Ultratovushlar tovush bilan bir fizik tabiatga ega bo‘lgan, lekin eshitilish
chastotasining yuqori pog‘onasidan ortiq (20000 gs va undan yuqori) egiluvchan
muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va
boshqalarda ultratovush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham
Ultratovushning fizik va gigienik xarakteristikasi tovushga o‘xshash, ya’ni vaqt
birligida yuza orqali perpendikulyar Yo‘nalishda o‘tadigan to‘lqin harakati
energiyasining tebranish chastotasi va ularning intensivligi bo‘yicha ishlab
78
Hozirgi paytda ultratovush diagnostika va ko‘pchilik kasalliklarni davolash
uchun keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishda quyumalarni, eritib ulangan
choklarni, plastmassalarni difektoskopiya qilish va moddalarni fizik-ximik
tekshirish zichligini, egiluvchanligini, strukturasini va boshqalarni aniqlashda
yuqori chastotali ultratovushdan foydalaniladi. Past chastotali ultratovush
suyuqliklarda qattiq moddalarni yuvish, yog’sizlantirish, emulsiyaga aylantirish,
metallarni kesish, payvanlash, maydalash, murt materiallarni parmalash va shunga
o‘xshash ishlar qo‘llanadi.
Ishlovchilarning salomatligini o‘zgarishida ultratovushning havo orqali
o‘tkazilish ultratovush va Shovqinning bir vaqtda ta’sir etish oqibatidir.
Mahsulotlarni ultratovush bilan tozalashda havo muhiti ko‘pincha zararli
moddalar, benzin, atseton va boshqalarning bug‘lari bilan ifloslanadi.
Salomatlikning bo‘lishi asosan bosh og‘rig‘i, uyqu buzilish, serzardalik, charchash
va eshitishini pasayishi kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi.
Ultratovushli qurilmalar bilan ishlaganda profilaktika choralari qattiq va suyuq
muhit orqali aloqada bo‘ladigan ultratovushning oldini olishga va ish zonasi
havosidan ultratovush va Shovqin tarqalishiga qarshi ko‘rashga qaratilgan bo‘ladi.
Ultratovush bilan aloqada bo‘lganda tovushlanishga qarshi ko‘rashishda
detallarni quyish va olish vaqtlarida qurilmani ishdan to‘xtatish-avtoblokirovka
detallarni quyish va chiqarib olishda maxsus moslamalar, ultratovushni
uzlashtiradigan dastasini qoplamani qisqichlar, individual himoya vositalari-
rezina, ip qo‘lqoplar qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarishdan chiqadigan changlarning inson organizmiga ta’siri.
Chang deb, havoda qattiq jismlarning mayda zarralarini ma’lum bir vaqtda osilib
turilishiga aytiladi. Changlar havo ta’siri ostida doimo harakatda bo‘ladi. Ishlab
chiqarish binolaridagi havoning tarkibida, u yoki bu miqdorda chang bo‘ladi, hatto
nisbatan toza changsiz degan xonalarda ham ma’lum miqdorda chang bo‘ladi. Buni
oddiy qurollanmagan ko‘z bilan ham o‘tib turgan quyosh nurlariga qaraganda kura
olish mumkin.
Ishlab chiqarish binolarida changni ko‘plab ajralib chiqishi, ishlab chiqarish
texnologiyasini xarakteriga bog‘liq. Ishlab chiqarish sharoitida chang ajralib
79
chiqishi ko‘pincha mexanik jarayonlar bilan bog‘liqdir, masalan, burab teshish,
parchalash, ishqalash, elash, o‘tkirlash, arralash, sepiladigan materiallarni tashish,
kuyish va erishdan hosil bo‘ladi. Chang bunday paytlarda ishchilar tanasi uchun
xavfli bo‘lib, ularni o‘rab turgan muhitni aniqlovchi bir omil bo‘lgani uchun biz
ularni sanoat changlari deb ataymiz.
Changlar qanday materialdan ajralib chiqishiga qarab organik va anorganik
Changlarga bo‘linadi. Organik changlar; o‘simlik changlari-yog’och, paxta, zig‘ir,
un changlari va shunga o‘xshashlari, xayvon mahsulotlaridan chiqadigan changlar-
jun, qil, suyak, shox changlari va hokazolar kiradi. Ishlab chiqarishda ko‘pincha
aralash changlar ham uchraydi, masalan, metall buyumlarni charxlash va shlifovka
qilishda mineral va metall changlari, tosh ko‘mir chiqarishda mineral va ko‘mir
changi ifloslangan paxtani tozalaganda paxta va tuproq changlari uchraydi.
Elektr zaryadli o‘ta mayda changlarni zavodda ko‘plab yig‘ilishi natijasida
elektr zaryadlari ma’lum potensialga erishgandan keyin portlab ketishlari mumkin,
portlash yuz berishi uchun ikki shart, ya’ni: etarli konsentratsiyada chang
to‘planishi va yuqori haroratli issiqlik manba bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: