Baholash tizimi qismida esa, baholash metodlari shakllari ko‘rsatib o‘tiladi.
Foydalangan adabiyotlar qismida-adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
O‘quv reja - bu ta’lim mazmuni va umumiy sharoitni belgilovchi davlat hujjatidir. U kasb-hunar kollejlarining vazifalari, o‘quvchilar soni va o‘qish muddati tiplari haqidagi davlat standarti asosida tuziladi. O‘quv rejasining tuzilishi o‘quv yurtining o‘qitish muddati va o‘rganilishi zarur bo‘lgan hamma tiplariga bog‘liq bo‘ladi. O‘quv rejasida o‘quv predmetlarining ro‘yxati beriladi. Ularning yarim yillik yoki butun kurs bo‘yicha tartibi va izchilligi, dars soatlari va o‘quv yilining strukturasi, konsultatsiyalar vaqti belgilanadi. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha har bir fanga oid nazariy va laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarning vaqti taqsimlanadi. Unda kasb ixtisoslik guruhlari hamda alohida kasblar bo‘yicha o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Uni quyidagicha chizma shaklida keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |