Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Hayotning  ma’nosi. 
Inson  nim a  uchun  yashaydi?  Yashashdan 
maqsad  nima?  Inson  hayotining  m a’nosi  nimada?  H ar bir inson 
o‘z um ri  mobaynida  ana shu savollarga javob  topishga urinadi va 
hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi.  Shu bois u  ax- 
loqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo  shuni  aytish  joizki,  hayotning  ma’nosini  yashash­
dan  maqsad  degan  tushuncha  bilan  qorishtirib  yuborish  hollari 
ko‘p  uchraydi.  Vaholanki,  ularni  aynanlashtirish  mumkin  emas,
281


Chunki  hayotning  m a’nosi  maqsadga  nisbatan  juda  qamrovli 
tushuncha,  o‘z  ichiga  o‘nlab,  balki  yuzlab  maqsadlarni  oladi, 
aniqrog‘i,  u  muayyan  maqsadlar  tizimidan  tashkil  topadi.  Shu 
bois  kimningdir  biror-bir  ezgu  maqsadi  amalga  oshmay  qolsa, 
uning hayotini  «ma’nosiz»  deb bo‘lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz»  kechishi ham mumkin.  Bunda kishi- 
dagi  maqsadlar  o‘tkinchi,  mayda,  yuksak  orzu-intilishlardan  yi- 
roq, hayvoniy,  tuban,  hatto yovuz bo‘lishi mumkin.  Mazkur kishi
—  «hayot  egasi»ning  bunday  tabiati jamiyat  erishgan  axloqiy  da- 
raja  bilan  baholanadi.  Zero,  kimdir  o‘z  hayoti  m a’nosini  qanday 
yo‘l  bilan  bo‘lmasin  boy-badavlat,  to‘kin-sochin  yashashda  deb 
tushunadi:  harom-xarishning  farqiga  borib  o‘tirmaydi,  birovning 
haqidan  qo‘rqmaydi  yoki  qanday vositalar bilan  bo‘lmasin,  mar- 
tabaga  erishishni  o‘z  oldiga  hayotiy  maqsad  qilib  qo‘yadi,  faqat 
«yulsam»  deydi.  Boshqa  birov  esa  qonunni  buzmaydi,  lekin 
o‘zgalarga  qayishishni  xayoliga  ham   keltirmaydi,  hech  kim bilan 
ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana 
bir  toifa  odamlar  borki,  ular  hayotining  m a’nosini  eng  yuksak 
qadriyatlar  bilan  boglaydilar  va  jamiyatda  yuksak  axloq  egasi, 
go‘zallik  oshuftasi,  e’tiqodi but  kimsalar  sifatida  e’tibor  qozona- 
dilar.  Ular  oliy  ideallarga  intilib,  fidoyilarcha  um r  kechiradi- 
lar.  Hayotining  m a’nosini  o‘zidan  keyin  qoldiradigan  «ikkinchi 
umr»da ko‘radilar.
Biz  yuqorida  ko‘rib  chiqqan  toifalar  ikki  umumiy  ijtimoiy- 
m a’naviy  guruhning  biriga,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  shartli  ravishda 
dunyoviy deb  ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi  guruhni  esa  e’tiqodiy-diniy  deb  nomlash  mumkin. 
Bu  guruh  hayotning  m a’nosini  xudoni  topishda,  unga  yetishish- 
da  deb  biladi.  Bunda  goho  cherkov  yoki  shariat  aqidalari  orqali 
emas,  balki muhabbat vositasida ham  xudoga murojaat qiladilar.
M a’lum bo‘lyaptiki,  hayotning ma’nosini tushunishda har ikki 
ijtimoiy-ma’naviy  guruhda  ham   turli  qarashlar  mavjud.  Lekin 
ular  bir  masalada  yakdil:  ular  hayotning  m a’nosi  o‘z  manfaat- 
larini  o‘zgalar  manfaati  bilan  bog‘lab,  oliy  qadriyatlar va yuksak 
aqidalarni  ichki  shior  qilib  yashashdadir,  degan  axloqiy  qoidaga 
binoan um r kechiradilar.
282


Baxt. 
Hayotning m a’nosi ideal bilan bogliq bolgani kabi baxt 
atamasini  ham  hayotning  ma’nosi  tushunchasidan  ajratib  olin- 
gan  holda tahlil  etish mumkin  emas.  Zero,  baxt inson o‘z  hayoti 
ma’nosini  qay  darajada  tushungani  va  shu  ma’nodan  um ri  mo- 
baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir.  Har bir insonda 
qoniqish  hissi  undagi  maqsadlarning  takomilga  yetganidagina 
ro‘y  beradi.  Faqat  bu  takomilga  yetish  jarayoni  bir  um r  davom 
etadi.  Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy:  «Baxt — 
har bir inson intiladigan  maqsad,  zotan u muayyan komillikdir»,
— deganida ko‘p jihatdan haq edi.
Faqat bu qoniqish ham  davomiylik tabiatiga ega ekanini unut- 
maslik lozim,  uni  lazzat  bilan  aynanlashtirish  to‘g‘ri  emas.  Laz- 
zat  oniylik xususiyatiga  ega,  o‘zini  faqat jarayondagina  namoyon 
etadigan  hodisa  va  u  moddiy  hayotdagi  real,  ammo  o‘tkinchi 
ehtiyojlardan  kelib  chiqadi.  Masalan,  gastrologik  yoki  shahvoniy 
lazzatni  olib  ko‘raylik:  deylik,  siz  kabobni  xush  ko'rasiz  va  laz- 
zatlanib  yeya  boshlaysiz,  lekin  biroz  muddat  o‘tgach,  to‘yasiz, 
boshqa  yegingiz  kelmay  qoladi;  shahvoniy  lazzat  ham   shunday. 
Baxt  esa m a’naviy  ehtiyoj  bilan bogliq,  unda maqsadlarga birin- 
ketin  erisha  borish,  qoniqish jarayoni,  boya  aytganimizdek,  bir 
um r to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni  o‘z  ichiga oladi.
Baxt  garchand,  orzu  kabi  idealning  hissiy-ehtirosli  shakli  si­
fatida  ko‘zga  tashlansada,  aslida  undan  farqli  olaroq,  shaxsning 
intilishini emas,  shu intilishning ro‘yobini anglatadi.  Har bir inti- 
lishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash- 
ni taqozo  etadi.
Baxt  haqida  gap  ketganda,  albatta,  omad  to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tish lozim.  Omad ham  lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. 
Lekin  bu  oniylikda  lazzatdagidek  takrorlanish  xususiyati  yo'q: 
odamga  omad  hayoti  mobaynida  kamdan-kam  kulib  boqadi. 
Omadning  ana  shu  jihati  haqida  qrim -tatarlarning  qadimgi 
asotiri  bor.  Unga  ko‘ra,  omad  m a’buda  ekan,  kunlardan  birida 
uning  o‘g‘li  yerni  tomosha  qilaman  deb  osmondan tushibdi-yu, 
qaytib  chiqmabdi.  Shu-shu  omad  yerga  tushib,  hanuz  bolasini 
qidirarmish.  M a’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bit- 
tagina ko‘zi bor ekan.  Shu bois u to ‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib
283


olib,  o‘g‘lim m ikan deb,  balandga ko‘tarib,  ko‘ziga olib borib  qa- 
rarkan va  o‘g‘li  emasligiga  ishonch  hosil  qilgach,  osmonu  falak- 
dan  pastga  qaratib  itqitib  yuborarkan.  Omad  o‘z  qoliga  tush- 
ganlarning hammasiga  shunday munosabatda bo‘lar  ekan.
Darhaqiqat,  mazkur  asotirda  omadning  o‘tkinchilik  mohiyati 
juda  chiroyli  va  majoziy  ochib  berilgan;  bir  um r  omadli  odam 
yo‘q,  omad  —  tasodif,  baxt  —  zaruriyat;  omad  —  istisnoli,  baxt
— qonuniy hodisa.  Omad  -  shaxsning bir zumlik holatini  aks  et- 
tiradi,  baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim,  degan savolga bir 
um r mobaynidagi  amaliy javobdir:
Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha­
miyat  kasb  etadi.  Ular jamiyat  tomonidan  shaxsga  qo‘yiladigan 
talab  tarzida  namoyon  bo‘lib,  insonning  axloqiy  mohiyatini, 
uning  hayoti  mazmunini,  odamlar  bilan  o‘zaro  aloqalaridagi 
asosiy jihatlarni belgilab beradi.  Natijada tamoyillar,  inson xatti- 
harakatining umumiy yo‘nalishini  ko'rsatgan holda,  ko‘pgina ax­
loqiy me’yorlar uchun asos b o lib  xizmat  qiladi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish