15.4.G’allachilikning rivojlanishi, hozirgi axvoli va istiqbollari
O’zbekistonda 15-20 turdagi madaniy g’alla ekinlari 2,5-3 ming yillardan buyon ekiladi. Ammo,
g’allachilikning samaradorligidan to’laroq foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi.
G’alla yalpi maxsulotini ko’paytirish omillaridan oqilona foydalanish natijasida sug’oriladigan yer
resurslaridan foydalanish hamda g’alla ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining rentabellik darajasi
ko’tarildi. Masalan, 1990 yilda davlat buyurtmasi asosida sotilgan g’allaning rentabelligi davlat va
jamoa xo’jaliklarida mos ravishda 48,7 va 55,1 % ni tashkil etadi.
Ammo, respublikada yetishtirilgan g’alla unga bo’lgan minimum talabni ham qondira olmadi.
Uning non va omuxta yemga bo’lgan talabining yarmidan ko’prog’i sobiq ittifoq umumdavlat fondi
hisobiga to’ldirilgan edi.
O’zbekistonda mustaqil rivojlanish yillarida g’allachilikni tezroq rivojlantirish kompleks chora-
tadbirlari amalga oshirildi. Masalan, 2000 yilda 1990 yilga nisbatan g’alla ekin maydoni 603,8 ming
gektarga yoki 60 % ga kengaytirildi, uning hosildorligi mos ravishda 55 sentnerga yoki 29 % ga, yalpi
maxsulot miqdori esa 2017 ming tonnaga yoki 2,1 marta ko’paydi. Axoli jon boshiga g’alla ishlab
chiqarish 1960 yilda 93 kilogrammdan, 2000 yilda 161 kg yoki 1,7 marta ko’paydi.
2004 yilda respublika bo’yicha 5800 ming tonna yalpi g’alla hosili olindi. Uning ko’payishi
gektaridan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishildi. O’rtacha hosildorlik 38 s, 1990 yilga
nisbatan 13.7 s.ga yoki 56.4 foizga yuqori. Axoli jon boshiga 220 kg.ga yaqin g’alla ishlab chiqarildi,
unga bo’lgan minimum talabning taxminan 50-60 % ga tengdir. Qayd etish zarurki, 2004 yilda jaxon
mamlakatlari bo’yicha jon boshiga 400 kg don ishlab chiqarildi. Kanada va AQShda uning hajmi mos
ravishda 100 kg dan ortiqroqdir.
Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan g’allaning 80-85% ini bug’doy tashkil qiladi. Axolining
maxsulotlarga bo’lgan talabi respublikada ishlab chiqarilgan. Chorva hayvonlarining to’yimli don
ozuqalariga bo’lgan talabining 10 % i respublikada ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa paxta
kunjarasi, sheluxasi va boshqa qo’shimcha hamda qoldiq sanoat mahsulotlari bilan to’ldiriladi.
Respublikada keyingi 10 yilliklarda g’alla ishlab chiqarishning holatini asosiy ishlab chiqarish
ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (1-jadval).
2008 yilga kelib respublikada g’alla mustaqilligiga erishildi. Ya’ni shu yili 6621,6 ming tonna
g’alla ishlab chiqarildi. Shundan 91 % i bug’doyning hissasiga to’g’ri kelgan. 2014 yilda esa mos
ravishda 8050,5 ming tonna yoki 86 % ni tashkil etgan. Bu davrga kelibmakkajo’xori va sholining
salmog’i oshib borgan. Bug’doy ishlab chiqarish bo’yicha tibbiy me’yorlar darajasiga erishildi.
Respublikada guruchga, sifatli unga, serhosil navlar urug’iga va omuxta yemga bo’lgan talabi
qisman jaxon bozorlaridan sotib olinadi. Bunday tajriba normal jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |