 xodimga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori;
b).1 kishi/soatiga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori;
v).1 s - mahsulotning mehnat sig’imi;
2).Qiymat:
a).1 xodimga to’g’ri kelgan yalpi yoki sof mahsulot qiymati.
b).1kishi/soatiga to’g’ri kelgan yalpi va sof mahsulot qiymati.
v).100 so’mlik yalpi va sof mahsulotning mehnat sig’imi.
II. Qo’shimcha ko’rsatkichlar:
1).Xususiy ko’rsatkichlar:
a).Ish kunida bajarilgan ishlar hajmi, soat;
Do'stlaringiz bilan baham: |