263
Davlatning agrosanoat majmuini rivojlantirishga qaratilgan baho va moliya-kredit siyosati eng
avvalo quyidagi muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak:
mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashni rag’batlantirish va oziq-ovqat
xavfsizligiga erishish;
sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasida ekvivalent munosabatlarga erishish;
qishloq xo’jaligiga agosanoat majmuasi birligi va uning sferalari monopoliyasining salbiy
ta’sirini pasaytirish;
qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlaydigan
darajada daromadga ega bo’lishini qo’llab quvvatlash;
ishlab chiqarish samaradorligini o’stirishda, mehnat unumdorligini oshirishda, fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishga ko’maklashish;
mamlakat ichida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, yaqin va uzoq xorij bozorlariga
chiqish.
Baho va moliya-kredit mexanizmlari o’rtasida mustahkam aloqadorlik zarur bo’lib, ularning
qo’shilib ketishi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini me’yordagi joriy faoliyat va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun zarur daromadlar bilan ta’minlashi mumkin.
Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi mumkin:
-
erkin baholarning davlat boshqaradigan baholar bilan qo’shilib ketishi;
-
talab va taklif ta’siri ostida muvozanat bahosining vujudga kelishi;
-
qishlok xo’jaligi mahsulotlari bahosining va qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan sanoat
mahsulotlari bahosi bilan ekvivalentligini ta’minlash;
-
taklif bahosini hisoblashda me’yoriy usullardan foydalanish;
-
tovar ishlab chiqaruvchilarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun
yetarli darajada daromad bilan ta’minlash;
-
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va uning samaradorligini oshirish;
-
mahsulot sifatiga va uni sotish muddatlariga qarab baholarni tabaqalantirish;
-
qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish;
-
moliya-kredit munosabatlari va baholarning aloqadorligini optimallashtirish.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri muvozanat bahosining vujudga kelishidir.
Uning darajasi har bir tovar uchun talab va taklif teng kelganda, mos kelganda aniqlanadi. Ana shu
mos kelgan paytda baho bir vaqtning o’zida mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy
xarajatlarini aks ettiradi. Lekin amaliyotda har doim ham bunday bo’lavermaydi. Bu o’zaro aloqador
bir qancha omillarga bog’liq: monopoliyaning mavjudligi va sof raqobatning yo’qligi, inflyasiyaning
ta’siri va boshqalar. Qishloq xo’jaligida, shuningdek, renta omillarining va asosiy turdagi qishloq
xo’jaligi mahsulotlariga nisbatan past elastik talabning harakat qilishi muvozanat baholarining
harakat doirasini qisib qo’yadi. Qishloq xo’jaligida baholarning erkin vujudga kelishi boshqa
tarmoqlarga qaraganda chegaralangan, shuning uchun ularga nisbatan bu yerda davlatning
boshqaruvchi(tartibga soluvchi)lik roli ancha kattaroq bo’lishi kerak. Stixiyali bozor asosida
tarmoqlar qo’shimcha mahsulotlarning baho orqali qayta taqsimlanishi ba’zi tarmoqlarda turg’unlik
holatlarini va boshqalarni keltirib chiqarib, me’yoriy takror ishlab chiqarish asosini buzadi. Baho
munosabatlarini butun takror ishlab chiqarish jarayonida, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur
bo’lgan moddiy-texnikaviy resurslarni sotib olishdan boshlab to uni pirovard sotishgacha bo’lgan
jarayonida qarab chiqish kerak bo’ladi. Butun jarayon davomida daromadlarni qayta taqsimlash sodir
bo’ladi. Pirovard mahsulotni yaratishda qatnashuvchilar o’rtasida baho tarkibidagi xarajatlar va
foydaning salmog’i o’rtasida teskari bog’liqlik kuchayadi. Bu asosan qishloq xo’jaligiga tegishli
bo’lib, bu tarmoqda xarajatlar yuqori salmoqqa ega, jami foyda esa nisbatan oz salmoqni tashkil etadi.
Amaliyotda bozor sharoitida tovar va xizmatlarga baho shakllanishining bir qancha usullari
mavjud.
1.O’rtacha xarajatlar darajasi qo’shilgan foyda bo’yicha baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulot
tannarxiga bir xil qo’shimcha hisoblashdan iborat
264
2.Zararsizlikni ta’minlash va maqsadli foyda olish. Bu usul umumiy xarajatlarni va turli
darajadagi sotish hajmidan kutilayotgan tushumni taqqoslashga asoslanadi.
3.Mahsulotning real qiymatidan kelib chiqib baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulotga qo’yilgan
bahoning aniq miqdoriga xaridorlarning ta’sirlanishiga tayanadi.
4.O’rtacha joriy baholar darajasi asosida baholarni o’rnatish. Tovar ishlab chiqaruvchi asos qilib
raqobatchilar bahosini qabul qiladi va o’zining xarajatlariga va mahsulotga bo’lgan talabga e’tibor
qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: