Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi, xodimlarning bir birlik vaqtda ma’lum bir
miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilgan aniq mehnat qobiliyatini aks ettiruvchi,
iqtisodiy kategoriyadir. Alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mehnat
unumdorligini hisoblash uchun, natural birlikda, ya’ni sentnerda hisoblaniladi. Alohida
(dehkonchilik, chorvachilik) tarmoqlarida yoki butun qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini
hisoblash uchun, ular turli mahsulot bo’lganligi uchun, qiymat shaklida pulda hisoblaniladi. Bu
212
maqsad uchun joriy yoki xarid, shuningdek taqqoslama baholardan foydalaniladi. Turli shakldagi
xo’jaliklarda, qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatini hisoblashda joriy baholardan foydalaniladi.
Bir necha yillik mahsulot qimmatini dinamikada o’rganishda taqqoslama baholar qo’llaniladi.
Ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida pulda baholangan yalpi mahsulot ko’rsatkichini mehnat
unumdorligini hisoblash uchun foydalanish mehnat xarajatlari samaradorligi haqida yetarli darajada
to’liq va obyektiv tasavvur bermaydi. Chunki yalpi mahsulotda takroriy hisob-kitoblar, mahsulotning
tovar bo’lmagan qismi qiymatining pasaytirilishi, material sig’imining ta’siri va boshqalar kabi
kamchiliklar borki, ular mehnat unumdorligi darajasini va dinamikasini buzib ko’rsatadi. Bu esa
mahsulotning mehnat sig’imini pasaytirishga va sifatini oshirishga undamaydi. Qishloq xo’jaligida
mehnat unumdorligini ancha aniq hisoblash uchun yalpi mahsulot(YaM)dan emas, balki sof
mahsulot(SM)dan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki yangidan yaratilgan qiymatda takroriy hisob-
kitoblar va moddiy xarajatlarning ta’siri kamayadi. Sof mahsulot ko’rsatkichidan foydalanib, mehnat
unumdorligini hisoblash alohida bir xo’jalikda mehnat xarajatlari samaradorligining aniq darajasini
aks ettiradi. Hozirgi sharoitda bu ko’rsatkich ish kuchidan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari
tizimida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Mehnat unumdorligini hisoblashda mehnat xarajatlarini o’lchash uchun ish vaqtining
davomiyligidan foydalaniladi. Qishloq xo’jaligida ish vaqti birligi sifatida, sof ish vaqti xarajatlarini
aks ettiruvchi, kishi/soatlari, bir xodimning ish kuni(kishi/kunlari) va yil davomida ish vaqtini
yig’indisini aks ettiruvchi, xodimlarning o’rtacha yillik sonidan foydalaniladi.
Mehnat unumdorligi(MU) darajasi natura yoki qiymat shaklidagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari
turlarining miqdorini (MM) yoki bajarilgan ishlar hajmini (IX) yohud mahsulot qiymatini (MQ) shu
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti miqdoriga (IVM) bo’lib topiladi.
Shunday qilib, mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:
m
so
m
m
mlrd
`
.
ln
6
,
8231
.
ln
3
,
3
.
2
,
27164
XS
yoki
IVM
MQ
yoki
MM(IX)
MU
=
=
=
Yuqorida keltirilgan nisbatning teskari ko’rsatkichi mahsulotning mehnat sig’imi deyiladi va
quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: