Korxonalarning sifatli ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash xodimlarga mehnat jarayonida
ham va ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida ham me’yordagi sharoit yaratishni talab qiladi.
Bu vazifani bajarish ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari zimmasiga yuklatiladi.
Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat
qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir
qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy
sharoitlarini yanada yaxshilashdir. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot
yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini me’yor darajasida rivojlantirish uchun
sharoit yaratadi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali
kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq
joylarida samarali ishlashlariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini
241
ta’minlaydi. Bo’linmalar ham korxona xodimlari, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy
ehtiyojlarini kondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy infratuzilmada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari aks
ettiriladi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari, qishloq xo’jaligi korxonalari resurslari va aholining pul
mablag’lari hisobiga, hamda uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari,
poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni rivojlantirish davlat investisiyasidan samarali
foydalanish yo’li bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy bo’linmalar nafaqat qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlarga, balki korxona hududida yashovchi aholining boshqa
qatlamlariga ham xizmat ko’rsatadi. Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xo’jalik hududi bo’yicha
bo’lib-bo’lib joylashtirilsa, ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jaligida ishlab
chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari ishida ham o’z izini
qoldiradi. Uning yaratilishi va rasional harakat qilish, shu obyektlar joylashgan qishloq xo’jaligi
korxonalari iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liq. Ijtimoiy infratuzilma bo’linmalarining
vujudga kelishiga xo’jaliklar zarur bo’lgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga uy-joy kommunal xo’jaligi bo’linmalari
tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, o’quv ishlab
chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmatlar, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari,
ishchi va xizmatchilarga xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha
xizmatlarni maqsadli yo’naltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va ishlab
chiqarish jarayonida qatnashishi bo’yicha ikki guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga xo’jalik bo’linmalariga joylashgan, korxona mablag’lari hisobiga qurilgan va
ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika xavfsizligi, mehnat sharoitlarini
yaxshilashga yo’naltirilgan obyektlar tegishli. Bu guruhga dehqonchilik bo’linmalari va chorvachilik
fermalaridagi maishiy xonalar, bo’linmalar umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar,
oshxonalar) punktlari, sog’liqni saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari,
ma’naviyat burchaklari), yong’inga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik
komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda va dala shiyponlarida joylashtiriladi.
Ikkinchi guruhni davlat resurslari va agrosanoat birlashmalari va yirik korxonalarning maxsus
vositalari hisobiga barpo etilgan va aholining kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun
mo’ljallangan, qishloq xo’jaligi korxonalari aholi punktlari hududida joylashgan obyektlar tashkil
qiladi. Bularga uy-joy kommunal xo’jaligi obyektlari, maishiy xizmat korxonalari, sog’liqni saqlash
(poliklinikalar, kasalxonalar, ambulatoriyalar), sport muassalari, maktablar va maktabgacha
muassasalar, madaniyat uylari va klublar, savdo tashkilotlari tegishlidir. Ijtimoiy infratuzilmaning bu
obyektlari ijtimoiy kelib chiqishidan va mehnatning kaysi sohaga yo’naltirilganligidan qat’iy nazar
qishloq joylarda yashovchi barcha aholiga xizmat qilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: