Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   276
 
13.2.5. “Ajoyib at-tabaqot” 
“Ajoyib at-tabaqot” (“Er qatlamlarining ajoyibotlari”)-daliliy 
malumotlarga boy, kam wrganilgan geo-kosmografik asar. Bir qancha tarixiy, 
geografik va kosmografik asarlar h’amda sayёh’larning esdaliklari va 
muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida ёzilgan bwlib, Wrta Osiёning XU!-
XU11 asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid malumotlarga boy. 
“Ajoyib at-tabaqot” mavlono sayyid Muh’ammadToh’ir tarafidan Balx 
xoni Ashtarxoniy Nadr Muh’ammadxon (1606-1642 yy.)ning topshirig’i bilan 
ёzilgan. Muallif asarning muqaddimasida keltirilgan ayrim malumotlarga 
qaraganda, mazkur xon saroyida xizmat qilgan olimlar jumlasiga kirgan. 
“Ajoyib at-tabaqot”ning ёzilish tarixini quyidagi dalillarga asoslanib 
belgilash mumkin. Muh’amad Toh’ir asarining “Balx” qismida Xoja h’ayron 
Qishlog’idagi h’azrat Ali (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan h’ashamatli 
bino h’ijriy 886 yilda shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy va uning otasi 
Muh’ammad Sabz tarafidan qurilganligini aytadi va shundan beri 172 yil wtdi, 
deb  ёzadi. Shu 172 ga 886 (bino qurilgan yili)ni qwshadigan bwlsak, 1648 yil 
kelib chiqadi. Shunga asoslanib, asar h’ijriy 1058, melodiy 1648 yili ёzilgan deb 
aytish mumkin. 
Muh’ammad Toh’ir wz asarini ёzishda «Majmu ao-g’aroyib»dan tashqari 
al-Battoniy (852-929 yy.), Abu Rayh’on Beruniyning «Qonuni Masudiy», 
«Javoirnoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin Tusiy, 
Narshah’iy va boshqa olimlarning asarlaridan foydalangan. 


 
172
“Ajoyib at-tabaqot” kam wrganilgan, nashr etilmagan. Uning uchinchi 
qismi, tabaqa katta ilmiy qimmatga ega. Unda Wzbekistonning Samarqand, 
Toshkent, Andijon, Termiz va boshqa shah’arlari, shuningdek Sharqiy 
Turkiston-Koshg’ar va Afg’oniston h’aqida qimmatli malumotlar uchraydi. 
WzR FA Sharqshunoslik instituti fondida ushbu asarning uchta qwlёzma 
nusxasi (raqamlari № 411,2380 va №9654) mavjud. Ularning yana bir qimmatli 
tomoni shundaki, chiroyli nastaliq xati bilan bitilgan, unvon va sarlavh’alari 
rangli va tillo suvi berib ёzilgan, Kaba va payg’ambarimiz Muh’ammad 
alayh’issalomning Madinadagi muborak qabri tasviri h’am keltirilgan. 
Kitobda shah’arlar tavsifi bah’oli imkon twliq berilgan. Namuna sifatida 
Balx va Qubodiёn shah’arlari h’aqida berilgan tavsifni keltiramiz. 
“Balx – ulug’ shah’ar, Xurosonga qaraydi, twrtinchi iqlimga kiradi. Uni 
qadimgi Eron podshoh’laridan Kayumars qurgan, Tah’muras obod qilgan, 
Luh’rasip qaytadan qurib, tevarak atrofini pishiq devor bilan wrattirgan. Bir 
rivoyatga kwra, uni birinchi bunёd qilgan kishi Qobil ibn Odam..., boshqa 
rivoyatga kwra shoh’ Gishtosip Ayyub payg’ambarning amri bilan 
qurdirgan...Uchinchi rivoyatda keltirilishicha, (uni) Minucheh’r ibn İroj bino 
qilgan. “Tarixi Balx”
92
 kitobida ёzilishicha, Balxning qalasi (kwp bor) vayron 
qilingan va 22 marta qaytadan tiklangan. Balxning eng swnggi imoratibir vaqtlar 
Xuroson h’okimi bwlib turgan Abu Muslim Marvoziy tarafidan qurdirilgan. 
Undan keyin shah’id etilgan Abdulmwminxon
93
 shah’arning g’arbiy va janubiy 
taraflardagi devorni tamirlatgan. Uning uzunligi 20 mign qadam. 
Shah’ar ikki qismdan; tashqi shah’ar (shah’ri birun) va ichkm shah’ar 
(shah’ri darun)dan iborat. 
İchki shah’ar arkdan iborat. Ark shah’arga asos solingandan beri ulug’ 
podshoh’lar va qudratli xonlarga makon bwlib xizmat qilgan...Hozirgi kunlarda 
h’am shunday. Balx shah’ri Meh’robi sangin deb ataluvchi bir masjid bor. Ushbu 
rivoyatni aytuvchining h’ikoya qilishicha, shah’arga mwminlar h’ukmdori 
h’azrat Alining (xudo undan rozi bwlsin), maktubini olib kelganlarida, uni 
balandroq bir joydan ovoza qilmoqchi bwldilar, toki uning mazmunidan h’amma 
yuaxtiёr bwlsin. Baxtga qarshi shu payt qattiq shamol turib, maktubni uchirib 
ketdi. Bir payt mwminlar Makkani ziёrat etib yurganlarida bir (seh’rli) tosh va 
undagi ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvja (h’azrat Alining) wsha maktubi bitilgan 
ekan. (Shu sabadan) toshni muqaddas h’isoblab, (Balxga) olib kelganlar va wsha 
masjidning meh’robiga wrnatgan ekanlar. Boshqa bir rivoyatda bunday gap bor; 
toshni olib kelganlaridan keyin uni uch qismga bwlganlar va bir bwlagini wsha 
masjidda (Muh’robi sanginda) qoldirganlar, yana bir parchasini tashqi 
shah’arning (shah’ri birunning) janubiy tarafida, shah’ardan bir milya
94
 narida 
joylashgan Masjidi xoja Nwh’ gunbadon masjidiga olib borib wrnatganlar. 
                                                 
92
  «Тарихи  Балх» – шайхулислом  Сафиуддин  Абубакр  Абдулла  ал-Балхийнинг  асари.  Ҳақиқий  номи 
«Фозоили Балх».
 
93
 Абдулмўъминхон –Шайбоний хонлардан, 1598 йили олти ой Бухоро тахтида ўтирган, унга қадар Балхни 
идора қилган.
 
94
 Миля – турли мамдакатларда турлича бўлган масофа ўлчови, тахминан 7 метрга тенг.
 


 
173
Malumki, Nwh’ gunbadon nur taratuvchi manzil bwlib, Qab al-axbor 
h’azratlarining, undan xulo rozi bwlsin, eikr etilgan mozorda yuino qilingan. 
Nwh’ gunbadon masjidi gwzal va mustah’kam bir binodir. Aytishlaricha, 
Chingizxon xuruji paytida Balxob darёsini shah’arga burib yuborganlar. 
Ushanda masjid olti oy suv ostida qolib ketgan. Lekin uning qoldiqlari h’ali 
h’anuz saqlanib qolgan. Zikr etilgan toshning uchinchi qismini shah’arning kun 
chiqish tarafida, undan ikki farsang narida joydashgan Xoja Xayron qishlog’ida 
bino etilaёtgan masjidning meh’robiga wrnatdilar. Qishloqning kun chiqish 
tarafida, undan 100 zira
95
 masofada mwminlar amiri Ali ibn Abu Tolibning qabri 
topilgan. Va h’aq ywlga tushib olganlar namunasi janob mavlono Binoiyki, 
malumotli va binokorlik ilmida tengi ywq kishi edi, avvalgi binokorlarning 
h’arakati beh’uda ketgan va bino bwsh qurilgan deb h’isoblab, h’ijriy 886 yili, 
padari buzrukvori bilan birgalikda wsha muqaddas mozorda pishiq g’ishtdan 
baland bir bino qurdi. Lekin, wsha bino, qurilganiga 170 yil wtganiga qaramay, 
uning biror joyi buzilmagan. (Alloh’ tarafidan) mag’firatli qilingan marh’um 
Vali Muh’ammadxon (1601 yili) Balxga h’ukmdor etib tayinlangandan keyin 
balandligi taxminan 30 zira, aylanasi bir jarib
96
 bwlgan bir oliy bino qudirdi va 
uning (tevarak-atrofini) obod qildi. Atrofida (gwzallikda) Chmn sanami bilan 
bellasha oladigan bir chorbog’ va uning ichida 18 ta chamanzor qurdirdi. Wsha 
chorbog’ning shimoliy tarafida jannat bulog’iga wxshagan bir h’ovuz h’am 
qurdirdi. 
Balxning tashqi shah’arida (shah’ri birunda) va valiylar qutbi xoja Abu 
Nasr Porsoning
97
 obod mozori bor. Bu mozorning aylanasi taxminan 15 jarib. 
Ushbu muqaddas maqbaraning kun botish tarafida ikkita katta masjid bor. Har 
chorshanba kuni, peshin namozidan keyin, wsha saodatli maqbara tevaragida 
donishmand kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yig’ilishadi. Sufiylar bosh 
egib, yarim oh’angda (bir birlari bilan) suh’batlashadilar, ulamolar 
bah’slashadilar, shuaro mushoira va h’azil-mutoyibaga bel bog’laydi. Suh’bat 
shu zaylda kechgacha davom etadi. 
Va yana wsha tashqari shah’arda (shah’ri birunda) shayx Shaqiqi Balxiy 
h’azratlarining, shuningdek jabrlangan xoja İsh’oq va boshqa valiylarning 
maqbaralari joylashgan. 
Va yana shah’arning kunbotar tarafida Sulton İbroh’imning twng’ich 
wg’li Adh’am Soqaning nurga chwmgan maqbarasi joylashgan. Shu kunlarda bu 
maqbara Xoja rushnoyi nomi bilan mashh’ur. 
Va yana mazkur shah’arning janub tarafida xoja Sulton Ah’mad 
Hazraviya janoblari va ul kishining ёsdiqdoshi Bibi Fotimaning maqullangan 
maqbaralari joylashgan. 
Va yana shah’arning kunchiqar tarafida xoja Ukkosha janoblarining 
maqbul maqbarasi joylashgan.  
Qubodiёn. Movarounnah’rning katta qishloqlaridan, twrtinchi iqlimga 
kiradi. Qayqubod ibn İroj asos solgan. Aytishlaricha, Zol wg’li Rustam 
                                                 
95
 Зираъ-узунлик ўлчови, 81,28 сига тенг.
 
96
 Жариб-ер ўлчови, бир таноб, 4097 кв.метрга тенг.
 
97
 Хожа Абу Наср Порсо – Балх шайхулисломи, тахминан 1460-61 йили вафот этган.
 


 
174
Qayqubodniwsha erdan Eronga olib kelib taxtga wtqizgan. Bu viloyat qadimda 
Qubodobod deb atalgan. Keyincha Qubodiёn nomi bilan shuh’rat topgan. 
Hozirgi paytda oliy h’azrat, Alloh’ning erdagi soyasi Nadr Muh’ammadning 
adlu eh’soni tufayli u qadar obod bwldiki, h’ar kimning u viloyatdan wtadigan 
bwlsa elkasi devor va daraxtlarning soyasiostida bwladi. Ob-h’avosi yumshoq. U 
erda turli navdagi shirin-shakar mevalar kwp etishtiriladi. Xususan, anori kwp 
mashh’ur. U viloyatda qovun va uxum sotish odati ywq. Ularni bir xarvardan 
kam bwlsa pulga sotmaydilar va sotib olmaydilar, balkim h’arkim istiganicha 
olishi mumkin.Egalari bunga monelik qilmaydilar. 
Xalqi meh’ribon va meh’mondwst. Meh’mon uchun aloh’ida xona 
tutadilar. Odamlari wqishga ixlosmand, aksariy qishloqlarda madrasa va 
mudarris bor». 
“Ajoyib at-tabaqot” asarida Toshkent, Andijon, Farg’ona, Samarqand va 
Wzbekistonning boshqa shah’arlari h’aqida h’am mana shunday malumotlarni 
uchratamiz. 
Mazkur asarning yana bir muh’im tarafi shundaki, unda qimmatbah’o 
toshlar va metall va ularning konlari h’aqida h’am etiborga molik malumotlar 
bor. 
Shuni h’am aloh’ida takidlab wtish lozimki, mazkur asarda Abu Rayh’on 
Beruniyning “Javoh’inoma” asarining bizning zamonamizgacha etib kelmagan 
nusxalarida tushib qolgan parchalar uchraydi. Bu parchalar buyuk olimning 
mazkur yirik asarini qaytadan nashr qilishda juda zarurdir. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish