Mexatronika haqida tushuncha. Oddiy mexanizmlar



Download 21,19 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi21,19 Kb.
#596578
Bog'liq
MEXATRONIKA HAQIDA TUSHUNCHA


MEXATRONIKA HAQIDA TUSHUNCHA. ODDIY MEXANIZMLAR
Siz mexatronika bobini o‘rganishni boshlaganingizda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi:
Mexatronika o‘zi nima?
Mexatronika zamonaviy ilm-fan va texnologiyaning yangi yo‘nalishi bo‘lib, so‘ng-
gi o‘n yillikda butun dunyoda jadal rivojlanmoqda. Bu rivojlanish barcha sohalarda, jumladan, ishlab chiqarish sohasidagi kasb egalarining yuqori faolligini rag‘bat-
lantiradigan, mehnat sifati va samaradorligini oshiradigan mexatronik tizimlarning yangiligidir.
Zamonaviy “Mexatronika” atamasi, yapon manbalariga ko‘ra, “Yaskawa
Electric” kompaniyasining katta muhandisi Tetsuro Mori tomonidan 1969-yilda
joriy etilgan va 1972-yilda savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu atama
ikkita qismdan iborat - “mexan”, MEXANIKA va “tronik”, ELEKTRONIKA so‘zlari birikmasidan olingan bo‘lib, mexanika va elektronikaning yutuqlarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan.
Mexanika [yun - mechanike (teche) - qurol, inshoot] - tashqi kuch ta’siridajismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
Elektronika - fan va texnikaning elektronlar zaryadlangan zarralarning turli jismlar bilan o‘zaro ta’siri qonuniyatlarini o‘rganish, bu o‘zaro ta’sirdan foydalanib, energiyani o‘zgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan soha.
1980-yilning boshlariga kelib, “Mexatronika” atamasi dunyo texnik ada- biyotlarida kompyuter tomonidan boshqariladigan harakatga ega mashina va mexanizmlarni loyihalashga nisbatan ishlatilgan.
Shu tariqa mexanika, informatika sohalaridagi hamda texnikaning ayrim tarmoqlaridagi (mikroprotsessorli texnika, mashinalar va agregatlarning harakatini kompyuterda boshqarish) bilimlar negizida hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan yangi texnika fani sifatida vujudga keldi.
Mexatronikaning maqsadi - yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan aqlli va harakat­lanuvchi mashina va mexanizmlami loyihalash va ishlab chiqarishdan iborat.
Mexatronikaning vazifasi - mexanika, elektronika va axborot texnologiyalari (kompyuter) sohalaridagi bilimlarni birlashtirishdir. Ushbu sohalardagi bilimlarni birlashtirilishi natijasida mexatronikaning yangi g‘oyalari paydo bo‘ladi.
Mexatronika - dastur asosida boshqariladigan mashina va mexanizmlar yaratish hamda ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan mexanika, informatika va elektronika vositalari va tamoyillari majmuyidir.

Ushbu ta’rif mexatronik tizimlarning mexanika, elektronika va kompyuter elementlarining chuqur o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasiga asoslangan uch mohiyatni ta’kidlaydi. Shu sababli, mexatronikaning ramziga aylangan va eng keng tarqalgan grafik shaklda “Ishlab chiqarish”, “Menejment (boshqaruv)” va “Bozor talablari”ning ichki qobig‘iga joylashtirilgan uchta kesishuvchi aylana bilan ifodalanadi (6-rasm).


Shunday qilib, ushbu uch turdagi element- laming tizimli bog‘lanishi mexatronik tizimni tashkil etishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Mexatronika nafaqat professional, balki oddiy insonlarning kundalik hayotiga ham kirib ulgurdi. Masalan, aqlli uylar, zamonaviy uy- ro‘zg‘or texnikalari, raqamli videokameralar kabilar mexatronik prinsiplarga asoslanadi.
Mexatronika va robototexnika tushun- chalari nima uchun birgalikda ishlatiladi?
Ushbu tushunchalarning ko‘pincha bir- galikda qo‘llanilishi sababi oddiy: roboto-
texnika mexatronikaning eng mashhur sohasi hisoblanadi. Bundan tashqari, mexatronika aynan robototexnika va robototexnik tizimlar, mashinalar kabi qu- rilmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Mexatronika va uning eng mashhur sohasi bo‘lgan robototexnika bugungi kunda eng istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi.
LEGO haqida nimalarni bilasiz?
LEGO (Leg-godt - “yaxshi o‘ynang”) - turli xil obyektlarni yig‘ish va modellash uchun har xil odchamdagi detallar to‘plamidir.
LEGO Group kompaniyasining asosiy idorasi Daniyada joy- lashgan bo‘lib, 1932-yilda tashkil etilgan. LEGO detallari dastlab oddiy yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, asosan, o‘yinchoqlar ishlab chiqarilgan.
LEGOdan transport vositalari, binolar va harakatlanuvchi robotlar kabi obyekt- larni yig‘ishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, LEGO to‘plamlarida odamlar va hayvonlarning figuralari, g‘ildiraklar, elektr dvigatellari, turli xil sensorlar va hatto mikrokontrollerlar ham mavjud. Bu to‘plamlar Sizga avtomobillar, samolyotlar, poyezdlar, kemalar, binolar, robotlarning modellarini yig‘ish uchun imkon beradi.
Siz birinchi bobning 4-paragrafidagi “Texnikaning asosiy konstruktiv elementlari. Texnikaning ishchi organlari” mavzusini o‘rganish davomida oddiy mexanizmlar va ularning turlari bilan tanishgansiz (qarang).
Download 21,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish