Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

«sevinch va qayg‘u->
Nisbatsiz 
tushunchalar 
zaruriy 
ravishda
 
bir-birining  mavjud  bolishini  taqozo  qil-
 
maydigan,  nisbatan  mustaqil,  alohida  mavjud
 
bolgan predmetlarni  aks  ettiradi.
«ustoz  va  shogird»,
 
«qattiq  va  yumshoq»,
 
«sevinch va  qayg‘u»
Mazmuni  noaniq  tushunchalar. 
Kundalik  hayotda  va  ilmiy 
bilishda  qollaniladigan  shunday  tushunchalar  bor-ki,  ularning 
mazmunini aniqlab bolmaydi.  Buning bir necha sabablari bor:
1.  Voqelikdagi  buyum  va  hodisalar,  ularning  xususiyatlari 
ko‘p  qirrali  va  murakkabdir.  Masalan,  «sevgi»,  «haqiqat»  shun­
day tushunchalar jumlasidandir.  Bu tushunchalarni har bir inson 
o‘zicha talqin qiladi.
2.  Olamdagi barcha narsa va hodisalar doimiy o‘zgarishdadir. 
Ba’zan  bu  o‘zgarishlarning  vaqt  chegarasi  noaniq  boladi.  Ma­
salan,  «yosh  yigit»,  «qari  odam»  tushunchalarida  «qachondan 
boshlab?» «qay vaqtgacha?» kabi savollarga aniq javob bolmagani 
uchun, bu tushunchalarning  mazmuni noaniqdir.
3.  Odamlar  bir  xil  bolgan  obyektlarni  har  xil  baholaydilar. 
Masalan,  «zerikarli  film»,  «qiyin  vazifa»,  «yoqimli  kuy»  va  h.k. 
Shunday  tushunchalarga  nisbatan  «nima  uchun?»  degan  savolni
213


qo'ysak,  hamma har xil javob beradi,  natijada bu kabi tushuncha- 
larning  aniq  mazmunini  bilib  bolmaydi,  lekin  tasawur  qilish 
mumkin.  Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ 
hujjatlarda qollanilganda ularning mazmuni qat’iy aniqlab olina- 
di.  Masalan,  «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi dasturda 
«yoshlar»,  «yosh  oila»,  «yosh  mutaxassis»  kabi  tushunchalarning 
mazmuni qat’iy belgilangan1.
Tushunchalarning  mazmuni  va  hajmiga  ko‘ra  turlarini  bilish 
fikrlash jarayonidagi  noaniqliklarni  bartaraf etishga,  fikrni  aniq 
va  to‘g‘ri  bayon  qilishga  yordam  beradi.  U  yoki  bu  tushuncha­
ning  mazmuni  va  hajmiga  ko‘ra  qaysi  turga  mansub  ekanligini 
aniqlash unga mantiqiy tavsif berish  deyiladi.  Masalan:
Universitet  — umumiy  sanaladigan,  to‘plovchi,  aniq,  musbat, 
nisbatsiz tushuncha.
Kentavr — bo‘sh hajmli,  aniq,  musbat,  nisbatsiz tushuncha.
Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan,  mavhum,  manfiy,  nisbat- 
dosh tushuncha.
Tushunchaning  mazmuni  va  hajmi  uzviy  bogliq  bolib,  bu 
bogliqlik teskari  nisbat  qonunida  ifodalanadi.  Bu  qonunga ko‘ra 
tushunchaning  hajmi keng bolsa,  uning  mazmuni tor boladi va 
aksincha,  tushunchaning  hajmi tor bolsa mazmuni keng boladi.
Tushunchaning  mazmuni  va  hajmi  o‘rtasidagi  teskari  nisbat 
qonuni tushunchalar bilan olib  boriladigan  qator mantiqiy amal- 
lar asosida yotadi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish