Bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib o’zining tashqi shaklini, ko’rinishini to’la
o’zgartiradigan, qiymatini mahsulot tannarxiga to’la o’tkazadigan vositalarga aylanma vositalar
deyiladi. Bularga yosh mollar, parrandalar, yem-xashak, yoqilg’i moylash materiallari, asbob-
uskunalar va bir yilda o’zining xizmat muddatini tugatadigan inventarlar kiradi.
Muomaladagi fondlarga esa sotish uchun tayyorlangan mahsulotlar va pul mablag’lari kiradi.
Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar sanoatdagi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridagi
-Ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi munosabati bilan aylanma vositalar aylanishining
ko’pga cho’zilishi. Shuning uchun aylanma vositalarini avanslashtirish me’yoriy miqdorda va uzoq
184
-Mehnat predmeti xarajatlarining notekisligi va ularning oborotdan chiqib ketishi qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi sababli yilning turli davrlarida ular tarkibining keskin
o’zgarishiga sabab bo’ladi. Qishda aylanma vositalar urug’, yem shaklida zahirada turadi, yozda esa
ularning katta qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflanadi.
-Aylanma vositalarning bir qismi ichki xo’jalik oborotida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining anchagina qismi sotilmaydi, balki natural shaklda (urug’, yem-xashak) qaytadan
ishlab chiqarish jarayoniga kelib tushadi.
-Xo’jalik yuritishning turli tuman shakllari sharoitida aylanma vositalar nafaqat davlat, balkim
dehqon xo’jaligi va jamoa mulki bo’lishi mumkin. Shu boisdan ular moliyalashtirish manbalari va
me’yorlashtirish usullaridan farq qilishi mumkin.
Qishloq xo’jaligida aylanma vositalar shakllanish manbalari bo’yicha ikkiga bo’linadi:
1.
Xususiy.
2.
Qarzga olingan.
1.Xususiy vositalar-bu davlat korxonalarida, kooperativlarda, aksiyador jamiyatlarida, ijara
kollektivlarida, dehqon xo’jaliklarida doimiy foydalanilayotgan aylanma vositalarning bir qismidir.
Barcha xo’jalik yuritish shakllarida aylanma vositalarni to’ldirish manbai sof daromad va foyda
hisoblanadi. Aylanma vositalar bir-biridan, ularni baholash usullari bo’yicha ham farq qiladi:
-Qishloq xo’jaligining o’zida chiqadigan o’tgan yilgi va joriy yilgi mehnat predmetlari haqiqiy
tannarxi bilan baholanadi.
-Sanoatdan olinadigan mehnat predmetlari haqiqiy xarajatlari (sotib olish va yetkazish
xarajatlari) bo’yicha baholanadi.
-Ijara jamoalaridagi mehnat predmetlari yagona ichki xo’jalik baholari bo’yicha baholanadi.
2.Qarz hisobiga shakllanadigan aylanma vositalartovar-moddiy boyliklarning me’yordan
ortiqcha qoldiqlari va mavsumiy xarajatlari uchun olingan kreditlarni bildiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma mablag’lar ulardagi aylanma fondlar va muomala
fondlaridan tashkil topadi.
Aylanma fondlarni o’zlarining ichidagi o’rniga qarab 2 guruhga bo’linadi:
1.Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlarga - yosh mollar va boquvga ajratilgan hayvonlar,
parrandalar, kelgusi yil uchun qilingan xarajatlar kiradi.
2.Ishlab chiqarish zahiralari, yem-xashak, urug’lik, ko’chatlar, ehtiyot qismlar, tez eskiradigan
vositalar va boshqa buyumlar kiradi.
Aylanma mablag’larning manbalari 2 ga bo’linadi: o’ziniki va sotib olingan aylanma mablag’lar.
AYLANMA VOSITALAR
Muomila fandlari
Moddiy aylanma vositalari
Pul vositalari
Tugallanmagan ishlab
chiqarish
Ishlab chiqarish
zahiralari
Tayyot mahsulotlar
O`g`it va
yadoximikatlar
Boquvdagi
mollar
Boshqalar
Yoqilg`i
Bazadagi
qora mollar
Zahira qismlar
Urug`chilik
Dehqonchilik
CHorvachilik