Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   276
13.2.6. “Dili g’aroyib” 
“Dili g’aroyib” wzbek tilidagi geo-kosmografik xildagi, kwp jih’atdan 
umumlashtirma asar bwlib, 1831-1832 yili xivalik olim Xudoyberdi ibn 
Qwshmuh’ammad tarafidan Rah’monquli inoqning topshirig’i bilan ёzilgan. 
Muallif wzini bir joyda Swfizoda deb ataydi. Shunga qaraganda, otasi 
Qwshmuh’ammad ibn Niёzmuh’ammad Xiva masjidlarining birida swfilik 
qilgan va Kubroviya tariqatiga mansub bwlgan.  
Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad keng malumotli, arab va fors tillarini 
yaxshi bilgan kishi bwlib, asosan tarjimonlik bilan shug’ullangan. U asosan 
tarixiy va geografik asarlarni wzbek tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan. 
Masalan, u Shermuh’ammad Munisning topshirig’i bilan Sharafuddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma” asarini 1823-1826 yillari forschadan wzbek tiliga 
qisqartirib tarjima qilgan. 
“Dili g’aroyib” umumlashtirma asar, yani Mah’mud ibn Valining “Bah’r 
ul-asror” va mavlono Muh’ammad Toh’irning “Ajoyib ut-taboqot” asarlariga 
taqlid qilib ёzilgan va unda aniq malumotlar kam uchraydi. Undagi Xorazm va 
uning shah’arlari h’aqidagi malumotlar qimmatlidir. Misol tariqasida bazilarini 
keltiramiz; 
Xorazm mamlakati. U katta mamlakat. Bir tarafdan Sayxun darёsi bilan, 
ikkinchi tarafdan h’ozirgi paytda Baqirton nomi bilan mashh’ur bwlgan Oq 
qwrg’on bilan, uchinchi tarafdan chwl bilan va twrtinchi tarafdan bir xamonlar 
Faridun tarafidan qazdirilgan nah’rning shimoliy tarafida joylashgan Wnguz otli 


 
175
manzil bilan tutash. Xorazmning yana bir tarafida Saroy sulton joylashgan. Bu 
h’adlar orasida katta-kichik qalalar va kentlar joydashgan. Xorazmning janubiy 
tarafida Qizilqum bwlib, unda saksovul wsadi. 
Qadimda Xorazmning wn twrt darvozali shah’arlari kwp bwlgan. 
Shulardan biri Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bwlgan. 
Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdarёdan olib kelingan. Bu shah’arning 
joylashgan wrnini quyidagicha belgilaganlar. Uning kunchiqish tarafida Bag’lon 
va shimol tarafida Oqcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot 
joylashgan. Ularning (Gurganjning) xarobalikka yuz tutishi, aytishlaricha, suv 
bwlmay qolishi sabadan bwlgan. Sirdarёdan kelib turgan suv ziroatiga etmay 
qolgan. Shu sababli uch qirni oshib nah’r qazdirib Amudarёning suvini burib 
olib kelganlar. Amu Gurganjni suv bilan taminlab, Unquzning janubidan 
Urganjga qarab oqar va janub bwylab oqishni davom ettirib va janubiy-sharqiy 
tarafdan Abulxon tog’larni aylanib wtib, Wg’irchagacha etgan va swng 
Mozandaron dengiziga
98
  borib quyilgan. 
Jurjoniyaning tevarak-atrofi mah’kam qilib mustah’kamlangan joylar, 
ekinzorlar va bog’lar bwlgan. Vaqt wtishi bilan Jurjoniya qalsi suv ostida qoldi 
va shah’ar xarobalikka yuz tutdi. Aytishlaricha, undan faqat bitta minora qolgan, 
keyincha uni Boynazar swfi ismlik bir avliё buzdirib tashlatib, wrniga masjid 
qurdirgan. Bu masjid h’ozir h’am wz wrnida turibdi. Yazir alayh’issalom va 
Yumaloq avliё qabriwsha erda. Saksondan oshgan va bularning h’ammasini 
kwrgan  ёki (kimdandir) eshitgan keksalarning swzlariga qaraganda, minorani 
buzaёtganlarida unda bir ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvdan malum bwlishicha, 
mazkur minora shu joydagi juma masjidining kichik minorasi bwlgan, tevarak-
atrofdagi odamlarni namozga chorlovchi minoraning balandligi 100 qaridan kam 
bwlmagan. Bu erda “Quron” tilovat qiluvchi qori, imom, muazzin (swfi) va 
farroshning maoshi h’ar biriga 300 oqchadan belgilangan. Masjid ёnida madrasa, 
bozor va karvonsaroy h’am bwlib, ularning barchasi suv ostida qolgan. 
Xorazmning yana bir shah’ri Gurganj bwlib, Chingizxon tarafidan vayron 
etilgan. Ushbu zolim kelganga qadar uning 12 juma masjidi bwlib, ...ularning 
h’ar biri uch tanobdan maydonni egallagan edi. Uning tevaragida daraxtlar 
ichida chwmgan (obod) namozgoh’lar bwlib, ularning h’ar biriga (namoz 
kunlari) uch-twrt lak
99
 xalq twplanar edi. Ularning h’ar birida 1000 dan olam 
xizmat qilgan. 
Shah’ar ah’olisining katta qismini Yaqub payg’ambarning ...avlodlari 
tashkil qiladi. Uning wg’li Shamunning muqaddas mozori h’ozirda Xoja eli 
(Xojaydi) deb atalmish Mizdaxkandadir. 
Shu kunlarda Urganch vayronagarchilikka yuz tutgan, jabr etgan shayx 
Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining maqbaralari Gurganchdadir. 
Xorazmning yana bir shah’ari Ramldir. Unga (qadimgi Eron 
podshoh’laridan) Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga 
wxshatib qurdirgan. Hozirda Xivaq nomi bilan malum. Aytishlaricha, bu swzda 
                                                 
98
 Мозандарон денгизи –Каспий денгизининг ўрта асрлардаги номларидан.
 
99
 Лак – сон бирлиги, юз минг.
 


 
176
(“Raml” swzida Pah’lavon Mah’mud h’azratlari vafot etgan yili tarixi 
yashiringan. Shu bois bu tarixni shah’arga nom bwlib qolgan...Va yana 
aytadilarki, Xivaq kwp bor vayron qilingan va qayta tiklangan. U alo h’azratlari 
xonning (Alloh’qulionning) otasi (Alloh’ tarafidan mag’firat qilingan Abulg’ozi 
Muh’ammad Rah’imxon
100
 va uning og’asi marh’um Qutlug’ Murod inoq 
tarafidan obod qilingan. Ularning say-h’arakati bilan shah’arda oliy madrasa 
bino qilingan. Bunga nomi yuqorida zikr etilgan inoqning katta xizmatkorlaridan 
biri Sher devonbegi va vaziri azam Muh’ammad Rizo devonbegilarning 
h’issalari katta bwlgan. Jannatmakon xonning amri bilan yana bir karvonsaroy, 
tim va ularning wrtasida (yana bir) katta madrasa qurildi. (Xivaq) qalasida 
sayyid Alouddin Xivaqiy va uch yuz mashh’ur shayx dafn etilgan. Shah’ar 
tashqarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, ёnida esa mingdan lrtiq avliёlar 
dafn etilgan. 
Shah’arning janubi-sharqiy tarafida, undan 200 qadam narida, h’azrat 
shayx Husayn Boboning ...manzilgoh’i joylashgan. U erda soya-salqin berib 
turuvchi gujum otli katta daraxt bor... 
Xivaqning qovuni va gurunchi juda mazali. Uning ob-h’avosi yaxshi, 
odamlari xushfel, lekin qishi sovuq keladi. Eng sovuq kunlari bir oy davom 
etadi. Shu paytda erni taxminan uch qarich muz qoplaydi. Gurlan, Xwjayli va 
Qwng’irotda uch-twrt gaz qalinlikda qor ёg’adi. 
Jurjoniyaning wrnida h’ozirda suv oqadi va u Sir (dengizi)ga borib 
quyiladi. Uning oqibatida Gurganj xarobalikka yuz tutdi va chwlga aylanib 
qoldi. Bu h’odisa h’ijriy 984 yili sodir bwldi. 
Sir (dengizi) h’ech vaqt twlmaydi. Qayiqlarda ov qilib yurgan baliqchilar 
«(dengiz) tubida tshdan qurilgan binolarning qoldiqlarini kwradilar. Shuningdek, 
katta bir qalaning qoldig’i h’am bor», deb aytadilar... 
Xorazmda mevalar va g’alla yashi etishadi, xususan qovun shunday 
etishtirilgan, qovun urug’ini yantoq wzagiga joylashtirib, uni mah’kam bog’lab 
qwyganlar. U suvsiz, yantoq tomiridan nam olib, etishgan. Lekin juda shirin 
bwlgan. 
Xorazmning, xususan Xazoraspning olmalari juda shirin. Aytishlaricha, 
bu shah’arga (Xazoraspga) Sulaymon payg’ambar asos solgan. Xazoraspda 
asosan sholi etishtirilgan. 
Xorazmning wriklari va uzumi (h’am) kwp bwladi. Masalan, Chinkning 
pastida bir qishloq bor, nomi Ekinlik. Uning uzumidan shirin uzum (boshqa 
erda) uchramaydi. 
(Xorazmning yana bir shah’ari) Zamaxshar. Xivaning kun botish 
tarafida,undan bir kunlik ywlda joylashgan. Jannatmakon, oliy janob xon 
(Alloh’qulixon)ning otasi u erga suv olib kelib uni obod qilgan».   
“Dili g’aroyib” asarida Gurlan va uning osori-atiqalari, Xivaning kun-
chiqish tarafida qurilgan katta yangi bozor h’aqida h’am qiziq malumot 
keltirilgan. Muallifning guvoh’lik berishicha, bu bozor shu erdagi katta bir kwl 
                                                 
100
 Бу ерда Хива хони Муҳаммад Раҳим аввал (1825/26-1842 йй.) назарда тутилган.
 


 
177
ustiga qurilgan. “45 kun ichida,-deb ёzadi Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad,-
maydoni besh-olti tanob keladigan kwl kwmib tashlandi”.  
WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida “Dili g’aroyib” asarining 
uchta qwlёzma nusxasi mavjud bwlib, ulardan biri, raqami №1335 matni twla va 
muallifning wz qwli bilan ёzilgan deb h’isoblanadi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish