Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

13.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi 

 

Qishloq  xo’jaligida  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bahoning  ko’pgina  turlari  qo’llaniladi.  Bu 

baholar tizimi orqali tovar ishlab chiqaruvchilar  bilan iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar 

o’rnatiladi. 

Ushbu baholar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 



erkin yoki shartnomali; 

 



tartibga solinadigan yoki boshqariladigan; 

 



ulgurji; 

 



chakana; 

 



taqqoslama; 

 



xarid. 

Erkin baholar – bu bozorda, tovarni sotishda hosil bo’ladigan baho. Erkin bahoni shartnomali 

baho ham  deyish mumkin. Chunki ikkovi ham o’rtada, ya’ni sotuvchi bilan xaridor manfaatlarini 

ko’zlagan holda shakllanadi. Bozorda erkin bahoning darajasi talab va taklif qonunlari talabiga asosan 

aniqlanadi. Lekin hozirgi kunda bizda bu jarayon juda qiyinchilik bilan kechmoqda. 

Tartibga solinadigan yoki boshqariladigan baholar – bu baho darajasi, tartibi davlat tomonidan 

tartibga  solinadigan  yoki  boshqariladigan  bahodir.  Bu  bahoda  davlat  asosan  asosiy  oziq-ovqat 

tovarlarini va qishloq xo’jalik xom-ashyolarini tartibga soladi.  Baholarni tartibga solishning asosiy 

usuli  oziq-ovqat  tovarlariga  savdo  qo’shimchalarining  aniq  miqdorini  o’rnatish  yoki  ayrim 

mahsulotlarning cheklangan rentabellik darajasini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek, bahoni tartibga 

solish alohida tarmoq va ishlab chiqarishga dotasiya berish orqali ham amalga oshiriladi. 

Ulgurji  baholar–bu  mahsulot  tayyorlovchi  korxonalarning  mahsulotlarini  buyurtmachi 

korxonalarga, shuningdek, tovarlarni ulgurji sotadigan tashkilotlarga sotishda amalga oshiriladigan 

baho. Bundan tashqari, ulgurji firmalarning yirik partiyadagi tovarlarni chakana savdo korxona va 

tashkilotlariga sotadigan bahodir. 

Ulgurji bahoning shakllanishi ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot birligiga to’g’ri kelgan 

kommersiya  harajatlari  miqdorini  o’rnatadi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ulgurji  baholarni 

o’rnatishda to’sqinlik qiluvchi omil bu raqobatdir. Raqobat bo’lmagan sharoitda ulgurji baholarning 

shakllanishi  bo’yicha  vazifani  ma’lum  bir  paytda  davlat  bajarishi  kerak.  Bu  eng  avvalo,  energiya 

resurslariga, transport xizmatiga va aloqaga taaluqlidir. 

Chakana  baholar  –  bu  baho  tovarlar  chakana  savdoda  sotilganda  shakllanadigan  baho.  Bu 

bahoning  asosida  ulgurji  baholar,  shuningdek,  korxona  va  tashkilotlarning  tovarlarni  chakana 

savdoda sotib olgandagi baholari yotadi. Korxonalar chakana savdoda ulgurji baholarga, muomala 

harajatlarini  qoplashni  va  ma’lum  bir  miqdorda  foyda  olishni  ta’minlaydigan  savdo  ustamalarini 

qo’shadilar.Savdo ustamasi tarkibiga qo’shilgan kiymat solig’i va maxsus soliqlar kiritiladi.

 

Taqqoslama baholar – bu baho mahsulot hajmi, tovarooborot, mehnat unumdorligi va boshqa 



ko’rsatkichlar  dinamikasini  o’lchash  uchun  foydalaniladi.  Taqqoslama  baholar  taqqoslanayotgan 

qiymat  ko’rsatkichlarning  dinamikasiga  baholar  o’zgarishining  ta’sirini  kamaytiradi.  Taqqoslama 

baholarni qo’llash, inflyasiya va baholarning o’sishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishni, savdoni 

rivojlantirish, real ish haqi, tovarlar iste’moli to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun imkon 

beradi. 

Xarid  baholar–bu  bahoda  davlat  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  sotib  oladi.  Bu  davlat 

buyurtmasi  shaklida  amalga  oshiriladi,  masalan,  paxta,  g’alla,  pilla  va  hokazolarga.  Bu  baholar 



 

 

260 



 

iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga iqtisodiy asoslangan 

xarid baholari deganda, davlat va tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini uyg’unlashtiradigan va 

qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  iqtisodiy  samaradorligini  oshirishga  imkon  beradigan  baholar 

tushuniladi. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlariga  baholarning  shakllanish  jarayoni,  tarmoqning  o’ziga  xos 

xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  o’z  xususiyatlariga  ega  bo’lib,  u  ko’p  jihatdan  tabiiy  iqlim 

sharoiti ta’sirini boshidan o’tkazadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida mulk va xo’jalik 

yuritish  shakllarining  rivojlanish  etapida  yer  unumdorligi  va  hayvonlar  mahsuldorligida,  ishlab 

chiqarish harajatlarida tafovutlar saqlanib qoladi. Bu tafovutlar bir tomondan tabiiy sharoitlardan va 

ikkinchi  tomondan,  iqtisodiy  sharoitlardan  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun  qishloq  xo’jaligida 

baholarning  shakllanishida  albatta  yuqoridagi  ikkita:  tabiiy  va  iqtisodiy  sharoitlarni  hisobga  olish 

zaruriyati kelib chiqadi. 

Xarid  baholarning  iqtisodiy  asoslangan  asosiy  tamoyillari  (prinsiplari)qilib  quyidagilarni 

ko’rsatish mumkin: 

1.Mahsulot  ishlab  chiqarish  harajatlarini  qoplashni  ta’minlash  zaruriyati.  Davlat  buyurtmasi 

hisobiga sotiladigan barcha mahsulot turlari bahosi barcha zonalarda me’yordagi sharoitda xo’jalik 

yuritadigan  barcha  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarining  mahsulot  ishlab  chiqarish 

harajtlarini qoplashi zarur. Xarid baholar eng avvalo mehnatga haq to’lash xarajatlarini va iste’mol 

qilingan ishlab chiqarish resurslari qiymatini qoplash imkoniyatini ta’minlashi kerak. 

2.Kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishni  va  iqtisodiy  rag’batlantirishni  ta’minlash  uchun 

jamg’arma  yaratish  zaruriyati.  Faqat  ishlab  chiqarish  harajatlarining  qoplanishi  har  qanday  tovar 

ishlab chiqaruvchi uchun oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shuning uchun xarid baholari 

faqat ishlab chiqarish harajatlarini qoplash bilan cheklanmasdan, balki kengaytirilgan takror ishlab 

chiqarishni yetarli foyda bilan ta’minlashlari va qishloq xo’jaligida yaratilgan sof daromadning bir 

qismini  davlatning  markazlashgan  fondiga  o’tkazishda  vosita  bo’lib  xizmat  qilishi  kerak.  Uning 

uchun baholar mahsulot tannarxidan yuqori va bir vaqtning o’zida mahsulot qiymatidan oshmasligi 

kerak. Agar baho mahsulot tannarxiga teng bo’lsa, u holda tovar ishlab chiqaruvchi foyda olmaydi, 

zarar  ham  ko’rmaydi.  Yaratilgan  sof  daromadning  hammasi  markazlashgan  davlat  fondiga  o’tadi. 

Unday  holatda  moddiy  rag’batlantirish  qoidasi  buziladi.  Baho  qiymatga  teng  bo’lsa,  unda  sof 

daromad fondga yuborilmasdan, tovar ishlab chiqaruvchida qoladi. Bahoning asosida qiymat yotadi, 

lekin  uni  aniqlash  o’ta  murakkab  shuning  uchun  xarid  baholarini  hisoblash  paytida  asos  qilib 

me’yoriy (normativ) tannarx va moddiy rag’batlantirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni 

ta’minlaydigan foydaning bir qismi qabul qilinadi. 

3.Baholarning  zonalar  bo’yicha  tabaqalanishi.  Respublikamizda  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun turli tabiiy iqlim sharoitlari mavjud. Bu esa mahsulotni ishlab 

chiqarish  harajatlarining  notekisligini  keltirib  chiqaradi.  Buni  paxta,  g’alla  va  boshqa  qishloq 

xo’jaligi ekinlari misolida ko’rish mumkin. Shuning uchun yomon tabiiy iqlim sharoitidagi zonalarda 

ancha  yuqori  baho,  yaxshi  sharoitdagilarda  esa  past  baho  bo’lishi  kerak.  Baholarning  zonalar 

bo’yicha  tabaqalanishi  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  o’rtasida  daromadlarni  ancha  teng,  iqtisodiy 

asoslangan holda taqsimlanishini ta’minlaydi, ularning mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishdagi 

moddiy qiziqishini kuchaytiradi. Amaliyotda undan foydalanish talabga javob bermaydi. 

4.Mahsulot sifatiga qarab baholarning tabaqalanashi. Sifat tovarning bahosida albatta o’z aksini 

topadi. Shuning uchun sifati yaxshi bo’lgan tovarlar tez xarid qilinadi. Davlat baho vositasida tovar 

ishlab chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga qiziqtiradi. 

5.Mahsulotni sotish muddatlariga qarab baholarning tabaqalanishi. Ertagi sabzavot ekinlari va 

issiqxonalardagi  sabzavotlar  va  ko’katlar,  kech  yetishtiriladiganlariga  nisbatan  ancha  yuqori 

baholarda sotiladi. Bu ancha qiyin sharoitda mahsulot yetishtiruvchilarning qo’shimcha harajatlarini 

qoplash imkoniyatini beradi. 

6.Qishloq xo’jaligi va sanoat o’rtasida doimiy ravishda ayirboshlash amalga oshadi. Ma’lumki, 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko’pgina qismini davlat buyurtmasi 

hisobiga  davlatga  sotadilar,  davlat  (sanoat)  ham  o’z  navbatida  qishloq  xo’jaligiga  mashinalar, 




 

 

261 



 

uskunalar, jihozlar,  yoqilg’i, elektr energiyasi, qurilish va ta’mirlash materiallari, mineral o’g’itlar 

sotadi. Bularning qiymati qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxiga qisman yoki to’liq qo’shiladi. Bu 

esa,  ya’ni  qishloq  xo’jaligida  qo’llaniladigan  sanoat  tovarlarining  qiymati  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qilinadigan harajatlarni qisqartiradi yoki oshiradi degani. 

Agar sanoat tovarlarining bahosi ularning qiymatidan yuqori bo’lib, qishloq xo’jaligida xarid 

baholari  haqiqiy  ishlab  chiqarish  harajatlaridan  past  bo’lsa  yoki  teng  bo’lsa,  unda  noekvivalent 

ayirboshlash  sodir  bo’ladi,  ya’ni  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  o’zlari  yaratgan 

qiymatning bir qismini sanoatga berib yuboradilar. 

Agar  aksincha,  xarid  baholari  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  haqiqiy 

harajatlaridan  ancha  yuqori  bo’lib,  sanoat  tovarlari  bahosi  ularning  ishlab  chiqarish  harajatlarini 

qoplamasa yoki teng bo’lsa, unda yana noekvivalent ayirboshlash sodir bo’ladi. 

Faqat  qat’iy  tartib  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  sanoat  tovarlariga  ekvivalent 

ayirboshlashgina, ya’ni sanoatdagi mehnat miqdoriga qishloq xo’jaligi mahsulotlariga sarflanadigan 

mehnat  miqdori  teng  bo’lgandagina,  sanoat  va  qishloq  xo’jaligini  mutanosib  (proporsional) 

rivojlantirishni ta’minlash imkoniyati bo’ladi. 

7.Xarid baholarning barqarorligi va harakatchanligi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining xarid 

baholari nisbatan barqaror bo’lishi kerak, ya’ni ma’lum bir davr mobaynida o’zgarmaydigan bo’lishi 

kerak. 

Barqaror baholar tovar ishlab chiqaruvchilarda sotilgan mahsulot uchun ma’lum bir miqdorda 

pul  daromadini  olishga  ishonch  paydo  qiladi.  Xarid  baholarining  uzoq  muddatda  barqaror  bo’lib 

turishi  ham  ba’zi  ob-havo  noqulay  kelgan  yillarda  ijobiy  hisoblanmaydi,  chunki  mahsulot  sotish 

hajmining  kamayishi  barqaror  baholarda  daromadning  kamayishiga  va  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarning iqtisodiy holatining barqarorlikdan chiqishiga olib keladi. 

Xarid  baholarning  harakatchanligi  ularning  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  sarflanadigan 

ijtimoiy zaruriy harajatlari o’zgarishini bildiradi. 

8.Mamlakat ichida bozor kon’yukturasini va jahon bahosi darajasini hisobga olish.  Iqtisodiy 

asoslangan  harid  baholariqishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  taklifini,  unga  bo’lgan  talab  holatini,  mos 

ravishda ichki bozordagi shakllanadigan baholar darajasini hisobga olishi kerak. 

Boshqa tomondan, xarid baholarining miqdori jahon baholari darajasiga mos kelishi yoki unga 

yaqinlashishi  kerak.  Aynan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlariga  jahon  bahosi  darajasi  hozirgi  davrda 

harajatlar  va  samaradorlikning,  mahsulot  sifatining  ijtimoiy  zaruriy  darajasiga  haqqoniy  o’lchov 

bo’lishi mumkin 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish