Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

 

1-jadval 

O’zbekistonda  g’allachilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)* 

Yillar


 

 

 

E Ekin maydoni, 

ming ga. 

 

Yalpi g’alla 

hosili, ming 

tonna


 

1gektaridan 

hosildorlik, s

 

Axoli jon 

boshiga, kg

 

2005


 

1616,1


 

6401,8


 

39,8


 

243


 

2006


 

1618,1


 

6546,7


 

41,3


 

245


 

2007


 

1538,5


 

6643,1


 

42,5


 

245


 

2008


 

1559,0


 

6621,6


 

42,0


 

240


 

2009


 

1610,7


 

7293,1


 

44,1


 

260


 

2010


 

1679,4


 

7404,1


 

43,6


 

254


 

2011


 

1607,4


 

7054,0


 

45,3


 

239


 

2012


 

1628,1


 

7519,5


 

44,6


 

251


 

2013


 

1643.9


 

7807,8


 

45,0


 

256


 


 

 

289 



2014

 

1655,6


 

8050,5


 

45,3


 

259


 

*

 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 



O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 

 

 

Istiqbolda    mamlakat  axoli  jon  boshiga  o’rtacha    500  kg  dan  ishlab  chiqarish  g’allachilik 



tarmog’ining sosial-iqtisodiy hamda siyosiy  samaradorligini oshiradi. Ammo, bu vazifani boshqarish 

o’ta  murakkab  jarayon hisoblanadi. Shuning uchun  dunyo bozoridan ayrim don maxsulotlari sotib 

olish davom etadi.

 

Keyingi yillarda Davlat reyestriga yumshoq kuzgi va duvarak bug’doyning 42 ta, qattiq kuzgi 

va duvarak bug’doylarning 9 ta, bahori yumshoq bug’doyning 2 ta, bahori qattiq bug’doyning 2 ta 

navlari kiritilgan. Jumladan yumshoq bug’doyning: 



 

Chillaki.  O’zbekiston  sug’oriladigan  maydonlariga  ekish  uchun  2002  yildan  Davlat  reyestriga 

kiritilgan. Biologik kuzgi.

 

Nav o’ta ertapishar, past bo’yli (85-95 sm), yotib qolishga chidamli, Eritrospirmum turxiliga mansub. 

Sovuqqa  chidamligi  o’rtacha,  qurg’oqchilikga  chidamli,  o’rtachadan  past  darajada  sariq  zang  va 

boshoq  fuzariozi  bilan  kasallanishi  mumkin.  Qorakuya  kasalliklariga  chidamli.  Nav  o’ta 

ertapisharligi sababli bu kasalliklar nav hosildorligiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatolmaydi. O’rtacha 

hosildorligi  normal  agrotexnika  sharoitida  gektaridan  60-70  sentnerni  tashkil  etadi.  Don  sifati 

bo’yicha “qimmatbaho” don beradi.  1000 ta don vazni 40-42 g, dondagi oqsil miqdori 13-14 foizga 

teng, kleykovinasi 26-28 foiz, un chiqishi 67-74 foizgacha



 

Kupava.  Lyutessens  turxiliga  mansub.  Biologik  kuzgi.  Yirik  boshoqli  va hosildor  nav.  Doni 

o’rtacha yiriklikda qizil yoki och qizil rangli, yarim chuzinchoq shaklda. 1000 ta donning vazni 40,0 

dan 46,0 g gacha.



 

O’zbekiston sharoitida 220 kunda pishadi. O’suv davri respublikaning shimolida (Qoraqalpog’iston) 

– 255 kun, janub sharoitida 186 kun.

 

Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qishga chidamligi – 5,0 ball. Respublika non inspeksiyasi 

laboratoriyasining  ma’lumotiga  ko’ra  navning  texnologik  va  non  yopish  sifati  yomon  emas:  oqsil 

miqdori 11,0-12,5%, kleykovinasi 26,0-28,0 %, un chiqishi 72,0-78,0 %, nonning ko’tarilishi hajmi 

299-331 sm3. Umumiy non yopish bahosi yaxshi 4,0 ball. Hosildorligi 70 s/ga. 

 

Umanka.  Lyutessens  turxiliga  mansub.  Biologik  kuzgi.  Doni  ovalsimon,  o’rtacha  yiriklikda,  to’q, 

shishasimon,  to’q  srrg’ish-qizil.  1000  ta  donning  vazni  37,0  dan  42,0  g  gacha.  Don  sifati  kuchli 

bug’doy talablariga javob beradi. Hosildorligi 60-70 s/ga. 



 

Tanya.  Yarim  pakana  nav,  o’rtapishar,  yotib  qolishga  chidamligi  yuqori.  Turxili  Lutescens.  Doni 

to’kilmaydi. Navning potensial hosildorligi raqobatli nav sinovida gektaridan 122,1 sentnerni tashkil 

etgan. 


 

1000  dona  donning  vazni  45,4-46,5  g,  naturasi  795-810  g/l.  Sifat  ko’rsatkichlari  bo’yicha 

“qimmatbaho” bug’doylar guruhiga kiritilgan.

 

Sariq  zang  va  poya  zangi,  un  shudring,  chang  qorakuya  kasalliklariga  chidamli.  Qo’ng’ir  zang, 

septorioz  va  boshoq  fuzariozi  kasalliklariga  o’rtacha  chidamli.  Sovuqqa  chidamligi  o’rtachadan 

yuqori, qurg’oqchilikka chidamligi yuqori. 



 

Krasnodar-99.  Past  bo’yli,  o’simlik  balandligi  90  sm.ga  yaqin,  yotib  qolishga  chidamligi  yuqori. 

O’rtapishar. Turxili Lutescens. Nav maxsuldor, hosildorligi gektaridan 72,6 sentnerni tashkil etadi.

 

Don sifati bo’yicha “qimmatbaho”, mineral oziqlantirish to’g’ri nisbatlarda o’tkazilganda “kuchli” 

don ham berishi mumkin.

 

Chang qorakuyaga chidamligi yuqori, sariq va poya zangiga chidamli, dala sharoitida un shudring va 

septorioz  kasalliklariga  chidamli,  boshoq  fuzarioziga  o’rtacha  chidamli,  qo’ng’ir  zang  kasalligiga 

beriluvchan. Qurg’oqchilikka chidamli, sovuqqqa chidamligi o’rtachadan yuqori. 



 

Moskvich. O’rta bo’yli 95-100 sm, yotib qolishga chidamli. O’rtapishar, Turxili Lutescens. Navning 

don  hosili  potensial  imkoniyati  yuqori,  gektaridan  73,2  sentner.  Don  sifati  bo’yicha  “kuchli” 

bug’doylar guruhiga kiradi.



 

Chang qorakuya, qo’ng’ir va sariq zang, boshoq fuzariozi kasalliklariga chidamli, sovuqqa chidamligi 

yuqori, qurg’oqchilikka chiddamli. 

 



 

 

290 



Kuma.  Past  bo’yli,  bo’yi  90-100  sm,  yotib  qolishga  chidamligi  yuqori.  O’rta  ertapishar.  Turxili 

Lutescens. Hosildorligi gektaridan 100 sentner.



 

Don sifati ko’rsatkichlari yuqori. Qo’ng’ir, sariq va poya zangi, septorioz, un shudring kasalliklariga 

chidamli, boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Qishga chidamligi yuqori, qurg’oqchilikka chidamli. 

 

Nota.  Past  bo’yli,  85-90  sm.,  yotib  qolishga  chidamli.  Turxili  Lutescens.  Tezpishar.  Navning  don 

mahsuldorlik potensial imkoniyati o’ta yuqori. Shimoliy Kuban qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida 

3 yilda (2000-2002) o’rta hosildorlik 100,4 sentnerni tashkil etgan. Don sifati bo’yicha «kuchli» don 

beradi.

 

Chang qorakuya va qo’ng’ir zang kasalligiga chidamligi yuqori, sariq, poya zangi hamda septorioz 

kasalligiga  dala  sharoitida  chidamli,  un  shudring  va  boshoq  fuzarioziga  o’rtacha  chidamli.  Qattiq 

qorakuya kasalligi bilan oz miqdorda kasallanadi. Sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamligi o’rtacha. 



 

Yesaul.  Nav  yarim  pakana,  bo’yi  85-90  sm,  yotib  qolishga  chidamli,  o’ta  ertapishar.  Turxili 

erythrospermum. 1000 ta don vazni 42-44 gr. Hosildorligi 100 s/ga. Dondagi oqsil 14,6, kleykovina 

miqdori 29,2, donining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha kuchli bug’doy guruhiga kiradi.



 

Chang qorakuya, sariq zangi va un shudring kasalliklariga chidamli yuqori. Qo’ng’ir va poya zang 

kasalliklariga  dala  sharoitida  chidamli.  Septorioz  kasalligiga  nisbatan  chidamli.  Boshoq  fuzariozi 

bilan o’rtacha holda   kasallanadi.   Qattiq   qorakuyaga   beriluvchan.   Sovuqqa chidamli, 



 

Selyanka.  Biologik kuzgi. Lyutessens turxiliga mansub. 1000 ta donining vazni o’rtacha 41,0-44,5g. 

Nav o’rtacha bo’yli navlar guruhiga kiradi. O’simlikning bo’yi o’rtacha 75-100 sm. Yotib qolishga, 

to’kilishga chidamligi 4,5-5,0 ballgacha. Qishga chidamligi 4,5 – 5,0 ballga teng. Vegetasiya davri 

Respublikamiz janubiy viloyatlarda 190 kun,boshqa viloyatlarda o’rtacha 203-210 kun. 

 

Hosildorligi  respublikaning sug’oriladigan  yerlarida 58,3-65 s/ga. O’zbekiston sharoitida navning 

texnologik va non yopish sifati yaxshi. 

 

Qattiq bug’doyning davlat reyestriga kiritilgan quyidagi navlarini mintaqa tuproq iqlimiga mos holda 

ekish mumkin:

 

Makuz-3.  Doni o’rtacha kattalikda, oval-silindrsimon, sariq limon rangli, sayoz ariqchali. 1000 ta 

donning vazni 38,4-39,1g. O’rtaertapishar 180-200 kunda pishadi. Qishga chidamligi yaxshi, 5,0 ball.  

2000-2004 sinov yillarida o’rtacha don hosildorligi 48,5-59,9 s/ga.



 

Navning texnologik va makaronboplik  sifati yaxshi. 



 

Karlik-85.  Melyanopus turxiliga mansub. Biologik bahorgi. Doni o’rtacha kattalikda, to’q sarg’ish,  

dumaloq, sayoz ariqchali. 1000 ta donning vazni 38,4-45,8 g.

 

Past bo’yli navlar guruhiga mansub. O’rta ertapishar, vegetasiya davri 181-209 kun. Yotib qolish va 

to’kilishga bardoshli, 5,0 ball. Hosildorligi sug’oriladigan yerlarda 40,8-59,5; lalmikorlikda 26,0 s/ga. 

Navning texnologik va makaronboplik sifati yaxshi.



 

Istiqlol.    Melyanopus  turxiliga  mansub.  Biologik  bahori.  Doni  yirik,  oq,  ariqchasi  o’rtacha  oval-

cho’zinchoq. 1000 ta donning vazni 44,5-47,5 g.

 

Bo’yi  o’rtacha  balandlikda.  Yotib  qolish  va  to’kilishga  bardoshligi  5,0  ball.  Qishga  chidamli. 

O’rtacha hosildorligi 45,2-47,4 s/ga. Vegetasiya davri 198-204 kun.

 

Yaxshi texnologik va makaronboplik ko’rsatgichiga ega. 



 

Krupinka.  Leukurum turxiliga mansub.  Doni yirik, oq,  shishasimon, chuzinchoq, 1000 ta donning 

vazni 45-49 g, naturasi 780-820 g/l.

 

Nav  yarimpakana  (balandligi  80-85  sm),  yotib  qolish  va  to’kilishga  bardoshli.  Qishga  va 

qurg’oqchilikka  chidamligi  o’rtacha.  O’rtapishar.  Sariq  va    qo’ng’ir  zang  hamda  un  shudring 

kasalliklariga chidamligi bilan xarakterlanadi.




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish