Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli tuman shakllari, iqtisodiy manfaatlari va
103
Har bir mulk shakliga mos ravishda xo’jalik yuritish shakli yoki qishloq xo’jaligi korxonasi
to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligida korxonalarning quyidagi turlari rivojlantiriladi:
-Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikka asoslangan dehqon xo’jaligi. Yer resurslari
bu yerda xususiy mulkda yoki ijara sharoitida bo’lishi mumkin.
Mamlakatda uzoq vaqtlar mehnatni tashkil qilishning va xo’jalik yuritishning dehqon, oila
xo’jalik shakllariga unchalik e’tibor berilmas edi.
-Jamoa mulkning turli shakllaridan foydalanishga asoslangan, ijara korxonalari, kollektiv
korxonalar, qishloq xo’jalik korxonalari, aksiyador jamiyati ko’rinishidagi korxonalar, xo’jalik
uyushmasi (birlashmasi)ga tegishli korxonalar;
-Davlat mulkiga asoslangan turli xil davlat korxonalari.
Qishloq xo’jaligida mustaqil korxonalardan tashqari, shuningdek tarmoq hududiy yoki boshqa
tamoyillarga asoslangan ixtiyoriy birlashmalar, xalqaro tashkilotlar mavjud bo’ladi. Yuqorida sanab
o’tilgan xo’jalik yuritish shakllari, korxona va birlashma turlari, shuningdek, dehqon xo’jaligi,
mamlakat qishloq xo’jaligining ijtimoiy-iqtisodiy strukturasini tashkil qiladi. Har bir mamlakatda,
hududda o’ziga xos sharoitdan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy struktura har xil bo’ladi, ya’ni xo’jalik
yuritish shakllari, korxona va birlashma turlari har xil bo’ladi.
Agrar iqtisodiyotning ko’p ukladliligini tan olish, nazariy jihatdan xo’jalik yuritishining har
qanday shakli harakat qilishining teng huquqligini tan olish demakdir. Bu masalaning amaliy tomoni
hozirgi vaqtdagi qishloq xo’jaligining real holatini hisobga olishdir. Mavjud xo’jaliklar bilan bir
qatorda agrar iqtisodiyotdagi ko’p ukladli zvenolarni tan olish xo’jalik yuritishning turli ijtimoiy-
iqtisodiy shakllari o’rni va chegarasini asoslab beradi. Iqtisodiy jihatdan baquvvat xo’jaliklar
faoliyatini to’xtatib, ularni tugatish va boshqa korxonalarga aylantirish noto’g’ri bo’lur edi. Bunday
xo’jaliklarda ijara va kooperativ xo’jalik shakllarini takomillashtirish uchun rezervlar bo’lsa ham
ularga chetdan ta’sir o’tkazmaslik kerak. Ancha ilgaridan buyon zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarni esa, obyektiv sabablari bo’lgani uchun kelajakda mustaqil rivojlanishini, ularda qanday
xo’jalik shakllarini joriy qilishni dehqonlar o’zlari hal qilishlari kerak. Qishloq xo’jaligida ko’p
ukladlilikning rivojlanishi, dehqon xo’jaligining mustahkamlanishi o’z navbatida qishloq xo’jalik
korxonalarini qayta tashkil qilish, ularning vazifalarini va strukturalarini o’zgartirishni, ularni
kooperativlarga (uyushma, ittifoq va boshqalar) aylantirishni taqozo qiladi. Yer va chorva mollari
mahsuldorligini oshirish uchun, mahsulot sifatini yaxshilash va uni ishlab chiqarish xarajatini
pasaytirish uchun olib borilgan raqobat kurashida samaradorlik to’g’risidagi masala va xo’jalik
yuritishining u yoki bu shaklining afzalligi aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida turli mulk shakllari va
korxona turlari o’rtasidagi raqobat kurashida davlat aktiv rol o’ynaydi. Bu davlat ehtiyoji uchun zarur
bo’lgan buyurtmalarini tanlov asosida bajarishda, soliq va kreditlarni amalga oshirishda,
yangiliklardan foydalanishda, davlat byudjetidan kapital mablag’larni moliyalashtirishda namoyon
bo’ladi.
2012 yilga kelib qishloq xo’jaligidagi barcha toifadagi xo’jaliklar yetishtirgan
mahsulotlarning 34,4% fermer xo’jaliklariga, 63,5 % dehqon xo’jaliklariga va 2,1 % boshqa
qishloq xo’jaligi korxonalari hissasiga to’g’ri kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: