10.3. Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash
usullari
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi deganda, rejadagi yoki
haqiqatdagi erishilgan samarani, shu samaraga erishishga olib kelgan kapital qo’yilmalarga nisbati
tushuniladi. Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini hisobga olish va tahlil
qilish uchun ko’rsatkichlar sistemasidan foydalaniladi. Qaysi maqsadda aniqlanishiga qarab kapital
qo’yilmalarning umumiy(absolyut) yoki taqqoslama iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Kapital
qo’yilmalarnig umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligi kapital qo’yilmalarning natijasini
baholashda, shuningdek rejalashtirishda va loyihalashtirishda, qaysiki sof mahsulot, sof daromad
yoki foydani aniqlash imkoniyati bo’lganda hisoblaniladi. Kapital qo’yilmalar iqtisodiy
samaradorligi umumiy(absolyut) koeffisiyenti, shuningdek kapital qaytimi ko’rsatkichi (Kkay), sof
mahsulot, sof daromad yoki foydaning qo’shimcha o’sishini shu o’sishni ta’minlagan kapital
qo’yilmalarga nisbati bilan o’lchanadi:
;
yil
KQo'
F
:
SD
:
SM
Kqay.
=
Kapital qo’yilmalar, agarda olingan umumiy(absolyut) samaradorlik koeffisiyenti
normatividan kam bo’lmasa, shuningdek oldingi haqiqatdagidan kam bo’lmasa samarali
hisoblanadi. Kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligining teskari ko’rsatkichi
ularning qoplash muddati hisoblanadi (KM) va kapital sig’imi ko’rsatkichi deyiladi.
;
F
:
SD
:
SM
yil.
KQo'
QM
=
Qoplash muddati, samaradorlikning teskari ko’rsatkichi bo’lganligi uchun u quyidagicha ham
hisoblanadi:
;
KQayt.
1
QM
=
231
Kapital qo’yilmalar, boshqa barcha teng sharoitlarda qisqa muddatlarda qoplansa, u ancha
samarali hisoblanadi. Masalan: 0,07 koeffisiyenti kapital qo’yilmalarning 14 yilda qoplanishini
bildiradi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek yerdan - bosh
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni yaxshilash bilan ham ifodalanishi mumkin. Shuning
uchun kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligini bilvosita ko’rsatkichi 1ga qishloq
xo’jaligiga mo’ljallangan yerga yoki 1 ga haydaladigan yerga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi yalpi
mahsulotining(qiymat shaklida) qo’shimcha o’sishi hisoblanadi.
;
HYe
yoki
YaYe
Q/X
SM.YaM
KQay.
=
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligini,
shuningdek, kapital qo’yilmalar hisobiga mehnat unumdorligining oshishi va mahsulot yoki
bajarilgan ish tannarxining pasayishi bilan ham xarakterlanadi.
Mehnat xarajatlarini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
Xb
-
Xa
X
Absolyut
=
100
*
Xa
Xb
-
Xa
X
Nisbiy
=
bu yerda: X-mehnat xarajatlarini pasayishi, k/s, %;
Xa-kapital qo’yilmagacha mehnat xarajati, k/s;
Xb-kapital qo’yilmadan keyingi mehnat xarajati, k/s.
Mahsulot va bajarilgan ishning tannarxini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
Tb
-
Ta
T
Absolyut
=
100
*
Ta
Tb
-
Ta
T
Nisbiy
=
bu yerda: T-tannarxnning pasayishi so’m, %;
Ta-kapital qo’yilmagacha tannarx, so’m;
Tb-kapital qo’yilmadan keyingi tannarx, so’m.
Kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi xo’jalik bir qancha variantlarini,
yangi texnikani joriy qilishni, harakatdagi korxona yoki alohida inshoatlarni rekonstruksiya qilish
yoki yangisini qurishni taqqoslashda ishlatiladi. Kapital qo’yilmaning taqqoslama iqtisodiy
samaradorligi ko’rsatkichi eng qulay variantda keltirilgan xarajat miqdori ko’rinishida hisoblanadi.
(KX)
MK
*
KQ
+
X
=
KX
bu yerda: X-joriy ishlab chiqarish xarajatlari(tannarx), so’m
MK-kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti.
Keltirilgan xarajatlar o’z ichiga joriy ishlab chiqarish xarajatlarini va kapital qo’yilmalar
taqqoslama iqtisodiy samaradorligi bir xil miqdorda yagona me’yoriy koeffisiyent orqali keltirilgan
232
kapital qo’yilmalarni oladi. Qishloq xo’jaligi uchun kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy
samaradorligi me’yoriy koeffisiyenti 0,12 ga teng deb tavsiya qilingan, o’simlikchilik uchun – 0,20,
chorvachilik uchun – 0,08. Bu shuni bildiradiki, mahsulot tannarxi pasayishidan qilingan tejam 1
so’mlik qo’shimcha kapital qo’yilmaga mos ravishda- 12; 20 va 8 tiyindan kam bo’lmasligi kerak.
Taqqoslanayotgan variantlarda keltirilgan xarajatlar summasi qancha oz bo’lsa, boshqa barcha
teng sharoitlarda kapital qo’yilma shuncha samarali bo’ladi.
Quyidagi misolda bu yaqqol ko’zga tashlanadi:
I-variant II-variant
T 8800 m.s 10560 m.s
KK 26400 m.s 17600 m.s
MK 0,12 0,12
I-variant: KX=8.800+26.400*0,12=8.800+3.168=11.968 ming so’m
II-variant:KX=10.560+17.600*0,12=10.560+2.112=12.672 ming so’m
Misoldan shu narsa ko’rinib turibdiki, boshqa teng sharoitlarda I variant garchi u 1,5 baravar
ko’p kapital qo’yilma talab qilsa ham ancha samarali. Keltirilgan xarajat I variantda 11698 ming
so’m, II variantda esa 12672 ming so’m bo’lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |