Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Amir  Temur  va  temuriylar  davri  falsafasi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Amir  Temur  va  temuriylar  davri  falsafasi. 
Insoniyat  tarixida 
shunday  davrlar  borki,  unda  buyuk  ishlarga  tayyor  millatlar,
45


o‘zining  yolboshchilari  yetakchiligida,  tarixning  muayyan  qisqa 
bosqichlarida ming yillarda  qolga kiritish  mumkin bolgan nati- 
jalarga erishganlar.  Aynan  ana  shunday davrlar insoniyat tarixiga 
shu  millatga  mansub  buyuk kishilarning  o‘chmas  nomini  bitadi, 
jahon  madaniyatini  boyitadi,  umumbashariy  taraqqiyotga  katta 
hissa bolib  qo'shiladi.
Temur  va  temuriylar  davri  xuddi  ana  shunday,  mo‘g‘ul  bos- 
qinchilaridan  ozod  bolgan  xalqimizning  milliy  dahosi  eng  yuk­
sak  cho‘qqiga  ko‘tarilgan  davrdir.  Bu  davr  falsafasi  xalqimizning 
sohibqiron  Temur boshchiligida  ozodlikka  erishgan va  mustaqil- 
likni  saqlash  hamda  mustahkamlash  uchun  amalga  oshirgan 
buyuk  ishlarining  ifodasidir.  Bu  xalqimizning  markazlashgan 
davlat  tuzish,  milliy  davlatchiligini  tiklash  va  barqaror  qilish, 
mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Mo‘g‘ullar  o‘rnatgan  mustabid  tuzum ning  Amir  Temur 
dunyoga  kelgan  davrida  yerli  aholi  o‘rtasida  chuqur  ijtimoiy  va 
m a’naviy  uyg‘onish jarayoni  borayotgan  edi.  Bu jarayon,  «Tarixi, 
o‘sha  davrdayoq,  ming  yilliklar  qa’riga  ketgan  buyuk  xalq  mus- 
tamlakachilik  azobida  yotaveradimi?»  yoki  «Mustaqillik  uchun 
kurash  olib  borishda  davom  etadi  va  ozodlikka  erishadimi?»  de­
gan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.
Mo‘g‘ullar  m amlakatimizni  siyosiy  va  harbiy  jihatdan  istilo 
qilgan  edilar,  ammo uni m a’naviy bo‘ysundirish,  madaniy jihat­
dan  mo‘g‘ullarning  ustunligi  to‘g‘risida  gap  ham   bo lish i  mum­
kin  emas  edi.  Ko‘chmanchilik  va  shaharlarni  g‘orat  qilishdan 
boshqasiga  yaramaydigan,  o‘troq  hayotga  mensimay  qaraydigan 
Chingiz  avlodlari  ma’naviy  va  madaniy jihatdan  o‘zlaridan  us­
tun bo lg an   xalqqa  nim a  ham  bera  olar  edilar?  U lar  o‘z  hukm- 
ronligining  oxirigacha  ham   Vatanimizda  birorta  tuzukroq  ya­
shash mumkin bolgan yangi shahar barpo  etmadilar,  madaniyat 
o‘choqlarining  yuksalishi  uchun  imkon  bermadilar,  yerli  aholi 
orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o‘tkazib turdilar. 
Ammo  xalq  irodasini  buka  olmadilar,  uning  ozodlik  va  mus­
taqillikka  intilishini  to‘xtatib  qo‘ya  olmadilar.  A m ir  Temur  ana 
shu  harakatning  natijasi,  xalqining  milliy  g‘oyalarini  ro‘yobga 
chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat,  o‘sha paytda har-
46


biy uyushqoqlik,  siyosiy  hushyorlik,  fidokorlik jihatidan jahonda 
tengi yo‘q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir 
edi.  Xalq jahongirga  aylanganida  o‘zining  jahongirini  yaratadi. 
Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg‘otib yuboradi.  Bu esa 
tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to‘g‘ri  ke­
ladi.
Ba’zilar  Temur  falsafiy  asarlar  yozmagan-ku,  uning  falsafaga 
aloqasi bormi,  deb  o‘ylaydi.  Aslida Temurning hayoti va  faoliyati 
falsafadan  iborat  emasmi?  U  falsafiy  xulosalar  chiqarish  uchun 
boshqa  kishilarning  hayoti  va  asarlaridan  ham  mazmunliroq 
hayot  emasmi?  Falsafani  faqat  kitoblardangina  ovrganish  mum- 
kinmi?  Aslida,  falsafani  to‘la-to‘kis  kitobga  tushirib  bo‘lmaydi. 
Kitobga  tushirilgan  falsafa  muayyan  tizimga  keltirilgan  falsafiy 
bilimlar sistemasi xolos.  Temur va  temuriylar davrini  tarix falsa­
fasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri 
ifodalash  mumkin.  A m ir  Temurning  hayoti,  uning  faoliyati, 
temuriylar davridagi  madaniy jarayonlar,  ilm-fan rivoji  kabi  ma­
salalar  esa  bir  necha  falsafiy  kitoblar,  o‘nlab  tadqiqotlar  uchun 
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, 
madaniyat va san’atni,  falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, 
o‘zlari  ham   bu  sohalarda  ajoyib  yutuqlarga  erishgan  siyosiy  su~ 
lolalarni jahon tarixidan topish  qiyin.  Bu  sulola vakillari  orasida 
she’r  yozmagan,  adabiy  mashqlar  qilmagan,  fan-madaniyatga 
qiziqmagan  biror  temuriyzoda  bolm asa  kerak.  Tarix  shundan 
dalolat  beradiki,  yurt  boshliqlari  fan  va  madaniyatga  qiziqqan, 
m a’naviyatni  yuksaklikka  ko‘tarish  uchun  kurashgan  o lkada 
bu  sohalarda  haqiqiy yuksalish  boladi.  Siyosiy  ta’minlanganlik, 
boshqa  sohalar  bilan  birgalikda,  madaniy  taraqqiyotning  eng 
asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o‘rinli emas.  Madani- 
yatparvar  va  millatparvar  Am ir  Temur  va  temuriyzodalar  o'sha 
davr  m a’naviy  taraqqiyoti  uchun  siyosiy  va  iqtisodiy  asoslarni 
to‘la-to‘kis  yaratgan  arboblar  edi.  Xalqimizning  asrlar  osha  ular 
ruhiga m innatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z far- 
zandlariga  bu  sulola  vakillari  nom larini  qo‘  ib   yurishi,  bugungi 
kunlarda  ham   o‘sha  zamondan  tashbehlar  izlayotganining  sa­
bablaridan biri  ham ana  shunda.
47


Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405)  Kesh  (Shahri- 
sabz)  shahri  yaqinidagi  Xo‘ja  ilg‘or  qishlog‘ida  dunyoga  kel­
di.  Uning  eng  asosiy  tarixiy  xizmatlari  shundan  iboratki,  u 
mo£g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, 
0 ‘rta  Osiyoni  ulardan  xalos  etdi.  Mayda  feodal  va  mulkdorlar- 
ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat 
barpo  qildi.  Mamlakatda  tartib-intizom  va  qonun  ustuvorligini 
ta’minladi.  Uning  davrida  «Kuch  —  adolatda»  tamoyili  amalga 
oshdi,  iqtisod  va  madaniyat  yuksaldi,  o‘zga  mamlakatlar  bilan 
must ah kam  aloqalar o‘rnatildi.
Am ir  Temur  mohir  harbiy  sarkarda  sifatida  nom  qozondi.  U 
o‘z  hayotini  Movarounnahr  xalqining  farovonligi,  yurt  obodon- 
chiligi uchun sarfladi,  uning davrida hashamatli binolar,  qurilish 
inshootlari,  go‘zal  boglar  bunyod  qilindi,  maktab  va  madrasa- 
lar,  masjidlar  qurildi,  mamlakatimiz  Sharqning  go‘zal  hududiga 
aylandi.
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki,  u madaniyat va ilm- 
fan homiysi  sifatida mashhur boldi,  o‘z saroyiga olimu fuzalo va 
din arboblarini to‘pladi.  Xoja Afzal,  Jalol Xokiy,  Mavlono Xoraz- 
miy,  Mavlono  Munshiy  va  boshqalar  uning  saroyida  ilm-fan  va 
badiiy ijod bilan mashg‘ul boldilar.  Bobur Mirzoning xabar beri- 
shicha,  o‘sha  davrda  Samarqand  eng  go‘zal  shahar  edi.  Ispan 
sayyohi  R.  G.  Klavixo  Samarqandning  go‘zalligiga  qoyil  qolgan 
edi.  Temur  hukmronligi  davrida  ichki  va  tashqi  savdo  kuchaydi. 
Ayniqsa,  Hindiston,  Xitoy,  Rusiya,  arab  mamlakatlari bilan  alo- 
qalarning  kuchayishi  Temur  saltanati  iqtisodiy  qudratini  oshirdi. 
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor 
berildi.  Islom  dini  o‘sha  davrda  asosiy  mafkura  bo‘lib,  markaz­
lashgan  davlat  barpo  etishda,  iqtisod,  madaniyat  va  ilm-fan  so- 
hasidagi  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishda  nazariy  asos 
b o lib xizmat qildi.  Temur o‘z faoliyatida unga tayanib  ish ko‘rdi.
Temuriylar  davrida  tasaw u f  ta ’limoti  keng  quloch  yoydi. 
Sohibqiron  tasaw u f qoidalaridan  mamlakatdagi  salbiy  illatlarni 
yo‘qotishda,  turli  janjal  va  nizolarni  bartaraf  qilishda,  haqiqat 
va  adolat  o‘rnatishda,  insonparvarlik g‘oyalarini  tarqatishda  foy- 
dalangan.  Temur tasavvufdagi poklanish,  to‘g‘ri va  sofdil bolish,


zino  va fahsh ishlar bilan  shug‘ullanmaslik,  harom-xarish  ishlar- 
dan  qochish,  halol  mehnat  qilish,  biror kasbni  egallash,  muhtoj- 
larga  mehr-shafqat  ko‘rsatish  kabi  g'oyalarni  xalqqa  singdirish 
uchun  kurash  olib  bordi.  Naqshbandlik tariqatining  yirik  shayx- 
lari  bo‘lmish  Sayyid  Am ir  Kulol,  Shayx  Abu  Bakr  Tayobodiy, 
M ir  Sayyid  Barakalar  Temurning  pirlari  bolib,  sohibqiron  ular 
bilan tez-tez muloqot  qilib  turgan.
Temuriylardan  Shohruh,  Ulug‘bek,  Xusayn  Boyqaro,  Bo~ 
bur  Mirzolar  davlatni  boshqarishda,  din  va  tasaw uf  qoidala- 
riga  amal  qilishda,  ilm-fan  va  madaniyatni  rivojlantirishda 
uning  an’analarini  izchil  ravishda  davom  ettirdilar.  Bu  davrda 
me’morchilik  san’ati  yuksak  darajaga  ko‘tarildi.  Amir  Temur 
Ko'ksaroy  masjidi,  Shoxizinda,  Bibixonim  madrasasini  qurdirdi. 
Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug‘bek 
davrida  1417—1420-yillarda  Registonda,  keyinchalik  Buhoroda, 
1432—1433-yillarda  Gljduvonda  madrasalar  qurildi,  Bibixonim 
masjidi,  G o‘ri  Amir  maqbarasi  qurib  bitkazildi.  1429-yili  esa 
Ulug‘bekning  falakiyot  rasadxonasi  nihoyasiga  yetdi.  Xirotda 
ham  ko‘plab  me’morchilik binolari  barpo  qilindi.  Ular jumlasiga 
masjid,  madrasa va xonaqohlardan  iborat bolgan  Gumbazi  sabz, 
Alisher  Navoiy  qurdirgan  «Ixlosiya»,  «Nizomiya»,  «Shifoiya» 
madrasalari,  Marv shahridagi «Xusraviya»  madrasasi va boshqalar 
kiradi.  Navoiy  yashagan  zamonda  Xirotda  «Sharq  Rafaeli»  deb 
nom  olgan  Kamoliddin  Behzod  (1456—1535)  va  shoh  Muzaffar 
kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi.  Behzod  «Zafarnoma» 
kitobiga,  Xusrav  Dehlaviyning  «Xamsa»,  Sa’diyning  «Bo'ston» 
asarlariga  naqsh  bergan  va  Xusayn  Boyqaro,  Xotifiy,  Jomiy  va 
boshqalarning  rasmini  chizgan,  xalqning  mehnatini,  tabiat  man- 
zaralarini haqqoniy tasvirlagan.
X IV-XV  asrlarda  Movarounnahr  va  Xurosonda  ilm-fanning 
ko‘p  sohalarida  yuksalish  yuz  berdi.  Jahonga  mashhur  olimlar, 
tabiatshunoslar  va  shoirlar  yetishib  chiqdi.  Tibbiyot,  riyoziyot, 
handasa,  tarix,  adabiyot,  jo‘g‘rofiya,  pedagogika,  mantiq,  fal­
safa,  axloqshunoslik va  boshqalarga  e’tibor  berildi.  Ayniqsa,  ba­
diiy  adabiyot va  adabiyotshunoslik tez  rivoj  topa boshladi,  ularda 
o‘sha  davrning  muhim  ijtimoiy  muammolari  va  insonparvarlik
49


g‘oyalari  olg‘a  surildi.  «Gul  va  Navro‘z»  muallifl  Lutfiy  (1366— 
1465),  «Bexro‘z  va  Bahrom»  asarini  yozgan  Binoiy  (1453—1512), 
«Tazkirat  ush-shuaro»  (shoirlar  haqida  tazkira)ning  muallifl 
Davlatshoh  Samarqandiy,  «Yusuf va  Zulayho»,  «Maxzan  ul-as- 
гог»  (Sirlar  xazinasi)  asarlarining  mualliflari  Durbek  (XIV—XV 
asrlar),  Haydar  Xorazmiy  hamda  Kamol  Xo‘jandiy  (1402-yilda 
vafot  etgan),  Hofiz  Xorazmiy  (XIV—XV  asrlar),  Ismat  Buxoriy 
(1365—1436),  Yaqiniy  (XV asr),  Hiloliy  (XV  asr),  Atoiy  (XV  asr) 
va boshqalar o‘sha  davrda yashab  ijod  etdilar.
Bu  davrda  tarix  faniga  e’tibor  kuchaydi,  yirik  tarixnavislar 
paydo  boldi.  Temuriylar  davrida  Abdurazzoq  Samarqandiyning 
(1413—1482)  «Matlaa  as-sa’dayn  va  majma’  al-baxrayn»  («Ikki 
dengizning  qo‘shilishi»),  Hofizi  Abruning  (1361—1430)  «Zub- 
dat  at-tavorix»  («Tarixlarning  sarasi»),  Muyiniddin  Isfizoriyning 
(1494-yilda vafot etgan)  «Ravzat al-jannat fi avsof madinat»,  Fos- 
ix  Havofiyning  (1375—1442)  «Mujmali  fosixiy»,  Sharafiddin  Ali 
Yazdiyning  (1454-yilda  vafot  etgan)  «Zafarnoma»si,  Nizomid- 
din  Shomiyning  (XIV  asr  XV  asrning  boshi)  «Zafarnoma»si  va 
boshqalar mashhur edi.
0 ‘sha  zamonning  eng  m ashhur  tarixchilari  Mirxond  (1433— 
1498)  va  Xpndamir  (1475—1535)  edilar.  M irxond  Xirotda  taval- 
lud  topib,  shu  yerda  ijod  qilgan.  Uning  asosiy  tarixiy  asari  7 
jilddan iborat b o lib ,  «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai 
hollari  haqida  poklik  boglari»  deb  ataladi.  U   olti jildini  yozib 
vafot  etadi,  yettinchisini  nabirasi  Xondamir  yozib  tugatadi. 
Xondamir ham  Xirotda tugllib,  yoshligidan tarixnavislikka ha- 
vas qo‘yadi.  U Agrada vafot etadi.  Uning m uhim  risolalari «Ma- 
korim  ul-axloq»,  «Habib  us-siyar»,  «Vazirlar  uchun  qollanm a» 
va boshqalardir.
X IV-XV  asrlarda  mantiq,  tabiiy-ilmiy  fanlar,  ayniqsa  falaki- 
yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi.  Mantiq ilmi- 
ning  yirik vakillaridan  biri  Sa’diddin  Taftazoniydir  (1322—1392). 
U   Niso  viloyatiga  qarashli  Taftazon  qishloglda  dunyoga  keladi. 
Yoshligidan ilohiyot fanlari,  arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan 
shug‘ullanadi.  Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi.  Turkis- 
ton,  Hirot,  Jom,  Gljduvon madrasalarida talabalarga  dars berdi.
50


Taftazoniy  shuhrati,  ilmiy  ishlari  Yaqin  va  0 ‘rta  Sharq  mam- 
lakatlariga  keng  tarqaldi.  Temurning  taklifi  bilan  alloma  Samar- 
qandga kelib,  shu yerda um rining  oxirigacha yashadi.  Taftazoniy 
40  dan  ortiq  risolalarning  muallifidir.  Muhimlari:  «Taxzib  al~ 
mantiq  val-kalom»  («Mantiq  va  kalomga  sayqal  berish»)  «Mux- 
tasar  al-maoniy»  (Ritorikaga  oid  «qisqacha  ma’nolar»),  «Al-ir- 
shod  al-xodiy»,  (Arab  tili  grammatikasiga  oid  «Yo‘1  boshlovchi 
rahbar»),  «Al-maqosid  at-tolibin»  (Falsafa va kalomga oid «Tolibi 
ilmlarning maqsadlari») va boshqalar.  Taftazoniy o‘tmish olimla- 
rining juda ko‘p  asarlariga  sharhlar ham  bitgan.
0 ‘sha  davrning  yana  bir  atoqli  allomasi  M ir  Sayyid  Sharif 
Jurjoniy  Astrobod  shahri  yaqinida  tug‘ilgan.  Jurjoniy  Istambul, 
Qohira,  Xirot,  Sheroz  shaharlarida  bolib,  ulardagi  olimlardan 
ilm  sirlarini o‘rganadi.  1387-yildan boshlab  Samarqand madrasa- 
larida  mantiq,  falsafa,  falakiyot,  fiqh va  adabiyot,  munozara  ilmi 
va  boshqalardan  dars  beradi.  Jurjoniy  50dan  ortiq  risolalarning 
muallifi  bolib,  ularning  aksariyati  mantiq,  fiqh,  falsafa  va  tabi- 
atshunoslikning muhim muammolariga bag‘ishlangan.  Olimning 
«At-ta’rifot»  («Ta’riflar»),  «Odob  ul-munozara»  («Munozara  olib 
borishning qoidalari haqida risola»),  «Suqro»  («Kichik dalil b o la  
oladigan  hukm»),  «Kubro»  (Katta  dalil  b o la   oladigan  hukm»), 
«Avsat  dar mantiq»,  («Mantiqda  o‘rta  xulosa»),  «Risolayi  vujudi- 
ya»  («Borliq  haqida  risola»)  va boshqa  asarlari  mavjud.  Bulardan 
tashqari,  Jurjoniy salaflarining,  xususan ibn  Sino,  Chaqminiy va 
Nasriddin Tusiylarning asarlariga  sharhlar yozganligi m a’lum.
Umuman  olganda,  Taftazoniy  va  Jurjoniyning  falsafiy  va 
mantiqiy  qarashlari  ilm-fan  rivojida  katta  hissa  b o lib   qo'shildi 
va  keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning  dunyoqarashiga 
samarali  ta’sir ko‘rsatdi.
Jahon  ilm-fani  taraqqiyotiga  katta  ulush  qo‘shgan  buyuk 
falakiyotchi olim va davlat arbobi M uhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 
(1394—1449)  matematika va  falakiyot  sohasida barkamol ijod  qil­
gan.  Uning  otasi,  Am ir  Temurning  o‘g‘li  Shoxruh  M irzo  edi. 
Ulug‘bek  yoshligidan  ilm  bilan  qiziqdi.  Unga  taniqli  olimlar 
qozizoda Rumiy va  Glyosiddin Jamshid ustozlik qildilar.  U gar- 
chi davlat arbobi b o lsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga ko‘p
51


kuchini  sarfladi,  matematika,  astronomiya,  geometriya,  tarix, 
kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi.  Olimning 
dunyoqarashida  Aflotun,  Arastu,  Ptolemey,  Muhammad  Xoraz- 
miy,  al-Farg‘oniy,  Forobiy,  ibn  Sino,  Beruniy  va  boshqalarning 
asarlari muhim o‘rin  egalladi.
Ulug‘bekning  ulkan  ishlaridan  biri  uning  Samarqandda, 
Ko‘xak tepaligida,  Obi Rahmat arig‘ining bo‘yida,  rasadxona bar­
po  etganligidir.  Ushbu  rasadxona  qurilishi  1424-yilda  boshlanib, 
1429-yilda  tugallandi.  Olimning  eng  muhim  asari  «Ziji  jadidi 
Ko‘ragoniy»  deb ataladi.  Undan tashqari,  Ulug‘bek matematikaga 
oid  «Bir  daraja  sinusni  aniqlash  haqida  risola»,  astronomiyaga 
bag‘ishlangan  «Risolayi  Ulug‘bek»  va  tarixga  oid  «To‘rt  ulus  tari­
xi»  kitoblarini  yozdi.  Ulug‘bek  mantiq  ilmi,  fiqhshunoslik,  mu- 
siqa  va  adabiyot  nazariyasini  yaxshi  bilar  edi.  Olimning  «Ziji» 
ikki  qism,  muqaddima va  1118  yulduzning o‘rni va  holati aniqlab 
berilgan jadvallardan iborat.
Ulug‘bek  o‘z  atrofiga  qobiliyatli  olim larni  to ‘pladi,  o‘zga 
mamlakatlardan  iqtidorli  allomalarni  taklif  etdi.  Ana  shunday 
olim lardan  biri  G ‘iyosiddin  Jamshid  al-Koshiy  (1430-yilda  va- 
fot  etgan)  b olib,  u  yirik  riyoziyotchi  va  falakiyotchidir.  Uning 
asarlari «Miftox ul-hisob»  («Hisob kalidi»),  «Risola al-muhitiya» 
(«Doira  haqida  risola»)  va  boshqalardir.  XVI  asrdan  boshlab 
Yevropa  mamlakatlarida  uning  kashfiyotidan  foydalana  bosh- 
ladilar.
Tarixda  Ali  qushchi  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan  Alouddin 
Ali  ibn  Muhammad  Qushchi  (1403—1474)  Ulug‘bekning  shogir- 
didir.  U  ilmiy  ishlarini  falakiyot va  riyoziyot  sohasida  olib  bordi. 
Uning asarlari:  «Arifmetika ilmi haqida risola»,  «Mantiq risolasi», 
«Astronomiyaga  oid  risola»  va  boshqalardir.  Ali  Qushchi  «As­
tronomiyaga  oid  risola»sida  Oy  va  Quyosh  tutilishi  qonuniyatla- 
rini ilmiy  asoslab berdi.  Olim tabiat  sirlari va uning  qonuniyatla- 
rini  o‘rgandi, jismlar  harakati va  ularning  oddiydan  murakkabga 
o‘tishi to‘g‘risida o‘z  fikrlarini ilgari surdi.
Umuman  shuni  ta’kidlash  lozimki,  Ulug‘bek  va  u  asos  sol- 
gan  astronomiya  maktabi  koinotdagi  hodisalarni  o‘rganishda 
muhim  rol  o‘ynadi,  o‘sha  vaqtgacha  fanga  ma’lum  bolm agan
52


hodisalarni  idrok  qilib,  inson  aql-zakovatining  bilish  imkoniyat- 
larini kengaytirdi,  keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali 
ta’sir  ko‘rsatdi.  Ulug‘bekning  astronomiya  sohasidagi  g'oyalarini 
Yevropada  XVI  asrdan  boshlab  Kopernik,  Galiley  va  boshqalar 
rivojlantirdilar.
Ulug‘bek Islom diniga chuqur e’tiqod qo'ygan,  ilohiyot rivojiga 
munosib  hissa  qo‘shgan,  maktab  va  madrasalar  qurishga  e ’tibor 
bergan  shoh va jahonga  mashhur olim  edi.  Lekin  sobiq  sho‘rolar 
davrida  uning  tabiiy-ilmiy  qarashlari  Islom  diniga  qarshi  qa ra­
ti ldi,  hatto uni ateist darajasiga ko‘tarishga urinishlar ham  boldi. 
«Ulug‘bek  Mirzo,  —  deb  ta’kidlagan  edi  Alisher  Navoiy,  ~   do- 
nishmand podshoh edi.  Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi».  «Temurxon 
naslidin  Mirzo  Ulug‘bek,  Ki dunyo ko‘rmadi podshoh aningdek» 
misralari ham Navoiyga tegishlidir.
XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy 
markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Husayn Boyqaro hukm- 
ronligi  davrida bu yerda  ilm-fan,  adabiyot  sohasida yuksalish yuz 
berdi.  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy  kabi jahonga mashhur 
mutafakkirlar yetishib  chiqdi.  0 ‘rta asr mumtoz  adabiyotining va~ 
kili,  ulug‘  shoir va  mutafakkir Abdurahmon  Jomiyni  (1414—1492) 
Navoiy  ustoz  deb  hisoblar  edi.  Uning  qalamiga  mansub  asar­
lar  «Nafahot  ul-uns»,  «Hujjat  ul-asror»,  «Musiqa  haqida  risola», 
«Naqshi  fusus»,  «Vohid atamasi haqida risola»,  «Haj  qilish yollari 
haqida  risola»,  «Bahoriston»  va boshqalardir.  Jomiyning  eng  yirik 
asari  «Haft  avrang»  bolib,  unga  «Tuhfat  ul-ahror»,  «Suhbat  ul- 
abror»,  «Yusuf va Zulayho»,  «Suhbat ul-asror»,  «Layli va Majnun», 
«Salamon va Absol»,  «Xiradnomayi iskandariy»  dostonlari kiradi,
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham  Xudo abadiy, 
mutlaq  va  dunyodagi  hamma  narsalarning  sababchisidir,  Xudo 
mavjud bolganda,  borliq yo‘q edi,  dunyo o‘zining boshlanglchini 
Ollohdan  olgan,  demak,  Xudo  hamma  narsaning  yaratuvchisidir, 
deb  hisoblaydi.  Jomiyning  falsafiy  qarashlari  uning  insonparvar­
lik g‘oyalari bilan  chambarchas boglanib  ketadi.  Mutafakkiming 
ko‘pgina  asarlarida  inson,  adolat,  muhabbat,  ezgulik  g‘oyalari 
tasvirlanadi. Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e ’tiqod qilib,  uning 
nazariy va  amaliy jihatlarini rivojlantiradi.
53


Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan siymolardan 
biri,  ulug‘  o‘zbek  shoiri  va  mutafakkiri  Nizomiddin  M ir Alisher 
Navoiydir (1441—1501).  Uning otasi Glyosiddin kichkina Shahri- 
sabzdan  Hirotga borib  qolgan barlos  beklaridan  edi.  Navoiy  Hi- 
rotda  Husayn  Boyqaro  saroyida  turli  lavozimlarda  ishladi,  1472- 
yildan  boshlab  vazir  etib  tayinlandi.  Mamlakat  obodonchiligi, 
xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p  ishlar qildi.
Navoiy ijodi boy bolib, asarlari turli mavzularga baglshlangan. 
«Xamsa»  ya’ni  «Hayratul  abror»,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va 
Majnun»,  «Sab’ai  sayyor»,  «Saddi  Iskandariy»  dostonlari  hamda 
«Xazoyin  ul  maoniy»  («Ma’nolar  xazinasi»),  «Lison  ut-tayr», 
«Majolis  un  nafois»,  «Mahbub  ul  qulub»,  «Mezon  ul-avzon», 
«Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.
Navoiyning  ijodi  falsafiy  fikrlarga boy bolib,  unda jamiyat  va 
inson  munosabati,  insonning  baxt-saodati,  komil  inson  va  fozil 
jamoa,  ta ’lim-tarbiya  haqidagi  fikr-o‘ylari  o‘z  ifodasini  topgan. 
Shoir  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarining  muhim  xususiyati  shundan 
iboratki,  unda  falsafiy fikrlar majoziy tarzda,  badiiy o'xshatish va 
ramziy  iboralar  yordamida,  zohiriy  va  botiniy  ma’nolarda  bayon 
qilinadi.  Navoiyning  ijodiy  merosida  insonparvarlik va  komil  in­
son g‘oyasi  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Navoiyning  yaxshilik,  ezgu­
lik,  muhabbat,  do‘stlik,  adolat,  tinchlik,  osoyishtalik  va  boshqa 
go‘zal  fazilatlar,  m a’naviy-axloqiy  qadriyatlar  to‘g‘risidagi  qim­
matli  fikrlari,  nasihatomuz  so‘zlari  respublikamiz  mustaqillikka 
erishgandan  so‘ng  ham  barkamol  insonni  tarbiyalashga  xizmat 
qilmoqda.
0 ‘sha  davrning  ko‘zga  ko‘ringan  mutafakkirlaridan  biri  Ka- 
moliddin  Husayn Voiz  Koshifly  (taxm.1440/1450  —  1505-yillarda 
yashagan)  bolib,  0 ‘rta  Osiyo  va  Xurosonda  axloq  falsafasi  rivo- 
jiga  hissa  qo‘shgan.  Koshifiy  Sabzavor  shahrida  tavallud  topadi, 
keyinchalik Abdurahmon  Jomiyning  taklifl  bilan  Xirotga  ko‘chib 
keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi. 
Olimning  muhim  risolalari  «Axloqi  muxsiniy»  «Futuwatnomayi 
sultoniy»,  «Anvari  Suxayli»,  «Maxzanul-insho»,  «Risolayi  xotami- 
ya» va boshqalardir. Koshifly katta olim va mudarris bolib yetisha- 
di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga baglshlaydi.  U
54


Navoiy va Jomiy bilan do‘stona aloqada boladi.  «Mavlono Husayn 
Voiz  Koshifiy  taxallus  qilur,  sabzavorlikdur.  Yigirma  yilqa  yaqin 
borkim,  shahardadur  va  mavlono  zufundun  va  rangin  va  purkor 
voqe’  bolubtur.  Oz  fan  bo‘lg‘aykim,  daxli  bo‘lmag‘ay.  Xususan, 
va’z,  insho  va  nujumki,  aning  haqqidur  va  har  qaysida  mashhur 
ishlari bor...»  —  degan edi Navoiy uning haqida.
XV 
asrning  oxiridan  boshlab  Temuriylar  davlati  sekin-asta 
inqirozga  yuz  tuta  boshladi.  Bunga  temuriy  shahzodalarining 
o‘zaro  urush-janjallari,  tarqoqlikning  kuchayishi,  o‘zaro  nizolar, 
taxt  uchun  kurashlar  natijasida  mamlakatning  bolinib  ketishi, 
iqtisodning  tushkunlikka  uchrashi  sabab  boldi.  Natijada  Mova- 
rounnahr  Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish