Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi
va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o’z ichiga
oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo’jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi
Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko’rsatuvchi xizmat va bo’limlar ham kiradi:
240
3.Veterinariya;
4.Sun’iy qochirish;
5.Texnika ta’mirlash;
6.Huquqiy.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida
muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining konfigurasiyasi bilan
ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo’llar, korxonalarning, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi,
qo’llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu
omillar ko’p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo’jalik
bo’linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga
bog’liq. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari obyektlari bilan ta’minlanishi uzoq
yillardan beri ancha past yoki o’zgarmasdan qolmokda edi.
Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo’nalishi bo’lgan, qishloq xo’jaligini qishloq
xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash bo’yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish,
avtogarajlar, texnikalarni saqlash,hayvonlar va maydonchalar qurish, neft omborlari va yoqilg’i
moylash materiallari uchun saqlash joylari qurish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydigan
darajada edi.
Qishloq xo’jaligida hozir ham ishlab chiqarish obyektlarini elektrlashtirish uchun va elektr
uzatish liniyalarini ko’rish uchun yetarlicha mablag’ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va
chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizasiyani qo’llashni qiyinlashtiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va
yo’qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini
pasaytirishda namoyon bo’ladi.
Ishlab chikarish infratuzilmasi iktisodiy samaradorligining asosiy kursatkichi bulib,
infratuzilma bo’linmalari, xizmatlari va obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarning qoplanishi
hisoblanadi. Uni hisoblashda kuyidagi formuladan foydalaniladi:
MX
PMQ
=
XK
Bu yerda XK –ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajatlarining qoplanishi,so’m;
PMQ- qishloq xo’jaligi pirovard mahsulotining qiymati, so’m;
MX- ishlab chiqarish infratuzilmasiniyaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so’m
Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari
qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: