Mustaqillikka erishilgandan keyin respublikada mustabid tuzumdan meros bo’lib qolgan
iqtisodiyotni boshqaruvining ma’muriy buyruqbozlik uslubidan voz kechilib, xalqimizning milliy,
tarixiy merosi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari hamda mentalitetiga tayangan holda ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish modeli–ya’ni «O’zbek modeli» yaratildi
Siyosiy-ijtimoiy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy larzalarsiz, bosqichma-
bosqich o’tilayotgan bozor munosabatlarining tub mohiyati va maqsadini respublika aholisining
barcha qatlamlari to’lasincha, ongli ravishda tushunib olib, bozor islohotlarini samarali usullar
vositasida amalga oshirishi mumkin va zarur ekanligini, ya’ni islohotlar odamlar uchun va shu
odamlar orqali amalga oshirilishini chuqur anglab yetishlari zarur. Bugungi davr kishisi tovar
sifatidagi ish kuchini o’zida mujassam etgan bozor munosabatlari subyektlari, yangi iqtisodiy
108
Respublika agrosanoat majmuida ro’y berayotgan o’ziga xos holat, bu sohadagi mavjud
vaziyatni chuqurroq tahlil qilishni, qo’yilgan vazifalarni imkon boricha ertaroq va kamroq
yo’qotishlar bilan bajarish chora-tadbirlarini belgilashni taqozo etadi. Bu chora-tadbirlarni ishlab
chiqarishda va asoslab berishda jaxondagi bozorli iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlangan,
mamlakatlarda to’plangan boy tajribalarni xar tomonlama o’rganish, umumlashtirish va ulardan
samarali foydalanish respublika fermer xo’jaliklarini oqilona tashkil etish, ularning iqtisodiy
samaradorligini barqaror oshirish bo’yicha aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish va uni xo’jalik
yuritish faoliyatlariga tadbiq etish sohaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’sishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatishi muqarrardir.
Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya kabi
taraqqiy etgan davlatlar, “Osiyo yo’lbarslari” deya e’tirof etilgan va keyingi o’n yilliklar mobaynida
yuksak yutuqlarga erishgan Janubiy Quriya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi
singari mamlakatlarda to’plangan tajriba shundan dalolat beradiki, respublikamizdagi jamiyat
xayotining barcha sohasini erkinlashtirish shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqkiyot va
barqarorlikning asosiy omili bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali erkin bozor
munosabatlarini to’la qonli vujudga keltirish istiqbolda erkin, farovon, ma’rifatli, huquqiy fuqarolik
jamiyatini barpo etishdagi dadil qadam bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda fermerchilik harakatlari, ularning samaradorolik
darajalari, o’lchamlari katta-kichikligi, egallagan yer maydonlari, rivojlanish sur’atlari bir xil
emasligini ko’rsatadi.
Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy
tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan
barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib,
Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga
muvofiqdir.
Amerika Qo’shma Shtatlarida fermerlar davlat tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlanib
kelinishi natijasida ularning moddiy texnika hamda, axborot informasion bazalari yuksak darajada
rivojlangan.
Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik fermer
xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va muassasalari, ularning
ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.
Bu mamlakatda fermerlar o’zaro ixtiyoriy ravishda kooperasiyalar-uyushmalariga a’zo bo’lib
kiradilar.
Fermerlarning kooperasiyalarda ixtiyoriy hamkorligidan maqsad shuki, mavjud resurslardan
samarali yo’llar bilan foydalanish orqali har bir fermer va bu fermerlarga turli xil xizmat ko’rsatuvchi
servis firmalari oladigan foyda va daromad miqdorini oshishida teng manfaatdorlikdir.
Kooperativga birorta fermerning a’zo bo’lib kirishi yoki a’zolikdan chiqishi, biron bir subyekt
tomonidan chegaralanmaydi; farmoyish, ko’rsatma, buyruq berilmaydi; uning faoliyati haqida qaror
qabul qilinmaydi. Bu fermerlarning mutloq mustaqil ishi va faqat o’zi hal qiladi.
Kooperativlarni boshqarish demokratiya asosida, uning a’zolari tomonidan boshqarilib
boriladi. Kooperativ a’zolarining umumiy yig’ilishi yuqori boshqaruv organi bo’lib, kooperativ
faoliyatini muntazamlashtirib, muvofiqlashtirib, boshqarib boradi.
Amerika fermerlarining eng ishonchli va eng mas’uliyatli yordamchilari fermerlarga xizmat
ko’rsatuvchi servis kooperativlardir. Bunday fermerlar kooperasiyasi faoliyati haqiqatdan ham ko’p
qamrovli bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: urug’lik, ozuqa, xashak, o’g’itlar,
yoqilg’i va moylash materiallari, jihozlar, inventarlar, ehtiyot qismlar, o’simlik va hayvonlarni tabiiy
rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi parazitlarga qarshi kurashni tashkil etish uchun zarur kimyoviy
moddalar, moliya-kredit va sug’urta ta’minotlari; shartnoma bilan ishlaydigan ishchilar, veterinariya
xizmati, yerga meliorasiya ishlov berish va ekishga tayyorlash, hasharotga qarshi kurash, texnik
xizmat ko’rsatish; zarur axborot-informasiyalarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, ma’lumot to’plash;
109
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
xizmatlari, elektroenergiya va boshqa xizmat turlari kabilar.
Fermerga, xo’jalik yuritishi uchun zaruriy bo’lgan barcha moddiy-texnik jihozlar, asbob-
uskuna va anjomlar to’lasicha ta’minlangan. U qishloq xo’jaligi texnikasi va ularga kerakli ehtiyot
qismlar, o’g’it, yoqilg’i moylash materiallarini o’zi a’zo bo’lgan kooperativ orqali yilning, oyning,
sutkaning qaysi vaqtida kerak bo’lsa, shu zahotiyoq, hyech bir hujjat, talabnoma, ruxsatnoma yoki
farmoyishsiz olish huquqiga ega.
Xozirgi paytda Amerika Qo’shma Shtatlarida 2,1 mln. fermerlar mavjud bo’lib, shulardan 85
foizi oilaviy fermerlar, ya’ni mayda fermerlardir. Ularning umumiy soni 1 mln 1780 ta bo’lib, qishloq
xo’jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning faqatgina 20 foiziga yaqinini yetkazib beradi.
Fermerlarning 10 foizi, ya’ni 215 mingtasi sherikchilik asosida ish yuritib, umumiy fermerlarning 20
foiz mahsulotini yetkazib bersa, 111 ming yoki umumiy fermerlarning 5 foizi mamlakatda ishlab
chiqarilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 60 foizini yetkazib beruvchi fermerlarning yirik
korporasiyalaridan tashkil topgan. Bunday fermer xo’jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy
samara bilan olib borilayotganligi yirik korxonalarda ishlab chiqarishning yuqori darajadagi
konsentrasiyalashganligining ijobiy natijasidir.
Respublika qishloq xo’jaligi korxonalaridagi dastlabki erishilgan tajribalarni umumlashtirish
va ilg’or mamlakatlar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, davlat tasarrufidan chiqarilgan mulk va
shu mulkka tayanilib ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat evaziga
olinadigan daromadning taqsimoti adolatli bo’lib, daromadni mulk va mehnat egasining o’zi to’liq
tasarruf etishga imkon yaratib beriladi. Bu xo’jalik yuritish shakli moddiy manfaatdorlik bilan
moddiy javobgarlik uyg’unligi asosida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan, umumiy mulkdan
o’z ulushiga ega bo’lgan har bir kishiga, har bir shaxsga eng naflilik va eng manfaatdorlik darajasini
ta’minlaydi.
2-jadvalda respublika fermer xo’jaliklarining ekin maydonlari, yalpi hosili, yalpi mahsuloti
o’zgarishining dinamikasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: