Mezolit davri haqida Mezolit davri iqlimi



Download 19,37 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi19,37 Kb.
#736047
Bog'liq
Reja


Reja:
Kirish
Mezolit davri haqida
Mezolit davri iqlimi
Mezolit davri yodgorliklari
Xulosa.

Kirish
Insoniyat shu kunga yetib kelgunga qadar ko'plab davrlarni, millionlab yillarni bosib o'tgan.Hamon bosib o'tmoqda. Inson evolyutsiyasida katta hamda uzoq davom etib insoniyatga yetarlicha tasir etolgan, minglab yillarni qamrab olgan poleolit-tosh davri ham shu davrlar qatoridadir.Ushbu davr insoniyat rivojida uzoq vaqt davom etganligi uchun bir necha bosqichlarga bo'lingan. Bular tosh davrining ilk bosqichi paleolit, mezolit, neolit, kabilardir. Biz quyidagi mavzuda shu o'rta tosh davri -mezolit haqida fikr yuritamiz. Ilming asoslar orqali mavzuni yoritamiz.



MEZOLIT DAVRI HAQIDA
Mezolit yunoncha termin bo'lib ,,mezos"- o'rta, ,,litos" tosh degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu davr paleolitdan keyingi davr bo’lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Ushbu davrda odamlari paleolit davridagiga nisbatan rivojlangan bo'lib, o'q-yoyni kashf qildilar. Turli xil hayvonlarni qo'lga o'rgatdilar. Dastlab itlar xonakilashtirildi. Mezolit davriga kelib muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi hayvonot va o'simliklar dunyosiga yaqinlashdi. Ushbu davrda oid ilk topilmalar 1887-yil fransuz arxeologi D.Pet tomonidan Maz-D Azil g'oridan topib o'rganilgann Mezolit davrining xususiyati, chegarasi va atalishi haqida arxeologlar orasida hozirgacha qizgin baxslar mavjud. Bir guruh olimlar bu davrga qadimgi tosh asrining alohida bosqichi sifatida qarasalar, boshqalari tosh asridan so'nggi bosqichi deb biladilar. Ammo keyingi tadqiqotlar tosh qurollar shakli, qo'llanilishi va ishlash texnikasidagi o'zgarishlar va yangi xususiyatlarni aniqlashi
natijasida tosh davrining o'rta bosqichi ekanligi e'tirof etildi.
Mezolit davrining quyi va yuqori chegarasini belgilashda ham turli fikr va mulohazalar mavjud. Ko'pgina olimlar mezolit davrining chegarasini aniqlashda geografik muhitga suyansa, boshqalari toshni ishlash texnikasiga asoslanadilar.Uchinchi guruh olimlar esa bu masalada xo'jalik mashg'ulotlarini birinchi o'ringa qoyadilar.
Mezolit davri iqlimi.

Mezolit davri tabiiy sharoiti muzlikning erishi bilan o'zgardi. Muzlikning shimolga chekinishi natijasida ko'plab ko'llar, o'simliklar o'sishi uchun yaroqli yerlar, botqoqliklar ko'paydi. Dastlabki bosqichda iqlim subtropik bo'lib, poleolit davri iqlimiga ancha yaqin edi. Keyingi yillar davomida issiq va quruq iqlim shakllana boshladi. Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko'plab shoxli hayvonlar va yashil o'simliklar tarqaldi. Yevropa hududida esa keng bargli yashil o'rmonlar bilan qoplandi.Bu davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa ko'llari hozirgi qiyofaga keldi. Muzlik siljishi (muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon harakat qila boshladi.


O'rta Osiyo hudularida ham mezolit davrida haroratning ko'tarilishi natijasida hayvonot olami va o'simliklar dunyosida o'zgarishlar yuz beradi. Qadimgi tosh asrining yirik hayvonlari asta-sekin yo'qolib, ular o'rniga arxar, muflon, tog echkilari, bug'u, jayron, sayg'oq, arslon, kabi hayvonlar ko'paya boshladi. Shuningdek, O'rta Osiyoda issiqtalab osimliklar yovvoyi boshoqli o'simliklar va daraxtlar ko'paya boshladi. Tabiatdagi bu o'zgarishlar odamlarining turmush tarziga ham ta'sir etdi. Bu davrda odamlar Pomir, Tyanshan toglari yon bagirlarida, Kaspiy bo'ylarida, Markaziy Qozogistondan Turkman-Xuroson tog'larigacha bo'lgan yerlarda makon quradilar.
Mezolit davri yodgorliklari

Mezolit davri makonlari arxeologlar tomonidan keng o'rganilgan. Yer yuzining turli nuqtalaridan mezolit davri yodgorliklari topilgan. Masalan, Fransiyada Maz-d Azil makoni, MDH hududlarida - Qrimda Murzak Koba, Zagin Koba, Volga boylarida Sobolevo, Sknyatino qishloqlari, Oka daryosi bo'ylari, Ural, Boltiqboyi hududlarida ko'plab mezolit makonlari tadqiq etilgan.



Azil madaniyati – Fransiya va Pireneya yarim orolning shimoliy qismida mezolit davrining boshida yashagan qabilalar madaniyati. Fransiyaning janubidagi (Arej departamenti) Mas-d’ Azil g'ori nomi bilan atalgan. 1887-yil fransuz olimi E. Pet olib borgan qazishlar natijasida mazkur gʻordan yuqori paleolit davrining oxiridan to Rim davrigacha boʻlgan koʻpgina madaniy yodgorliklar topilgan. Ular orasida chaqmoqtoshdan yasalgan doirasimon qirgʻich va boshqa tosh qurollar ham topilgan. Ishlanishi jihatidan yuqori paleolit qurollaridan farq qiladigan bugʻu suyagidan yasalgan mingdan ortiq sanchqi (garpun) aniqlangan. Bulardan mezolit davriga tegishlilari Azil madaniyatiga oid hisoblanadi. Bu madaniyat qabilalari jamoa boʻlib yashagan, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullangan


XULOSA
Mavzuni o'rganish va tahlil qilish jarayonida shuni anglab yetdimki mezolit davrida dunyoning hamma qitalarida hali qadam bosilmagan joylarga inson qadami yetdi va o'zlashtirish davri boshlandi. Shu sabab bu davrda odamlar yashaydigan hududlar chegarasi kengayib borgan. Tabiatdagi o'zgarishlar natijasida insonlarning mehnat faoliyatida ham tub burilishlar bo'ldi. Shularning natijasida mezolit davrida urug' a'zolarining kollektiv mehnati, o'zaro yordamlari ov va baliqchilikning zaruriy shartiga aylandi. Tosh qurollar va o'q-yoy bilan tabiat kuchlari va yirtqich hayvonlarga qarshi yakka holda kurashib bo'lmas edi. Kishilar ochdan o'lmaslik, yirtqich hayvonlarga yem bo'lmaslik yoki qo'shni jamoalar qo'lida halok bo'lmaslik uchun ov qilish, o'rmonda meva yigish, baliq ovlash ishlarini birgalashib bajarishga majbur edilar. Shu tariqa mezolit davrida insoniyat har tomonlama Yana bir bosqichi yuqoriga ko'tarildi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Jahon arxeologiyasi - J Annayev. Toshkent -2022.
2. O'rta Osiyo arxeologiyasi -N. Egamberdiyeva- Toshkent.
3. Ziyonet- Internet sayti.
4. Vikepediya- internet ma'lumotlari .
5. Arxiv.uz -internet materiallari.
Download 19,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish