Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Rivojlanish.
  O'zgarishlarning  shunday  bir  shakli  borki,  uni 
falsafada  rivojlanish  deb  ataladi.  Rivojlanish  bu  —  muayyan 
sistemaning  muayyan  vaqt  va  fazodagi  yaxlit,  kompleks,  orqaga 
qaytmaydigan,  ilgarilanma  yo‘nalishga  ega  bolgan,  miqdoriy  va 
sifatiy o‘zgarishidir.
Shu jihatdan harakatning  ikki xil  turi bir-biridan farq  qilina­
di.  Harakatning birinchi turi jismda uning  sifati  va  turg'unligini 
saqlagan holda ro‘y beradigan ichki  o‘zgarishlarni 
o z
  ichiga  ola­
di. Ya’ni har qanday jismda beto‘xtov ichki o‘zgarishlar ro‘y berib
103


turadi,  lekin  bu  o‘zgarishlar  shu  jismning  tashqi  sifatiga  jiddiy 
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Atrofimizni  qurshab  turgan  har  bir  jism  molekulalardan, 
molekulalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil top- 
gan  ekan,  bu jismlarning  molekulyar va  atom  tuzilish  darajasida 
ham  beto‘xtov  o‘zgarishlar  ro‘y  berib  turadi.  Shuningdek,  har 
bir  jism  o‘zining  atrofidagi  boshqa  jismlarning  va  ulardan  tar- 
qalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi.  Bunday 
tashqi  ta’sirlarni  o‘zida  in’ikos  ettirish jarayonida  ro‘y  beradigan 
o‘zgarishlar  ham  bu jismning  sifatiy  o‘zgarib  ketishiga  olib  kel- 
masligi,  uning  turg‘unligi  va  asosiy  sifati  saqlanib  qolishi  mum- 
kinligi haqida xulosa  chiqarish mumkin.
Biz  yuqorida  qayd  etgan  ichki  va  tashqi  ta’sirlar  oqibati- 
da  ro‘y  beruvchi  o‘zgarishlar  asta-sekin  to‘planib,  keyinchalik 
jismda  keskin  sifatiy  o‘zgarishning  vujudga  kelishiga  ham  sabab 
bo‘lishi  mumkin.  Mana  shunday  o‘zgarish,  ya’ni jismning  sifa- 
tini  o‘zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u 
rivojlanish deb  ataladi.
Rivojlanish jarayoni  ham  ikki  turda  boladi.  Birinchi  turdagi 
rivojlanish bo‘yicha, jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y beri- 
shiga qaram^sdan,  uni tashkil etgan materiyaning  sifatiy tuzilish 
darajasi  o‘zgarmasdan qolaveradi.
Masalan,  notirik  tabiatga  mansub  bolgan  quyoshdagi  rivoj- 
lanishni  olib  qaraylik.  Olimlarning  taxminlariga  ko‘ra,  hozir 
sirtida  6  ming,  ichida  esa bir  necha  mln.  darajali  haroratga  ega 
bolgan  quyosh  borib-borib  soviydi  va  qizil  gigantga  aylanadi, 
ya’ni  quyoshning  markazidagi  termoyadro  energiyasi  so‘ngach, 
ichki zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi. 
Oqibatda quyosh shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o‘z ichiga 
olgan ulkan  qizil  yulduz vujudga keladi,  u  asta-sekin sovib,  qizil 
karlikka,  so‘ngra  esa  «qora  karlikka»,  keyin  bolsa  neytron  yul- 
duzga  aylanadi.  Bunday  o‘zgarishlar  natijasida  borliqning  tash­
kiliy struktura darajasi  o‘zgarmaydi,  ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi 
darajasi saqlanadi.
Jonli  tabiatning  vujudga  kelishi,  o‘simliklar va  hayvonot  ola- 
mining  paydo  bolishi,  odamning  shakllanishi,  jamiyatning  vu-
104


judga  kelishi  singari  sifatiy  o‘zgarishlar  esa,  rivojlanishning  ik­
kinchi turiga kiradi.
Falsafa  fanida  harakatning  bir-biridan  sifatiy farq qiluvchi bir 
qancha boshqa  shakllari ham o‘rganiladi.
Materialist  bo‘lgan  faylasuflar  harakat  shakllarini  turkumla- 
ganida,  quyidagi mulohazalarga tayanib  ish yuritadilar:
1)  harakat  shakllari  bir-birlari  bilan  sifat jihatidan  farq  qilib, 
ularning  har  biri  materiyaning  tashkiliy  tuzilishi  darajalarinmg 
muayyan bosqichida namoyon boladi;
2)  materiyaning  harakat shakllari bir-biri bilan  genetik jihati­
dan,  kelib  chiqishi jihatdan ketma-ket bog‘langan,  ya’ni  harakat­
ning  murakkabroq  shakllari  uning  nisbatan  soddaroq  shakllari- 
dan kelib  chiqqandir;
3)  harakatning  yuqori  shakllari  tarkibidagi  quyi  shakllari 
uning  yuqori  shakllariga  ham  mansubdir,  ammo  harakatning 
yuqori  shakli  o‘zidan  quyi  shakldagi  harakatga  mansub  emasdir. 
Shu  mulohazalarga  tayangan  holda,  harakatning  beshta  shaklini 
ajratib  olish  mumkin.  Ular  —  mexanik,  fizik,  kimyoviy,  biologik 
va ijtimoiy harakatlardir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish