Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Tayanch  tushunchalar: 
jamiyat,  jamiyatning  tuzilishi,  oila, 
demokratik  jamiyat,  fuqarolik  jamiyati,  taraqqiyot,  sivilizatsiya, 
jahon  sivilizatsiyasi,  madaniyat,  qadriyatlar,  qadrlash va  qadrsiz­
lanish mezonlari.
Takrorlash  uchun  savollar
1.  Jamiyat  deganda nimani tushunasiz?
2.  Jamiyatga xos belgilarni sanang.
3.  Sivilizatsiya nima?
4.  Madaniyat nima?
5.  «Qadr»  va  «Qadriyat»  tushunchalarining  mazmunini  qan­
day izohlaysiz?
6.  Qadrsizlanishni qanday tushunasiz?
8-mavzu.  Falsafiy antropologiya.  Inson falsafasi
Inson  —  Yaratganning mo‘jizasi,  falsafaning bosh mavzusi. 
In­
son muammosi falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zo- 
tining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi,  tabiat va jami­
yatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi 
masalalar hamma davr fayJasuflarining diqqat markazida turgan. 
Fan  sohasida  odamning  jismoniy  tuzilishi,  tabiiy-biologik  xu- 
susiyatlarini  o‘rganish hamon davom  etmoqiia.  Ijtimoiy fanlarda 
esa  shaxs  kamoloti,  ijtimoiy,  ma’naviy  qiyofasi  bilan  bogliq ji-
169


hatlari tadqiq qilinmoqda.  Xullas,  odamzod uchun o‘zi va o‘ziga 
o‘xshagan  boshqa  kishilar,  ularning  xususiyatlari,  jamiyatdagi 
o‘rni,  qadri,  o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq  muammolar  azal- 
azaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish  obyekti bolib kelmoqda.
Suqrotning « 0 ‘zligingni angla»,  « 0 ‘zingni bilsang,  olamni bi- 
lasan»  degan  hikmatli  so‘zlari  har  bir  tarixiy  davrda  yangicha 
ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiya­
ti mujassamlashgandir.  Ulug‘  mutasavvuf Abdulxoliq G ‘ijduvoniy 
insonni  «kichik  olam»  deb  hisoblagan.  Falsafada  bahs  yuritila- 
digan  barcha  masalalar  inson  muammosiga  bevosita  daxldordir. 
Umuman  olganda,  insonga  daxldor bolmasa,  unga  foyda  keltir- 
masa, jamiyatning  oglrini  yengil  qilmasa,  unday fanning  keragi 
bormikan?  Shu ma’noda,  inson,  avvallo,  o‘zi uchun zarur bolgan 
fanlarni,  ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Bu  borada 
«Odam», 
«inson», 
«shaxs» 
tushunchalari 
qollaniladi  va  ularni  kundalik  hayotda  qariyb  bir  xil  ma’noda 
ishlatish  hollari  uchraydi.  Ammo  ular  orasida  ilmiy  jihatdan 
muayyan  farqlar  ham  yo‘q  emas.  «Odam»  tushunchasi  biologik 
va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan tirik jonzotga, 
odam zotiga nisbatan ishlatiladi.  Odam zotini boshqa jonzotlar- 
dan  farq  qiluvchi  eng  muhim  belgilari  ong,  axloq,  xulq,  bilim, 
ijtimoiy  mehnat  qila  olish  qobiliyati  va  boshqalardir.  «Inson» 
tushunchasi  esa  odam  zotini  muayyan  darajadagi  ijtimoiy  xu­
susiyatlar va jihatlarni o'zlashtirib olganligi bilan bogliq kamolot 
darajasini ifodalaydi.  Ijtimoiylik 
«shaxs»
 tushunchasi uchun ham 
asosiy  xususiyatdir,  ammo bunda  ijtimoiy jihatdan ma’naviy-ax- 
loqiy kamolotga yetganlik tushuniladi.  Ilmiy adabiyotlarda inson 
va  shaxsga  nisbatan  rang-barang  ta’riflarni,  turli  xil  talqinlarni 
uchratish mumkin.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish