Mexr Operatsiyasi
Tinchlik - bu ne’mat biz uchun nimani anglatadi? Shaharning shovqin suroni, o’z yumushlarimiz bilan yelib yugurib kamdan-kam hollarda bu savolni o’zimizga beramiz. Oila quramiz, ta’lim olamiz , farzandlarimizga tarbiya beramiz. Kelajakda qilinajak ishlarimiz uchun rejalar tuzamiz. Oldizmizga maqsadlar qo’yamiz. Bir kun kelib kimdir yoki nimadir rejalarimizni tubdan o’zgartirib yuborishi mumkinligi haqida shubhalanmaymiz.Bularning barchasi mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikdan dalolat. Bu ne’matlarning qadrini ayniqsa nuroniylarimiz yaxshi biladi. Aynan shu sababli ular har safar duoga qo’l ochar ekan , birinchi navbatda musaffo osmonimiz uchun Yaratganga shukrona aytib , kelajak avlodlar hech qachon urush ko’rmasligini tilaydilar.
10 yil avval Suriya Sharq va G’arb madaniyatlari birgalikda tinch-totuv yashagan ko’hna tamaddun beshigi bo’lgan.Bugun esa o’lka vayronaga aylangan.9 yildan buyon davom etayotgan urushlar, mojarolar va qon to’kilishlar,tarixning yo’qotilishi 10 minglab insonlarning halok bo’lishi , millionlab odamarning qochqinga aylanishiga va butun bir avlod ta’lim olishdek baxtdan bebahra qolishiga olib keldi. Xalqaro teroristik guruhlarning buzg’unchi harakatlari Suriyaning deyarli barcha hududlarini tartibsizlik makoniga aylantirdi.Minglab mutaassiblar hududni egallab tinch aholini o’z uyidan chiqarib ularning mulkini talon-taroj qildi. Bo’ysunishni istamaganlarni esa yo’q qildi. Ayrimlar internet orqali da’vat qilingan, ba’zilar radikal g’oyalar ta’siriga berilgan . Ular orasida bu yerga shunchaki yengil pul topish uchun kelganlar ham bor edi. Ularning qochqinlik taqdiri hech kimga qizig’I yo’qdek edi. Lekin ular qachonlardir tark etgan vatan bu insonlarni unutmadi. Ularga yana o’z bag’rini ochdi .
Prezidentimiz maxsus xizmatlarga ushbu vatandoshlarimizni vatanga qaytarish rejasini ishlab chiqish bo’yicha topshiriq berdi. Shu onlardan boshlab O’zbekiston tarixida ilk bor “Mehr” deb nomlangan tashqi gumanitar operatsiyasini ishlab chiqish boshlandi. Oily bosh qo’mondonning Mehr operatsiyasini tashkil etish to’g’risidagi buyrug’ini maxsus xizmatlar 2018-yilning dekabr oyida oldi. Shu maqsadda O’zbekiston maxsus xizmatlarining eng malakali va tezkor guruhlaridan iborat guruh tuzildi. 2018-yil dekabr oyidan boshlab 5 oy davomida davlat hokimiyatining mutasaddi organ vakillari ishtirokida fuqarolarning qaytarish masalalari har tomondan o’rganildi. Shuningdek ularning reabilitatsiyadan o’tkazish mexanizmi ishlab chiqildi. 5 oy davomida tezkor guruh maxsus lagerlarda saqlanayotgan ayollar va bolalar soni bo’yicha ma’lumotlarni to’pladi va tahlil qildi. Ularning shaxsini aniqlashtirish choralari ko’rildi.2019-yilning may oyiga kelib tezkor guruh tomonidan barcha zaruriy ma’lumotlar to’plandi,hamda fuqarolarni yurtga olib kelish rejasi ishlab chiqildi.Prezidentimiz tomonidan ushbu missiyani amalga oshirishga ruxsat berildi.Operatsiya faqatgina gumanitar tusga ega bo’lishi hamda xalqaro huquq noemalarini buzmagan holda Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlarining manfaatlariga ta’sir etmasligi haqida alohida ko’rsatma berildi. Joriy yilning 10-may kuni erta tongda O’zbekiston maxsus xizmatlari xodimlaridan iborat tezkor guruh hech qanday qurol va maxsus vositalarsiz Toshkent Xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Suriya poytaxti Damashq shahriga xavfsizlik hamda missiya maxfiyligini ta’minlash uchun maxsus guruh bordi. 11-may kuni kechasi tezkor guruh Damashq shahri Xalqaro aeroportiga qo’ndi. 12-mayda O’zbekiston delegatsiyasi Suriya vakillari bilan uchrashdi. Lekin Suriya tomonining o’zi bilangina muzokara olib borib operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab bo’lmasdi. O’zbekistonlik ayollar va bolalar yashayotgan lager yuridik jihatdan Suriya hududida joylashgan bo’lsada , chegaraning shimoliy va sharqiy qismi Suriya Federatsiya kuchlari tomonidan egallangandi. 12-may kuni murakkab va maxfiy muzokalar olib borish uchun tezkor guruh xodimlari Xasaka provinsiyasidagi Al-Qamishli shahriga jo’nab ketdi. Al-Qamishlida hozirgacha Ishid yashirin kuchlari mavjud bo’lganligi sababli shaharda ishlayotgan tezkor guruh vakillaridan doimiy xushyorlik talab etilardi. Barcha muzokalar keskin sharoitlarda o’tkazildi. Bunga har bir uchrashuv ishtirokchilarining avvalo o’zlarining siyosiy manfaatlarini ilgari surganligi sabab bo’ldi. Al-Qamishlida maxsus xizmatlar vakillarini Al-Xolga kiritishni istashmadi. Ammo 16-may kuni qator muzokaralardan so’ng tezkor guruhning qat’iy talablari natijasida lagerga kirish masalasini muvofiqlashtirib olishga kelishildi. Al-Xol lageriga olib boruvchi yo’lni xavfsiz deb bo’lmasdi. Al-Qamishlidan lagerga bo’lgan yo’lni mashinada 4 soatda bosib o’tish mumkin edi. Bu vaqt ichida Ishidning yashirin kuchlari pistirmasiga duch kelish mumkin edi. Suriyaning shimoliy-sharqiy provinsiyalarida doimiy teroristik hujumlar kuzatilib turgani ishchi guruh a’zolari xavfsizligiga chindan ham tahdid solishi mumkin edi. Xususan o’zbek delegatsiyasi tashrifi davomida Damashq va Xasake provinsiyalarida ikkita teroristik akt sodir etildi. Ammo shunga qaramay tezkor guruh xodimlari manzilga yetib olishga erishdi. Hamda o’z fuqarolarini qaytarish uchun lagerga kelgan ilk xorijiy guruh bo’ldi. Al-Xol lagerida yashash sharoiti ayanchli ekanligi, ayollar va bolalar ertangi kundan umidini uzib, tushkunlik holatiga kelib qolgan edi. Fuqarolarimizga ularni Vatanga olib ketilishi , reabilitatsiya qilish va odatiy hayotga qaytarish istiqbollari to’g’risida tushuntirildi. Davlatimiz rahbarining mojaro hududda qolib ketgan barcha ayollar va bolalarni qaytarish zarurligi borasidagi topshirig’iga muvofiq, tezkor guruh Al-Xol lageridan alohida hududda saqlanayotgan yaralangan va jarohatlangan fuqarolar bilan ham tegishli ishlarni olib bordi. Lagerdagi vaziyatni Xalqaro tashkilotlar gumanitar inqiroz sifatida e’tirof etmoqda. O’tkir infeksiyali kasalliklardan yil davomida 250 nafar bola hayotdan ko’z yumganligi qayd etilgan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra , ularning aksariyati 20 yoshga to’lmagan. Jangarilarning eng daxshatli usullaridan biri, bu bolalarni go’daklik davrlaridan o’limga tayyorlashlari edi. Shuningdek, ularni qullikka sotish holatlari ham kuzatilgan. Soxta diniy mafkuraga aylanib,yoxud mo’may daromad ilinjida harakat qilgan bu erkakalar ayollari va bolalarining taqdiri qanday kechishi haqida umuman qayg’urmagan.
Islom dinida erkak kishi agarda ayolini shariatdan tashqari bo’layotgan ishlarga undasa , u mahluqdir deb qo’yilgan hadisi sharifda. Shuning uchun ular mahluqlar sifatida albatta qattiq gunohkor bo’lishadi. Ayollar turmush o’rtoqlarini yo’qotgandan so’ng , ularni bir necha bor shariat qoidalari niqob qilgan holda , majburlab yollanma jangchilarga turmushga berishgan. Bolalar yovvoyi sharoitlarda voyaga yetgan. Eng zarur tibbiy sharoitlar bo’lmaganligi oqibatida oddiy kasalliklar ham bolalar o’limiga sabab bo’lgan. Bir marta qilingan og’ir xatoning badali, ana shunday bo’ldi. Ularning har biri begona yurtda tongda qaytib uyg’onmaslik vahimasi bilan uyquga ketar edi. Havo hujumlari, Ishidchilarning vahshiyliklari xuddi bir-birini bo’g’izlashga shay chiyabo’riyalarga o’xshaydi.
Har bir narsani sababini qidirsak, avvalo, ilmsizlik. Ularning birdan-bir maqsadlari go’yoki jannatga olib kirish. Payg’ambarimiz (s.a.v) hijrat qilganlar,siz ham hijrat qilsangiz, mana buni orqasidan savob topasiz deydi. Lekin o’sha hijratni asl mohiyatini ularga tushuntirmagan. Hijratni haqiqiy ma’nosi o’limdan qochish.
Maxsus guruh lagerdagi 150 nafar fuqaroni Vatanga qaytarishga tayyorligini ma’lum qilishdi.
Tomonlar bilan muzokaralar 29-may kuni yarim tungacha davom etdi. Damashqdan 700 km masofada joylashgan Al-Qamishli shahrida tezkor guruh muzokaralarning so’nggi bosqichini yakunladi. Al-Qamishli aeroporti va shahar ustidagi samoviy hudud xavfsiz emas edi. Shu sababli Toshkentdan kelgan maxsus bortni uning yo’lovchilarini hamda keyinchalik Vatanga qaytadigan ayollar va bolalarni hayotini xavf ostiga solmaslikka qaror qilindi. Shundan kelib chiqib, ishchi guruh tashabbusi bilan Al-Qamishliga Suriya favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti keltirildi. Ushbu bort tezkor tezkor guruh vakillari va fuqarolarimizni Damashq aeroportiga yetkazdi. Uzoq azob-uqubat, urush va o’limlardan so’ng, Prezident topshirig’iga ko’ra ular Vatan tomon yuzlandilar.
Ular bu jamiyatga kelganda aynan biz jamiyat a’zolari , mahalla . qon-u qarindoshlar ularni ko’ksidan itarmasligimiz kerak. Ularga eng birinchi Vatanga muhabbat tuyg’usini singdirishimiz kerak. Yurtimizda qilingan ana shunday ishni hozir jahon tilga olib gapiryapti. Biz tasavvur qilganimiz yo’q edi, O’zbekiston Prezidenti shunday bir murakkab ishni osonlikcha bajardi deb.
Insonparvarlik fazilati doim o’zbek xalqi ziynatining o’ziga xos chizgisi bo’lgan. Biz nadomat , iztirob chekkanlarni kechiramiz, ehtiyojmandlarga yordam beramiz. Buni o’z irodasi va qarori bilan Prezident ham bizga eslatmoqda. Jamiyat ulardan qutulishga harakat qilmadi , aksincha, peshvoz chiqib kundalik tashvishlarini hal etishda yordam bera boshladi. Boisi ko’pchilik yaxshi tushunadiki, bu insonlar o’z xatolari uchun yetarli darajada badal to’ladi. Hozirda ularning jamiyatga moslashuv jarayoni oson bo’lishi uchun davlat zarur ijtimoiy ko’mak beryapti. Bolalar maktab va bog’chalarga joylashtirildi. Ayollar mutaxasisliklariga ko’ra,ishlarni boshladilar. Kim jiddiy yaralangan yoki jarohati bo’lsa,tibbiy nazoratga olindi.
O’zbekiston rahbari o’zining ushbu pozitsiyasiga prezidentlikning dastlabki kunlaridanoq amal qildi. Dunyoning qaysi nuqtasida bo’lishlaridan qat’i nazar Vatanga qaytarish bo’yicha ularga yordam qo’lini cho’zadi. Aynan “Mehr” operatsiyasi bilan bu ishlar yakunlanib qolmaydi. Yaqin Sharq mintaqasida yana ko’makka muhtoj aldangan ayollar va farzandlari qolmoqda va ularning ham tez orada Vatanga qaytishlari ehtimodan holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |