Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Miqdor  va  sifatning  bogliqligi  qonuni



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Miqdor  va  sifatning  bogliqligi  qonuni. 
Olamning  mavjudligi
—  miqdor  va  sifat  voqeligi  tarzida  ham  namoyon  boladi.  Bu- 
ning  mohiyati  shundan  iboratki,  narsa  va  hodisalardagi  sezilar- 
li  bolmagan  miqdoriy  o‘zgarishlar  asta-sekin  to‘plana  borib, 
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash 
yoli bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
116


Moddiy olamdagi xilma-xil  narsa va  hodisalar bir-biridan o‘z 
sifati  bilan  ajralib  turadi.  Sifat  —  narsalarning  ichki  va  tashqi 
muayyanligi bolib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini 
ifodalaydi.  Sifat narsa qanday bolsa, uni shundayligicha ko‘rsatib 
beradi,  jismning  barcha  tashqi  xossalarini  bogliqlikda  namoyon 
qiladi.
Demak,  sifat narsaning umumiyligini,  yaxlitligini,  uning  nis- 
biy  barqarorligini,  bir-biriga  o‘xshashligi  yoki  o‘xshamasligini 
ifodalaydi.  U  keng  ma’noda  narsalarning  turli-tuman  xossalari 
yig‘indisidir.  Lekin  sifat  va  xossa  aynan  bir  xil  ma’nodagi  tu ­
shunchalar  emas.  Sifatning  o‘zgarishi,  muqarrar  sur’atda,  xossa- 
ning o‘zgarishiga olib keladi.  Biroq xossaning o‘zgarishi har doim 
sifatning  o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi,  ayrim xossalar narsalar­
ning  sifatiga  ta’sir  etmasdan  yo‘q  bolib  ketishi  mumkin.  Sifat 
predmetning doimiyligini,  nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Narsalar sifat  muayyanligidan tashqari,  bir-biridan miqdoriy 
tomonlari  bilan  ham  farq  qiladi.  Miqdor  predmetning  hajmi, 
olchovi,  og‘irligi,  harakat  tezligi  va  shu  kabilar  bilan  tavsifla- 
nadi.  Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy to- 
monga  ega.  Chunonchi,  suv o‘z  solishtirma  oglrligiga,  qaynash 
va  muzlash  darajasiga  ega.  Bir  ijtimoiy  tuzum  boshqasidan  xu- 
susiyati  jihatidangina  emas,  balki  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar 
taraqqiyoti,  mehnat unumdorligi,  madaniyati va hokazolar bilan 
ham farq qiladi.  Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. 
Tabiatda  faqat  miqdorga  yoki  sifatga  ega  bolgan,  ya’ni  sifati 
bolib  miqdori,  miqdori  bolib  aksincha,  sifati  bolmagan  nar­
saning o‘zi yo‘q.
Miqdor  va  sifatning  birligi,  o‘zaro  bogliqligi  me’yor tushun- 
chasida  ifodalanadi.  Me’yorning  buzilishi  predmet  mavjudligi 
mumkin bolmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xos- 
dir.  Miqdor  o‘zgarishlari  bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘rtasida  qat’iy 
qonuniyat  mavjud  bolib,  bu  qonuniyat  quyidagicha  ifodalanadi: 
miqdoriy  o‘zgarishlar  sifat  o‘zgarishlarini  tayyorlab,  har bir  aniq 
holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu 
holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o'tishi sodir
117


bo‘ladi. 
Olamdagi barcha  o‘zgarishlar asta-sekin sodir boladigan 
miqdor  o‘zgarishlaridan  boshlanadi.  Miqdor  o‘zgarishlari  muay­
yan  chegarada  sifatning  barqarorligiga  ta’sir  etmaydi.  Miqdoriy 
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buzi- 
ladi.  Natijada  sifat yo‘qolib,  yangi  sifat yuzaga  keladi.  Taraqqiyot 
jarayonida  miqdor  o‘zgarishlari  tub  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi 
bilan  birga  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o‘zgarishlariga  ham  o‘tadi. 
Miqdor o‘zgarishlari  bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘zaro  chambarchas 
boglangan  bolishiga  qaramay,  ular  ayrim  o‘ziga  xos  xususiyat­
larga ham ega.  Chunonchi:
— birinchidan,  miqdor  o‘zgarishlari  doimo  yuz  berib  turadi. 
Hatto  hodisalar  sifatining  nisbiy  barqarorligi  davrida  ham  miq­
doriy  o‘zgarishlar  asta-sekin  yuz  beradi.  Sifat  o‘zgarishlariga 
olish  faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
— ikkinchidan,  miqdor o'zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsa- 
larga  muhim ta’sir ko‘rsatmaydi.  Suv normal  atmosfera bosimida 
100°  gacha  suyuqlik  holatini yo‘qotmaydi,  keyin esa bug‘ga  ayla- 
nadi,  sifatini  o‘zgartiradi.  Demak,  sifat  o‘zgarishlari  hodisalarni 
tubdan  o‘zgartirib,  uning  boshqa  hodisaga  aylanishini  taqozo 
qiladi;
— uchincMidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi 
va  ko‘p  hollarda  sezilmasdan  oladi.  Sifat o‘zgarishlari esa ancha 
tez,  ayrim holatda to‘satdan  sodir boladi;
— to'rtinchidan,  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o'zgarishlariga  qa- 
raganda tub  o‘zgarish bolib hisoblanadi.
Sakrash nima?  Sakrash tabiat va jamiyatda sodir boladigan si­
fat o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bolib,  taraqqi- 
yotning  uzluksiz  ko‘rinishiga  qaraganda  ancha  tez  o‘tadigan ja- 
rayondir.
Sakrash  miqdor  o‘zgarishlaridan  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishda 
uzluksizlikning  uzilishini  bildiradi.  Sakrash  narsa  va  hodisalar­
ning  uzluksiz  rivojlanish  davomida  tayyorlanib,  shu  uzluksiz 
rivojlanish  momenti  tugab,  uzilish  sodir  bolishi  bilan  zaruriy 
ravishda yuz  beradi.  Sakrash birdaniga,  to‘satdan boladigan  ho- 
latgina  emas,  balki  yangi  sifat  elementlari  ko‘payishi  orqali  yuz 
beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
118


Sakrashning  turlari  o‘z  xarakteriga  ko‘ra  tabiat  va  jamiyatda 
xilma-xil  bo‘lib,  ular bir-birlaridan  farq  qiladilar.  Jamiyat  taraq- 
qiyotidagi  sakrashlarning  o‘ziga  xos  tomoni  shuki,  bu  sakrash- 
lar  eski  ijtimoiy  tuzumni  yo‘q  qilish  va  yangi  ijtimoiy  tuzumni 
o‘rnatadigan  ijtimoiy jarayonlar,  tadrijiy  rivojlanish  orqali  amal­
ga  oshadi.  Bunday  sakrashlarni  ikki  turga  bolish  mumkin:  bi~ 
rinchisi  —  portlash  yoli  bilan  boladigan  sakrashlar,  ikkinchisi 
sekin-asta,  tadrijiy  yol  bilan  boladigan  sakrashlar.  Birinchi  tur 
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,  bunda nar­
sa va hodisalarning yangi sifatga olishi nihoyatda tezlik bilan yuz 
beradi  va  kutilmagan  natijalarni,  tasodifiy jarayonlarni  boshlab 
yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa,  eski sifat elementlarining as­
ta-sekin yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin 
to‘planishi natijasida yangi  sifat paydo boladi.
Shunday qilib  sakrash quyidagi jihatlarga ega:
— birinchidan,  sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan 
obyektiv va qonuniy jarayondir;
—  ikkinchidan,  sakrash  tadrijiylikning  uzilib,  miqdor 
o‘zgarishlaridan tub  sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;
— uchinchidan,  sakrash  eskini  tugatish  va  yangi  sifatga  mos 
keladigan  holatlarning  vujudga  kelishi  tufayli  paydo  boladigan 
ziddiyatlarni hal  qilishdir;
—  to‘rtinchidan,  sakrash  olamning  rivojlanib,  ilgarilab  bo- 
rishidir.
Hodisalarning  sifat  xususiyatlariga  va  ularning  rivojlanish 
sharoitiga  bogliq  ravishda  eski  sifatdan  yangi  sifatga  olish  turli 
shakllarda sodir boladi.  Har bir narsa,  hodisa o‘zining aniq inkor 
qilish usuliga,  o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak,  har  qanday  o‘zgarish,  har  qanday  rivojlanish  miq­
dor va sifat  o‘zgarishlarining  o‘zaro bir-biriga o‘tishi  orqali sodir 
boladigan jarayonlardan iborat.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish