Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

tabiiy
 
sentrizm
 va u bilan uzviy bogliq bolgan 
naturalizm
  prinsipi  shu- 
lar jumlasidan.  Bu  yerda  inson  — tabiat  farzandi.  Uning  barcha 
xato va kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari 
o‘rinli hamda tabiiy. 
Kosmotsentrizm
  — kosmosning  hamma  nar­
sani,  shu jumladan,  insonning  mohiyati  va  tabiatini  ham  belgi- 
lovchi ta’siriga ishora qiluvchi dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion  jarayonda 
teotsentrizm
  ta’limoti  ham 
muhim  rol  o‘ynagan.  U  oliy,  g‘ayritabiiy  mavjudotni  dunyoning 
asosiy va  eng  muhim  omili  deb  e’lon  qilgan.  Bu  borada  tarixda 
juda  chiroyli,  ezgu  niyatli  va  kuchli  odamlar  yashagan  Atlan- 
tida haqida o‘ta jozibali afsona mavjud.  Bu afsonada aytilisMcha, 
Atlantida  jannatmakon  bir  joy  bolgan,  unda  odamlar  baxtiyor 
yashar  ekanlar.  Afsuski,  atlantlarning  har  biri  o‘zini  o‘ylab,  o‘z
177


farovonligi  haqida  qayg‘urib,  o‘zlashtirgan  bilimlaridan  shaxsiy 
maqsaddagina  foydalanib,  olamda  insondan ulug‘roq jonzot yo‘q 
va har kim o‘ziga o‘zi qonun,  deb hisoblay boshlagach,  Atlantida 
inqirozga yuz tutgan  emish.
Platon  bu  ideal  davlatga  Atlantika  okeanidan  geografik  o‘rin 
va  tarixdan  muayyan  vaqt  berdi  —  u  11500  yil  oldin  mavjud 
bolganini  qayd  etadi.  Platon  70 yoshga tolgach,  Atlantida haqi­
dagi  afsonani eslash fursati yetdi.  «Timey» va «Kritiy»  dialoglari- 
da Atlantida  tarixi  hikoya  qilinadi.  Platon  o‘z bobosi  Timeydan, 
Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan,  Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bolgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan 
rivoyat  to‘g‘risida  so‘z  yuritiladi:  «To‘qqiz  ming  yil  muqaddam 
sizlar  Gerakl ustunlari  (Gibraltar bo‘g‘ozi)  deb  ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida degan katta  orol bolgan.  Bu  orolda  qirollarning 
qudratli  va  ajoyib  sulolasi  yuzaga  kelgan.  Bu  sulola  juda  ko‘p 
mamlakatlarni  o‘ziga  bo‘ysundirishga harakat  qilgan.  Ammo  bir 
nechta kuchli  zilzilalar bu  orolni  qismlarga bolib  tashlagan,  ke- 
yinchalik u  suv  ostida qolgan va butunlay yo‘q bolgan».
«Kritiy»  dialogi  manzarani  quyidagicha  toldirish  imkonini 
beradi.  Xudolar  Yerni  o‘zaro  bolib  olganlarida,  donishmandlik 
ilohasi  Afihaga  Gretsiya,  Atlantida  dengiz  xudosi  Poseydonga 
tekkan.  Poseydon  orolda  yashaydigan  Kleyto  ismli  qizni  sevib 
qolgan.  Kleyto  unga  o‘nta  o‘g‘il  tug‘ib  bergan,  Bu  o‘g‘illarning 
har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy  hukmdor Atlas  yoki  yunoncha  Atlantga  bo‘ysungan.  Atlan­
tida  aholisi  yuksak  axloqiy  me’yorlarni  asrlar  davomida  saqlab 
kelgan.  Lekin  vaqt  o‘tishi  bilan  ular juda  izzattalab  va  ochko‘z 
bolib  qolganlar.  Shunda  Zevs  ularni jazolashga  qaror  qilgan  va 
orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida  haqidagi  afsona  katta  ma’naviy  mazmunga  ega.  U 
axloqiy  nopoklikdan  saqlanishga  chaqiradi,  ayni  vaqtda,  inson 
o‘z  millatdoshlari  va  butun  dunyo  taqdiri  uchun  mas’ul  ekani 
haqida ogohlantiradi.
Hozirgi  adabiyotlarda  kosmos  tafakkuri  yoki  kosmik  aqlni 
anglatuvchi 

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish